Elektr qurilmalarni ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi
Brigadani faqat bitta naryad bo`yicha ishga qo`yishga ruxsat beriladi. 6-§. Ish joyini tayyorlash va ishga qo`yish
Download 1.18 Mb.
|
ELEKTR QURILMALARNI EKSPLUATATSIYA QILISHDA XAVFSIZLIK TEXNIKASI QOIDALARI
74. Brigadani faqat bitta naryad bo`yicha ishga qo`yishga ruxsat beriladi.
6-§. Ish joyini tayyorlash va ishga qo`yish 75. Ish joyini tayyorlash bo`yicha naryadda ko`rsatilgan choralarni o`zgartirish man qilinadi. Ish joyini tayyorlashga taalluqli choralarning to`g`riligiga va etarliligiga, shuningdek ishning xavfsiz bajarilishiga shubxa paydo bo`lganda, ushbu ish joyini tayyorlash to`xtatilishi shart. 76. Ish bajaruvchi ishga qo`yuvchi vazifasini o`rindoshlik asosida bajargan hollarda, u ish joyini III guruhga ega bo`lgan brigada a`zolaridan birortasi bilan tayyorlashi shart. 77. Ishga qo`yuvchi ishga qo`yishdan oldin ish joyini tayyorlash bo`yicha texnik choralarning bajarilganligiga ishonch hosil qilishi shart. Ishonch shaxsan ko`rish bilan, tezkor jurnaldagi yozuvlar bo`yicha, tezkor sxema bo`yicha yoki navbatchi, tezkor-ta`mirlovchi xodim va iste`molchilar xodimlarining xabarlari bo`yicha hosil qilinishi mumkin. 78. Ish raxbari va ish bajaruvchi (kuzatuvchi) ishga qo`yishdan oldin, ishga qo`yuvchidan ish joylarini. tayyorlashda qanday choralar ko`rilganligini aniqlashi va shaxsan bu tayyorgarlikni ish joylari chegarasida ko`zdan kechirib tekshirishi shart. Ishga qo`yishdan oldin, ish joyi tayyorligini ish raxbari ishga qo`yuvchi bilan birga yoki uning ruxsati bilan o`zi mustaqil, ish bajaruvchi - ish raxbari yoki ishga qo`yuvchi bilan birga tekshirishi shart. 79. Naryadlar va farmoyishlar bo`yicha ishga qo`yish bevosita ish joyida amalga oshirilishi shart. Farmoyish bo`yicha ishlashda, ish joyini tayyorlash kerak bo`lmagan hollarda, ishga qo`yish ish joyida amalga oshirilishi shart emas, HL AHL va KL da esa talab qilinmaydi. 80. Ishga qo`yish, ish joyining tayyorligi tekshirilganidan so`ng, amalga oshiriladi. Bunda ishga qo`yuvchi quyidagilarni amalga oshirishi shart: naryad yoki farmoyishda ko`rsatilgan brigada tarkibini shaxsiy guvoxnomalariga mosligini tekshirishi; yo`riqnoma berishi: brigadani naryad, farmoyish mazmuni bilan tanishtirishi; ish joyining chegaralarini ko`rsatishi; ish joyiga yaqin turgan uskunalarni va kuchlanish bor yo`qligidan qat`iy nazar, yaqinlashish man qilingan ta`mirlanayotgan va qo`shni ulanmalarning tok o`tkazuvchi qismlarini ko`rsatishi; brigadaga tarmoqda o`rnatilgan yerga ulagichlarni ko`rsatishi yoki, ish joyidan yerga ulagichlar ko`rinmagan taqdirda, kuchlanish yo`qligini tekshirishi, 35 kV va undan past kuchlanishli elektr qurilmalarda keyinchalik tok o`tkazuvchi qismlarga qo`l tekqazish orqali (agar konstruktiv bajarilishi bo`yicha iloji bo`lsa) kuchlanish yo`qligini isbot qilishi shart. 81. Ishga qo`yishda ishga qo`yuvchidan tashqari, ish bajaruvchi ham brigadaga yo`riqnoma berishi shart. U ishlarni xavfsiz bajarish choralari, shu jumladan ularning texnologiyasi, asboblar, moslamalar, yuk ko`tarish mashinalari va mexanizmlardan foydalanish haqida yo`riqnoma beradi. Zarur bo`lganda, ish raxbari yo`riqnomani to`ldirishi mumkin. Yo`riqnomani o`tkazmasdan brigadani ishga qo`yish man qilinadi. Yo`riqnomani o`tkazish va ishga qo`yish ishga qo`yuvchi va ish bajaruvchining (kuzatuvchining) imzosi bilan mazkur Qoidalarning ilovasida keltirilgan naryadning 3-jadvalida, kuni va vaqti ko`rsatilib, rasmiylashtiriladi. Ishga qo`yishda o`tkazilgan yo`riqnomani yo`riqnoma o`tkazish jurnalida rasmiylashtirish talab qilinmaydi. Ishga qo`yish naryadning xar ikki nusxasida rasmiylashtiriladi, naryadning bir nusxasi ish bajaruvchida (kuzatuvchida), ikkinchisi esa navbatchi yoki tezkor-ta`mirlash xodimlaridan tayinlangan ishga qo`yuvchida qoldiriladi. Ish bajaruvchi o`rindoshlik asosida ishga qo`yuvchi vazifasini bajarganda, ishga qo`yish naryadning bir nusxasida rasmiylashtiriladi. Farmoyish bo`yicha ishga qo`yish tezkor jurnalda yoki naryadlar va farmoyishlar bo`yicha ishlarni qayd qilish jurnalida rasmiylashtiriladi (mazkur Qoidalarga 5-ilova). 7- Download 1.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling