Elektr qurilmalarni ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi


Download 1.18 Mb.
bet11/55
Sana22.11.2023
Hajmi1.18 Mb.
#1793984
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   55
Bog'liq
ELEKTR QURILMALARNI EKSPLUATATSIYA QILISHDA XAVFSIZLIK TEXNIKASI QOIDALARI

19. Kuchlanishi 1000 V dan yuqori bo`lgan qo`l yuritmali ajratgich, bo`lgich va o`chirgichlarni o`chirish va yoqishda dielektrik qo`lqoplardan foydalanish kerak.
20. Saqlagichlarni o`rnatish va olib qo`yish kuchlanish olib qo`yilgan holatda amalga oshirilishi lozim.
Sxemasida kuchlanishni uzib qo`yuvchi kommutatsion apparatlar bo`lmagan elektr ulanmalardagi saqlagichlarni kuchlanish ostida, lekin yuklama bo`lmagan holatda olishga va o`rnatishga ijozat etiladi.
Ikkilamchi zanjirlarda, yoritish tarmoqlarida va kuchlanish transformatorlarida saqlagichlarni kuchlanish va yuklama ostida almashtirishga ijozat etiladi.
21. Saqlagichlarni kuchlanish ostida olish va o`rnatishda quyidagilardan foydalanish zarur:

  • 1000 V dan yuqori kuchlanishli elektr qurilmalarda - dielektrik qo`lqoplar va himoya ko`zoynaklarini qo`llagan holda izolyatsiyalovchi qisqichlardan (shtangadan);

  • 1000 V gacha kuchlanishli elektr qurilmalarda - izolyatsiyalovchi qisqichlarda yoki dielektrik qo`lqoplardan va himoya ko`zoynaklaridan.

22. 1000 V gacha kuchlanishli shchitlar va yig`malarda saqlagichlar vertikal ustma-ust joylashganda (fazalar vertikal joylashganda) va kommutatsion apparatlar yo`qligida, yuklama ostida saqlagichlarni o`rnatish va olib qo`yishga ruxsat etiladi. Bunda ko`zni himoya qilish vositasi o`rniga yuzni himoya qilish vositasidan foydalanish tavsiya etiladi.
23. Ish olib borilayotgan kameralardan tashqari, qolgan barcha elektr qurilmalar xonalari, kameralari, shchitlari va yig`malarining eshiklari qulflangan bo`lishi shart.
24. 1000 V dan yuqori kuchlanishli elektr qurilmalar (YOTQ, komplekt taqsimlovchi qurilmalar, OTQ ning xonalari va kameralari), hamda 1000 V dan yuqori bo`lgan elektr qurilmalardan tashqarida joylashgan 1000 V gacha kuchlanishli taqsimlovchi shchitlar va yig`malarning kalitlari navbatchi xodim hisobida turishi shart. Maxalliy navbatchi xodimlari bo`lmagan elektr qurilmalarda kalitlar ma`muriy-texnik xodimlar hisobida turishi mumkin.
Har bir kalit raqamlangan bo`lishi shart. Kalitlarning bir komplekti zaxirada bo`lishi shart.
Kalitlar quyidagi xodimlarga tilxat bilan berilishi lozim:

  • bir o`zi ko`rib chiqish xuquqiga ega bo`lgan xodimlarga - barcha xonalarning kalitlari;

  • ishga qo`yishda tezkor-ta`mirlovchi xodimlar ichidan ishga qo`yuvchiga, ish raxbari va ish bajaruvchiga, kuzatuvchiga (ishlar xavfsizligi uchun javobgar shaxslar (V bobga qarang))- ish olib boriladigan xonalarning kalitlari.

  1. Har kuni ko`rikdan yoki ish tugagandan keyin kalitlar qaytarib topshirilishi shart. Maxalliy navbatchisi bo`lmagan elektr qurilmalarda ish olib borilganda, kalitlar ko`rikdan yoki ish batamom tugagandan so`ng, uzog`i bilan keyingi ish kunidan kechiktirmasdan qaytarilishi shart.

Kalitlarni uzoq muddatga elektr tarmoqlari korxonasining taqsimlovchi elektr qurilmalarida tezkor almashlab ulash xuquqiga ega bo`lgan iste`molchilar xodimiga, shuningdek navbatchiga, tezkor- ta`mirlash va bir o`zi ko`rib chiqish xuquqiga ega bo`lgan ma`muriy- texnik xodimga berish zaruriyati korxona bosh muxandisi tomonidan belgilanadi.
Kalitlarni olish va qaytarish jarayoni ixtiyoriy shakldagi ish jurnali yoki tezkor-dispecherlik jurnalida qayd qilinishi shart.
26. Baxtsiz xodisalar sodir bo`lganda jabrlanuvchini elektr toki ta`siridan qutqarish uchun, elektr qurilmadan kuchlanish zudlik bilan, oldindan ruxsat olmasdan, olinishi shart.
2-§. Ishlarni bajarish tartibi
27. Ishlab turgan elektr qurilmalarda bajariladigai ishlar mazkur Qoidalarning 3-ilovasida keltirilgan naryad shakli bo`yicha olib borilishi shart.
Mazkur Qoidalarda ko`rsatilgan hollarda ishlarni farmoyish bo`yicha bajarishga ruxsat beriladi.

Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling