Elektr qurilmalarni ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi


Download 1.18 Mb.
bet10/55
Sana22.11.2023
Hajmi1.18 Mb.
#1793984
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   55
Bog'liq
ELEKTR QURILMALARNI EKSPLUATATSIYA QILISHDA XAVFSIZLIK TEXNIKASI QOIDALARI

1-§. Tezkor xizmat ko`rsatish
13. 1000 V dan yuqori kuchlanishli elektr qurilmalarga bir o`zi xizmat ko`rsatuvchi navbatchi yoki tezkor-ta`mirlash xodimlar va smena bo`yicha katta navbatchilar elektr xavfsizligi bo`yicha IV guruhga, qolganlari esa III guruhga ega bo`lishi shart.
1000 V gacha kuchlanishli elektr qurilmalarga bir o`zi xizmat ko`rsatuvchi navbatchi yoki tezkor-ta`mirlash xodimlar III guruhga ega bo`lishi shart.
14. Kuchlanish ostida bo`lgan elektr qurilmalarning to`siqsiz tok o`tkazuvchi qismlariga mazkur Qoidalarning 2-ilovasida ko`rsatilganidan kam masofaga odamlarning, yuk ko`taruvchi mashinalar va mexanizmlarning yaqinlashishi man etiladi.
15. Elektr stantsiya va podstantsiya elektr qurilmalarini navbatchi yoki tezkor-ta`mirlash xodimlaridan bo`lgan elektr xavfsizligi bo`yicha III dan kam bo`lmagan guruhga ega xizmatchi (bundan keyin - guruhga ega xizmatchi), yoki V guruhga ega bo`lgan ma`muriy-texnik xodim, yoxud korxona raxbariyati bir o`zi ko`rikdan o`tkazishi mumkin.
Noelektrotexnik xodimlar elektr stantsiya va podstantsiyaning elektr qurilmalarini ko`rib chiqishi va ekskursiya korxona raxbariyatining ruxsati bilan, bir o`zi ko`rib chiqish xuquqita ega bo`lgan IV guruhga ega xodim nazorati ostida amalga oshirilishi mumkin.
HL ni ko`rib chiqish mazkur Qoidalarning 367 va 368-bandlari talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
16. Ushbu elektr qurilmalarga xizmat ko`rsatmaydigan xodimlar navbatchi yoki tezkor-ta`mirlash xodimi, yoki bir o`zi ko`rib chiqish xuquqiga ega bo`lgan xodim hamroxligida elektr qurilmalarga kiritilishi mumkin.
Hamroh xodim elektr qurilmalarga kirishi mumkin bo`lgan odamlarning xavfsizligini kuzatishi hamda ularni tok o`tkazuvchi qismlarga yaqinlashmaslik haqida ogoxlantirishi kerak.
17. 1000 V dan yuqori kuchlanishli elektr qurilmalarni ko`rib chiqishda tok o`tkazuvchi qismlarga mazkur Qoidalarning 2-ilovasida ko`rsatilganidan kam masofaga yaqinlashishiga qarshi qo`yiladigan to`siqlar yoki g`ovlar bilan jihozlanmagan xona va kameralarga kirish man etiladi. To`siqlarning eshigini ochish va to`siqlar, g`ovlar orqasiga o`tish man etiladi. To`siqlar va g`ovlarni o`rnatishga bo`lgan talablar Elektr qurilmalarning tuzilishi qoidalarining bo`limida keltirilgan.
1000 V gacha kuchlanishli elektr qurilmalarni ko`rib chiqishda shchit, yig`malar, boshqaruv pultlari va boshqa qurilmalarning eshigini ochishga ruxsat etiladi.
Elektr qurilmalarni ko`rib chiqish jarayonida biror-bir ishni bajarish man kilinadi.
18. 6-35 kV li elektr qurilmalarda yerga tutashuv sodir bo`lsa, faqat tezkor almashlab ulashlarni bajarish hamda kuchlanish ta`siriga tushib qolgan odamlarni qutqarish uchun aniqlangan tutashish joyiga yopiq taqsimlovchi qurilmada (bundan keyin - YOTQ) 4 m dan, ochiq taqsimlovchi qurilmada (bundan keyin - OTQ) va HL da 8 m dan kam masofaga yaqinlashishga ruxsat etiladi. Bunda elektr himoya vositalaridan foydalanish kerak.

Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling