Elektr o’zatish kabel liniyasini ishlatish va montaji Reja
Kabellarni trasheyalarda joylashtirish
Download 0.71 Mb.
|
Elektr o’zatish kabel liniyasini ishlatish va montaji
Kabellarni trasheyalarda joylashtirish
Transheyalarni qazish. Mustahkamlash qoplamalari bo‘lmaganbo‘limlarda (asfaltlangan, ko‘prikli va shunga o‘xshashlar), daraxtzorlar ekilmagan va har xil er osti ob’ekt va qurilmalar (kabellar, truba o‘tkazgichlar va boshqalar) yuqorida qayd qilingan joylarda bo‘ldozerlar va transheya ekskavatorlarini qo‘llab mexanizatsiyalashtirilgan usullar bilan bajariladi. SHahar cheti bo‘limlarida bir donali kabellarni joylashtirish maxus kabel joylashtirish dvigatellari yordamida bajariladi, U pichoq ponasi bilan to‘proqni qirqadi va siljitadi va bu hosil bo‘lgan yoriqqa kabel yotqiziladi. Avtomobil va temir yo‘llarni kesib o‘tuvchi joylarda ochiq (transheyani qazish) yoki yopiq (gorizontal parmalab teshish) usuli bilan kabellar yotqiziladi. Ob’ektlar tagidan kabellarni o‘tkazishda transheyani ochmasdan gorizontal (teshish) parmalash usulida, zichlab yoki D-4601 ruso‘mli pnevmatik teshgich yordamida olib boriladi. Transheyani tayyorlash.Kabel transheyaning 700mm cho‘qurligida qaziladi. Ko‘cha, maydon, shossey va temir yo‘llarni kesib o‘tishda joylashtirish cho‘qurligi 1 m gacha bo‘ladi. Joylashtirish cho‘qurligini 0,5 m gacha kamaytirish, kabellarni bino ichiga kiritish va er osti ob’ektlarini kesib o‘tishda, agar kabellar mexanik jarohatlanishdan himoyalangan bo‘lsa (misol, quvurlar ichiga yotqizilgan bo‘lsa). Haydaladigan erlarda 6-10kV liniyalar cho‘qurligi 1m dan kam bo‘lmagan holatda kabellar yotqiziladi va bu holatda liniya usti ekin ekishda foydalanilishi mumkin. 10kV li kabellar uchun transheya kengligi 300 mm dan kam bo‘lmasligi kerak; ikkita kabel uchun 400 mm; ikki-uch kabellar uchun 500 mm; uchta-to‘rtta kabellar uchun 630 mm; to‘rtta-beshta kabellar uchun 800 mm. transheya tagini 10 kV gacha bo‘lgan bitta kabel yotqizilishida er qazish mexanizmlarida bajarilganida (frezalar) keskichlar kengligi 150 mm dan kambo‘lmagan holda bajariladi. Kabellar orasidagi oraliqqa itoat qilinmagan hollarda kabellar ishlatilishi mumkin bo‘lmagan darajada isib kyotishiga va bu kabelning ishdan chiqishiga olib kelishiga sabab bo‘ladi. Transheya bo‘lim bo‘rilishlarida, kabellar bukilganida ularning izolyasiyasi jarohatlanmasligi kerak. Kabellarni bukilishiruhsat etilgan radiuslari, 3.2-jadvalda keltirilgan. Kabellarni transheya ichida ulanish muftalariga ulash ishlarini bajarish uchun, transheya bu erlarda 2 m uzunlikda ikki kabel yotqizilayotganida 1,5 m gacha har bir yonida yotgan mufta uchun 350 mm kenglikda bo‘ladi. Muftalarni transheya ichida shaxmat ko‘rinishda joylashtiriladi. Kabellarni joylashtirishdan oldin transheya nazoratdan o‘tkaziladi, yo‘l joylarida harakatlantiruvchi narsalar, kabelning metalll qoplamalarini emiruvchi (sho‘r joylar, ohak, suv, to‘kilma to‘proqli, shlak yoki qurilish chiqindilaridan tashkil topgan, 2 m dan yaqin joylashgan bo‘limlar, so‘rinlgan va chiqindi cho‘qurlari va h. k.) aniqlanadi. Bu joylarni ko‘zatish imkoniyati bo‘lmagan holatlarda kabel boshqa toza to‘proqli, bosimsiz asbotsementli quvurlarda, tashqi va ichki qismi bitum birikmasi bilan yopilgan bo‘lishi kerak. Kabel yotqizilgan transheyani ya’ni neytral to‘proq bilan sepilishda qo‘shimcha ikki tomonlama 0,5-0,6 m ga kengaytirilishi va 0,3-0,4 m ga cho‘qurlashtirilishi kerak. Transheyalarda joylashtirish moslama va mexanizmlar. Kabellarni joylashtirish maxsus mexanizmlar, avtomobil, traktor, lebedkalar yordamida, barabanlarni aylantirib chuvalatuvchi va kabellar harakatlanuvchi roliklar qo‘llanilib bajariladi. 2.2-rasm. Kabel trasportyorida kabelni chuvatish. Transheya bo‘rilishlarida burchak roliklar o‘rnatiladi. Barabandagi kabelni chuvatish uchun odatdagi kabi maxsus o‘qsiz yoki vintili domkratlarga o‘rnatiladi. Kabellarni chuvitishda kabel barabanini, baraban yon devoridagi strelkaga qarama-qarshi aylantiriladi. Kabellarni transheyaga joylashtirishda maxsus ZIL-130, ZIL-131 yoki ZIL-317 ruso‘mli avtomobillar qo‘llaniladi. Bunga kabel barabani bilan o‘rnatiladi, joylashtirish joyiga olib boriladi, keyinchalik, bevositaa dvigatel kabelni chuvatadi. 2.3-rasm. Domkratlarda ko‘tarib qo‘yilgan barabandan kabelni chig‘ir yordamida chuvatish. Bu to‘rdagi dvigatellarda: kabelni barabanda isitish uchun generator, transheyadan suvni sug‘urib chiqarish uchun nasos, cho‘qurlarni shamollatish uchun ventilyator, kabellarni tortish uchun lebedka va bloklar o‘rnatilgan. Kabellarni chuvatib joylashtirish baraban ko‘targich yordamida (baraban og‘irligi 3 tonnagacha), bu harakatlanuvchi kabel transportyorida yoki quvur yotqizgichlarda bajarilishi mumkin. SHuni esdan chiqarmaslik kerakki kabelni barabandan chuvitishda to‘xtatish (tormoznoy) moslamasiz ruhsat berilmaydi. Barabanni aylantirganda kabel tarqatilishida, kabel yotqizilishida o‘ramlar to‘lqini (barashki) hosil bo‘lmasligi ko‘zatilishi kerak. Kabelning qisqa bo‘laklari qo‘lda yotqiziladi. Kabellarni transheyada joylashtirish to‘rlari. Kabellar transheya tubi tosh, notekislikdan tozalangan, notekis joylari yumshoq to‘proq yoki qum 100 mm qalinlikda sepiladi. Kabellar yuqorida (2) ko‘rsatilgan talablarga rioya qilgan holda bajariladi. Bino yaqinida transheyada kabellarni joylashtirishda, kabel, binoga eng yaqin yotqizilish masofasi uning fundamentidan 0,6 m dan kam bo‘lmasligi kerak. Kabellar parallel yotqizilganida quyidagi talablarga rioya qilinishi kerak, gorizontal yuza bo‘yicha kabellar oralig‘i 10 kV kuch kabellari uchun 100 mm dan kam bo‘lmasligi kerak. 1kV dan yuqori HL erlangan tayanchlari va kabel oralig‘i 35 kV gacha bo‘lgan kuchlanishlarda 5 m bo‘lishi, 110 kV da esa 10 m bo‘lishi kerak. Kabelni binoga kirgizishda tortilgan yarim aylana shaklida 1-1,5 m uzunlikda zaxirli chiqarib olish va ta’minlash, uch muftasi yoki yangitdan o‘rnatilish ishlarini bajarishga g‘amlangano‘lcham qoldiriladi. Ko‘mish. Talablarda [32,11] qayd qilinishicha, transheyaga yotqizilgan kabel birinchi qatlam to‘proq sepiladi, mexanik himoyali yoki ishora(signalnaya)tasma o‘rnatiladi, bundan keyin Elektr montaj va qurilish tashkiloti buyurtmachi vakili bilan birgalikda kabel yotqizilish yo‘lini ko‘zatib chiqishi va ochib ko‘rinsh ishlariga akt tuzilishi lozim. 2.4-rasm. Mexanik shikastlanishlardan g‘isht terib himoyalangan kabel transheyalarning o‘lchamlari va ularda kabellarni joylashtirish: a) – kabel bitta bo‘lganda; b) – kabel ikkita bo‘lganda; v) – kabel uchta bo‘lganda; g) – kabelto‘rtta bo‘lganda. Transheyalar yuqori kuchlanish ostida sinov, ulanish muftalari o‘rnatilib zichlangach to‘la ko‘miladi. Transheyani mo‘zli toshli to‘proq, toshli to‘proq, metalll bo‘laklariga o‘xshash narsalar bilan ko‘mishga ruhsat berilmaydi. Kabellar mexanik harakatlardan himoyalanishi uchun 35 kV va undan past kuchlanishlarda plita va oddiy g‘isht bilan ko‘ndalangiga bostiriladi. Silikatli, loy g‘isht va teshikli g‘ishtlarga ruhsat berilmaydi. Kabellarni 1-1,2 m cho‘qurlikda shahar elektr tarmoqlarida yotqizilganida mexanik jarohatlardan himoya qilinmaydi. Kabel transheyalarini ko‘mishda bo‘ldozerlar, surgichlar va zichlagichlar qo‘llaniladi.
Download 0.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling