Elektr qurilmalarni ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi
-§. Umumiy talablar. Ishlarni xavfsiz bajarilishi uchun
Download 1.18 Mb.
|
ELEKTR QURILMALARNI EKSPLUATATSIYA QILISHDA XAVFSIZLIK TEXNIKASI QOIDALARI
1-§. Umumiy talablar. Ishlarni xavfsiz bajarilishi uchun
javobgar shaxslar, ularning xuquq va majburiyatlari 45. Ishlarni xavfsiz bajarilishi uchun quyidagi tashkiliy tadbirlar amalga oshirilishi shart: ishlar xavfsiz olib borilishi uchun javobgar shaxslarni tayinlash; naryad yoki farmoyish berish; ish joyini tayyorlashga va ishga qo`yishga ruxsat berish; ish joyini tayyorlash va ishga qo`yish; ish bajarilayotganda nazorat; boshqa ish joyiga o`tkazish; ishdagi tanaffuslarni va ish tugatilganligini rasmiylashtirish; 46. Ishlar xavfsiz bajarilishi uchun quyidagi shaxslar javobgardir; naryad va farmoyish beruvchi; ish raxbari; ish joyini tayyorlashga va ishga qo`yishga ruxsat beruvchi shaxs; ish joyini tayyorlovchi shaxs; ishga qo`yuvchi (ish joyini tayyorlovchi va ishga qo`yuvchi bitta xizmatchi bo`lishi mumkin); ish bajaruvchi; kuzatuvchi; brigada a`zosi. 47. Naryad, farmoyishni beruvchi ishni xavfsiz bajarish mumkinligini belgilaydi. U naryadda ko`rsatilgan xavfsizlik choralarining to`g`riligi va to`liqligi uchun, brigadaning sifat va son jixatdan tarkibi, hamda javobgar shaxslarni tayinlash uchun, shuningdek naryadda ko`rsatilgan xizmatchilar bajarishi kerak bo`lgan ishga ularning elektr xavfsizligi bo`yicha guruhi muvofiqligi uchun javobgardir. 48. Naryad va farmoyishni berish xuquqi korxonaning va uning tarkibiy qismlarining V guruhga ega bo`lgan ma`muriy-texnik xodimlariga beriladi. Naryadlar berish xuquqiga ega bo`lgan ma`muriy-texnik xodimlar bo`lmaganda, kechiktirib bo`lmaydigan ishlarni bajarish uchun ushbu elektr qurilmani ekspluatatsiya qiluvchi IV guruhga ega bo`lgan navbatchi xodim tomonidan naryad va farmoyish berilishi mumkin. Bunday paytlarda navbatchi xodimga naryadlar berish xuquqi korxona raxbariyatining yozma ko`rsatmasi bilan rasmiylashtirilishi shart. 49. Ish raxbari naryadda ko`rsatilgan barcha xavfsizlik choralarining bajarilishi va etarliligi, ishga qo`yuvchi va ish bajaruvchi tomonidan brigada a`zolariga berilgan yo`riqnomaning sifati va to`liqligi uchun, shuningdek ish jarayonida ishni xavfsiz olib borishni tashkil qilish uchun javob beradi. Ish raxbarlari qilib V guruhga ega bo`lgan muxandis- texnik xodimlar tayinlanishi shart. Agar bajarilayotgan ishning ayrim bosqichlari ish raxbarining uzluksiz nazorati ostida va ish raxbari boshchiligida bajarilishi zarur bo`lsa, u holda naryad beruvchi naryadning «Aloxdtsa ko`rsatmalar» satriga bu haqda yozib qo`yishi shart. 50. Ish joyini tayyorlashga va ishga qo`yishga ruxsat etuvchi shaxs, ish bajarish uchun ko`zda to`tilgan uskunani o`chirish va yerga ulash choralarining etarliligi va ularni amalga oshirish mumkinligi, shuningdek ishga qo`yiladigan brigadalarning ish vaqtlari va joylarini muvofiqlashtirish uchun javobgarlik olib boradi. Ish joyini tayyorlashga va ishga qo`yishga ruxsat etuvchi shaxs ish joyini tayyorlayotgan navbatchilarga yoki tezkor-ta`mirlash xodimlariga, shuningdek ishga qo`yuvchilarga uskunada oldindan bajarilgan o`chirish va yerga ulash ishlari haqida ma`lumot berishi shart. Ish joyini tayyorlashga va ishga qo`yishga ruxsat etishga lavozim yo`riqnomasiga asosan, IV guruhga ega bo`lgan navbatchi xodimlar, shuningdek korxona ko`rsatmasi bo`yicha bunga vakolat berilgan ma`muriy-texnik xodimlarning xuquqi bor. 51. Ish joyini tayyorlovchi shaxs naryadda ko`rsatilgan ish joyini tayyorlash bo`yicha, shuningdek ish sharoitlari bo`yicha talab qilinayotgan choralarni (qulflarni, plakatlarni, to`siqlarni o`rnatish va sh.o`.) to`g`ri va aniq bajarilishiga javob beradi. Ish joylarini tayyorlashga navbatchilarning yoki elektr qurilmada tezkor almashlab ulashlarni bajarishga ijozat etilgan tezkor-ta`mirlash xodimlarning xuquqi bor. 52. Ishga qo`yuvchi ko`rilgan xavfsizlik choralarining to`g`riligi va etarliligiga, ularning naryadda ko`rsatilgan choralarga, ish joyi va ish xarakteriga muvofiqligiga, ishga qo`yishning to`g`riligiga, shuningdek berilayotgan yo`riqnomaninig sifati va to`laligiga javob beradi. Ishga qo`yuvchilar iavbatchilardan yoki tezkor-ta`mirlash xodimlaridan tayinlanishi lozim, mazkur Qoidalarning 57-bandida qayd etilgan shartlar bajarilganda, HL da ishga qo`yish bundan mustasno. 1000 V dan yuqori kuchlanishli elektr qurilmalarda ishga qo`yuvchi IV guruhga, 1000 V gacha kuchlanishli elektr qurilmalarda esa ishga qo`yuvchi III guruhga ega bo`lishi shart. 53. Ish bajaruvchi kuydagilarga javob beradi: tayyorlangan ish joyining naryad ko`rsatmalariga muvofiqligi uchun; brigada a`zolariga berilgan yo`riqnomaning aniq va to`laligi uchun; kerakli himoya vositalari, asboblar, inventarlar va moslamalarning mavjudligi, ishga yarokliligi va ulardan to`g`ri foydalanish uchun; ish joyida to`siqlarni, xavfsizlik belgilarini va plakatlarini, berkitish qurilmalarini saqlanishi uchun; ishlarning xavfsiz bajarilishi va mazkur Qoidalarga rioya etilishi uchun. Ish bajaruvchi brigada a`zolari ustidan doimiy nazorat olib borishi va alkogol ta`siridan mast holatda bo`lgan brigada a`zolarini ishdan chetlashtirishi shart. Naryad bo`yicha 1000 V dan yuqori kuchlanishli elektr qurilmada ish bajaruvchi IV guruhga, 1000 V gacha bo`lgan elektr qurilmada esa III guruhga ega bo`lishi shart, zararli gazlar paydo bo`lishi mumkin bo`lgan yer osti inshootlarida va kuchlanish ostida bajariladigai ishlar bundan mustasno, bunda ish bajaruvchi IV guruhga ega bo`lishi shart. Barcha elektr qurilmalarda farmoyish bo`yicha ish bajarilayotganda, mazkur Qoidalarning 67, 199 va 400-bandlarida ko`rsatilganlardan tashqari, ish bajaruvchi III guruhga ega bo`lishi mumkin. 54. Elektr qurilmalarda mustaqil ishlash xuquqiga ega bo`lmagan ishchilar brigadasi ustidan nazorat olib borish uchun kuzatuvchi tayinlaiishi shart. Kuzatuvchi quyidagilarga javob beradi: tayyorlangan ish joyi naryad ko`rsatmalariga muvofiqligi uchun; ish joyida o`rnatilgan yerga ulagichlar, to`siqlar, xavfsizlik belgilari va plakatlar, yuritmalarning berkituvchi qurilmalari mavjudligi va saqlanishi uchun; brigada a`zolarini elektr qurilma elektr tokidan jaroxatlanish borasidagi xavfsizligi uchun. Ishning texnologiyasi bilan bog`liq xavfsizlik uchun shu brigada tarkibiga kiritilgan, unga boshchilik qiladigan xizmatchi javobgardir va u doim ish joyida bo`lishi shart. Uning familiyasi naryadning «Alohida ko`rsatmalar» satrida ko`rsatiladi. Kuzatuvchilar bo`lib III guruhga ega bo`lgan xizmatchilar tayinlanishi mumkin. Download 1.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling