Elektr qurilmalarni ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi
Download 1.18 Mb.
|
ELEKTR QURILMALARNI EKSPLUATATSIYA QILISHDA XAVFSIZLIK TEXNIKASI QOIDALARI
§. Ish jarayonini nazorat qilish
Ishga qo`yilgandan so`ng, brigada tomonidan xavfsizlik talablarini bajarilishi ustidan nazorat ish bajaruvchiga (kuzatuvchiga) yuklanadi. U iloji boricha xavfi ko`prok ish bajarilayotgan joyda bo`la turib, o`z ishini shunday tashkil qilishi kerakki, usha yerdan turib ishlayotgan brigada a`zolari ishini nazorat qila oladigan bulsin. Kuzatuvchiga nazorat qilishdan boshqa biron ishni o`rindoshlik asosida bajarishi man etiladi. . Ish bajaruvchi (kuzatuvchi) ish joyidan vaqtincha ketishi zarur bo`lganda, agar uning o`rnini ish raxbari, ishga qo`yuvchi yoki naryad berish xuquqiga ega bo`lgan xodim almashtirish imkoniyati bo`lmasa, ish bajaruvchi brigadani ish joyidan chiqarishi shart (ular taqsimlovchi qurilmadan chiqariladi, eshiklar qulflanadi, xodimlar HL tayanchlaridan tushiriladi va x.k.). Ish bajaruvchi (kuzatuvchi) almashtirilganda, u naryadni o`z o`rniga vaqtinchalik qoldirilgan xodimga berib ketishi shart. 1000 V gacha bo`lgan elektr qurilmalarda farmoyish bo`yicha ishlar bajarilayotgan bo`lsa, zarurat bo`lganda ish bajaruvchining qisqa vaqtga ketishiga ruxsat beriladi. Bunday paytda brigadaning III guruhga ega bo`lgan bir yoki bir necha a`zolari ish joyida qolishlariga va ishni davom ettirishlariga ruxsat etiladi. Ish bajaruvchining ruxsati bilan brigada a`zolaridan biri yoki bir nechtasi ish joyidan vaqtincha ketishlariga ijozat beriladi. Bunda ularni brigada tarkibidan chiqarish talab qilinmaydi. 1000 V dan yuqori bo`lgan elektr qurilmalarda ish joyida qolgan brigada a`zolarining soni, ish bajaruvchi bilan hisoblaganda, ikki kishidan kam bo`lmasligi shart. III guruh brigada a`zolari TQ joylashgan xonadan mustaqil chiqishlari va yana ish joyiga qaytib kelishlari mumkin, I va II guruh brigada a`zolari esa, faqat III guruh brigada a`zosi yoki elektr qurilmani bir o`zi ko`rib, chiqish xuquqiga ega bo`lgan shaxslar xamroxligida chiqishlari va yana ish joyiga qaytib kelishlari mumkin. TQ joylashgan xonadan chiqgandan so`ng, eshikni ochiq, qulflanmagan holda qoldirish man etiladi. Ishga qaytgan brigada a`zolari faqat ish bajaruvchining ruxsati bilan ishga tushishlari mumkin. Agar elektr qurilma joylashgan xonani qulflashning iloji bo`lmasa, ish bajaruvchi brigada a`zolari qaytgunga qadar ish joyini tashlab ketish xuquqiga ega emas. Mazkur Qoidalarni buzilishlari, yoki ishlayotganlar xayotiga xavf tug`diruvchi boshqa holatlar aniqlanganda, brigada ish joyidan chiqarilishi va ish bajaruvchidan naryad olib qo`yilishi shart. Brigadani faqat aniqlangan kamchiliklar bartaraf qilingandan so`ng, birlamchi ishga qo`yish talablari bajarilgan holda, yangidan ishga qo`yish mumkin. 8- Download 1.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling