Elektr o’lchov vositalarini ekspluatatsiyasida texnik talablar. Reja


Download 26.31 Kb.
bet5/6
Sana11.05.2023
Hajmi26.31 Kb.
#1452646
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
.Elektr o’lchov vositalarini ekspluatatsiyasida texnik talablar.


18 YOSHGA TO‘LMAGAN SHAXSLAR MEHNATIDAN FOYDALANISH
MAN QILINGAN OG‘IR VA ZARARLI MEHNAT SHAROITLARI
BILAN BOG‘LIQ ISH VA KASBLAR RO‘YXATI.
18 yoshga to‘lmagan shaxslarni quyidagi og‘ir va zararli mehnat sharoitlarida
ishlashga jalb qilish man etiladi:
- issiqlik elektrostansiyalarni elektr uskunalarini hamda qozonturbina, yoqilg‘i
kukuni tayyorlash va yoqilg‘iuzatish sexlarini hamda gidroelektrostansiya mashina
sexlarini, issiqlik avtomatikasi va o‘lchov uskunalarini va dispetcherlik va
texnologii boshqaruv aloqa vositalarini ta’mirlaщda;
- navbatchi elektromonter va elektroslesar, rele himoyasi elektromontyori, kontakt
elektr tarmoqlari elektromontyori, stansioner radiooperator va radio uskunalari
elektromontyori sifatida ishlash;
- kuchlanish ostidagi tok o‘tkazuvchi tarmoqlarda ishlash;
- kabellardagi (qo‘rg‘oshindan mufta va buyum tayyorlash, kabellardan
qo‘rg‘oshin qobig‘larini olib tashlash, qo‘rg‘oshin qobig‘li kabellarni barabanga
o‘rash, trassa bo‘ylab tortish va xandaqlarga tashlash, issiq qorishmalar bilan
ishlash, polietilen va polixlorvinil qobig‘li kabellardagi ta’mirlash va kavsharlash
ishlarida qatnashish;
- tarkibida qo‘rg‘oshin va uni birikmalari bo‘lgan metallarni kavsharlash lampalari
yordamida ulash ishlarida;
- qo‘rg‘oshin akkumulyatorlarini zaryadka qilish va ta’mirlash ishlarida;
- elektr uskunalarini yuqori kuchlanish bilan sinash ishlarida;
- kompressor uskunalari va kuchlanishi 1000 Voltdan yuqori bo‘lgan
elektrodvigatellarni ekspluatatsiya qilish ishlarida;
- ishlatilgan moylarni tozalash (regeneratsiya) ishlarida;
- ustunlarpi o‘rnatish va yiqitish, daraxtlarni kesish va ag‘anatish, hamda havo
elektr uzatish tarmoqlarini daraxt shoxlaridan tozalash ishlarida;
- balandlikdagi ishlarda;
- avtotransport vositalarini boshqarishda, yuk ko‘tarish mashina va
mexanizmlarida kranchi, mashinist, traktorist, yuk iluvchi, yuk tashuvchi sifatida
ishlash;
- termit, gaz va elektr kavsharlash ishlarida;
- pnevmatik asbob va qurilish-montaj pistoletlarini ishlatish bilan bog‘liq ishlarda;
- nitrobo‘yoq va nitroemal ishlatib, pulverizator yordamidagi bo‘yash va asfalt
laklarini qo‘llashbilan bog‘liq ishlarda;
- yog‘ochlarni antiseptik va yong‘inga chidamli birikmalar bilan shimdirish
ishlarida;
- er osti inshootlarida va er qazish ishlarida;
- portlash xavfi bo‘lgan moddalarni saqlash, ishlatish va tashish bilan bog‘liq
ishlarda;
- balog‘atga etmagan xodimlarga belgilangan me’yorda og‘ir narsalarni ishlatish
va ko‘tarish bilan bog‘liq bo‘lgan ishlarda;
- mahalliy navbatchisiz kuchaytirgich aloqa punktlari uskunalarini ta’mirlash va
profilaktika ishlarida.
18 yoshgacha bo‘lgan professional texnika bilim yurtlari va texnikumlarning
talabalarini va umumiy ta’lim maktablarining yuqori sinf o‘quvchilarini
korxonalarda ishlab-chiqarish praktikasidan o‘tish davrida (ya’ni ishlab
chiqarishdan ajralmagan holda kasb o‘rganish davrida) mehnat ta’limi masteri va
korxona (tashkilot) ishchilari nazorati ostida sanab o‘tilgan ishlarda bir kunda 4
soatgacha ishlash uchun ruxsat etiladi.
O‘qish muddati 3 yildan kam bo‘lmagan professional texnika bilim yurti va o‘rta
ma’lumot beruvchi maxsus bilim yurtlarini tamomlab, maxsus professional kasb
o‘rganib, 18 yoshga to‘lmagan bilim yurti bitiruvchilari yuqorida sanab o‘tilgan
ishlarda ishlash uchun, amaldagi mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha. qoida va
normalarga rioya qiluvchi tajribali ishchi-murabbiylar rahbarligida, ruxsat etiladi.



Download 26.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling