Elektr qurilmalarni ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi


Download 1.18 Mb.
bet8/55
Sana22.11.2023
Hajmi1.18 Mb.
#1793984
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   55
Bog'liq
ELEKTR QURILMALARNI EKSPLUATATSIYA QILISHDA XAVFSIZLIK TEXNIKASI QOIDALARI

birinchi bor ishga qo`yish - naryad yoki farmoyish bilan bajariladigan ishga birinchi bor ishga qo`yish;
qayta ishga qo`yish - ushbu naryad bo`yicha avval ish bajarilgan joyga qayta qo`yish;
ish joyini tayyorlash - ish joyida ishni xavfsiz bajarilishini ta`minlash bo`yicha texnik tadbirlarning bajarilishi;
ulanma - elektr stantsiya, podstantsiya va hokazolar chegarasida joylashgan va taqsimlovchi qurilma, generator, shchit, yig`malarning shinalariga ulangan, kuchlanishi, nomi va vazifasi bir bo`lgan elektr zanjiri (uskuna va shinalar). Har xil kuchlanishli bitta kuch transformatoriga (o`ramlarining sonidan qat`iy nazar), ikkita tezlikda ishlovchi elektr dvigatelga ulangan elektr zanjirlari ham bir ulanma deb hisoblanadi. Ko`p burchakli, bir yarimtalik va sh.o`. sxemalar orqali ulangan transformatorda, liniyada ushbu liniyani yoki transformatorni TQ ga bevosita ulaydigan barcha kommutatsion apparatlar va shinalar ulanmaga tegishlidir.
kuchlanish ostidagi ish - kuchlanish ostida bo`lgan tok o`tkazuvchi qismlarga tegib bajariladigai yoki ushbu tok o`tkazuvchi qismlarga ruxsat etilganidan kam masofaga yaqinlashib bajariladigai ish;
ish joyi - ishlarni bajarish uchun xodimlar ishga qo`yiladigan elektr qurilmaning qismi. Faqat naryad yoki farmoyish bo`yicha ko`zda to`tilgan ish joyiga taalluqli;
farmoyish - ishni xavfsiz bajarish uchun, uning mazmunini, ish joyini, vaqtini, xavfsizlik choralarini (kerak bo`lgan taqdirda) va ishni bajarilishi topshirilgan shaxslarni belgilovchi og`zaki topshiriq;
ta`mirlash xodimlari - elektr stantsiyalar, podstantsiyalar, HL, KL, AHL, AKL, rele ximoyasi, avtomatika, o`lchash asboblari, izolyatsiya va yashindan himoya vositalari, dispetcherlik va texnologik boshqaruv vositalarida ekspluatatsion-ta`mirlash va sozlash ishlari bilan shug`ullanuvchi muxandislar, texniklar, ustalar, ishchilar, elektr laboratoriyalari xodimlari;
korxona raxbariyati - direktor, korxona raxbari yoki uning urinbosarlari, bosh muxandis;

Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling