Elektr qurilmalarni ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi
III. TQ da joylashgan HL, KL va DTBV uchastkalaridagi ishlar
Download 1.18 Mb.
|
ELEKTR QURILMALARNI EKSPLUATATSIYA QILISHDA XAVFSIZLIK TEXNIKASI QOIDALARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- IV. Farmoyish bo`yicha ishlarni bajarish
III. TQ da joylashgan HL, KL va DTBV uchastkalaridagi ishlar
TQ, xududida joylashgan HL uchastkasidagi ish, HL ga xizmat ko`rsatuvchi xodimlar tomonidan berilgan naryadlar asosida bajarilishi kerak. Maxalliy navbatchisi bo`lgan elektr qurilmalarda oxirgi tayanchda ish olib borilganda, navbatchi brigadaga yo`riqnoma berishi, uni shu tayanchgacha olib borishi shart. Maxalliy navbatchisiz elektr qurilmalarda liniya brigadasining ish bajaruvchisiga TQ ning kalitini olib, o`zi mustaqil ravishda tayanchga borishga ruxsat beriladi. OTQ ning portallarida va YOTQ ning binolarida ish bajarganda, liniya brigadasini navbatchidan yoki ushbu TQ da xizmat ko`rsatuvchi tezkor-ta`mirlash xodimlaridan tayinlangan ishga qo`yuvchi naryadda rasmiylashtirib, ishga qo`yishi shart. TQ dan ish bajaruvchi liniya brigadasi bilan birga mustaqil, brigadaning ayrim a`zolari esa - mazkur Qoidalarning V bob 86-bandida ko`rsatilgan tartib bo`yicha chiqishlari mumkin. TQ da joylashgan KL ning tugallovchi muftalarida va tugallovchi qoplamalarida va TQ xududidan o`tgan va kabel kanallariga yotqizilgan KL da bajariladigai ishlar, ushbu KL ga xizmat ko`rsatuvchi xodimlar beradigan naryadlar bo`yicha bajarilishi shart. KL ning tugallovchi muftalarida va tugallovchi qoplamalarida ishga qo`yishni TQ ga xizmat ko`rsatuvchi xodim, TQ xududida va kabel kanallaridagi KL da esa ishga qo`yishni ushbu TQ ga xizmat ko`rsatuvchi navbatchi yoki tezkor-ta`mirlovchi xodimning ruxsati bilan, KL ga xizmat ko`rsatuvchi xodim amalga oshiradi. TQ ning tugallovchi qoplamalarida, ushbu TQ ga xizmat ko`rsatuvchi xodim beradigan naryadlar bo`yicha KL ga xizmat ko`rsatuvchi xodimning xizmat safaridagi xodim xuquqida ishlashiga ijozat beriladi. TQ xududida joylashgan aloqa qurilmalaridagi ishlar, DTBV xizmati xodimlari tomonidan beriladigan naryadlar bo`yicha olib borilishi shart. Ushbu qurilmalarga ishga qo`yishni TQ ga xizmat ko`rsatuvchi xodim amalga oshiradi. Ko`rsatilgan qurilmalaridagi ishlarni, DTBV xizmati xodimlari TQ ga xizmat ko`rsatuvchi xodimlar bergan naryadlar bo`yicha bajarishlari mumkin. IV. Farmoyish bo`yicha ishlarni bajarish Tok o`tkazuvchi qismlarda kuchlanishni olish va vaqtinchalik to`siqlarni o`rnatish talab qilinmaydigan ishlar farmoyish bo`yicha bajarilishi mumkin. 1000 V dan yuqori kuchlanishli elektr qurilmalarda quyidagi ishlarni farmoyish bo`yicha bajarishga ijozat etiladi: kabeli uzib qo`yilgan, uning uchlari qisqa tutashtirilgan va yerga ulangan elektr dvigatellarda; chiqarmalaridan shinalar va kabellar uzib qo`yilgan generatorda; TQ ning tortib chiqarilgan KTQ, aravachalarida, ular bo`linmalarining pardachalari yopilib, qulflangan holda. 1000 V gacha kuchlanishli elektr qurilmalarda ishlarni farmoyish bo`yicha bajarishga izojat etiladi, TQ ning va taqsimlovchi shinalarning yig`ma shinalaridagi va yig`ma shinalarga kuchlanish berilishi mumkin bo`lgan ulanmalardagi ishlar bundan mustasno. Odamlarni elektr tokidan shikastlanishiga nisbatan xavfsiz xonalarda (elektr tokidan shikastlanishiga nisbatan xavfsiz xonalarning klassifikatsiyasi Elektr qurilmalarning tuzilish qoidalari. I Bo`lim. 1.1.13-bandida keltirilgan. “O`zdavenergonazorat” - T. 2005.) joylashgan 1000 V gacha elektr qurilmalarda ish bajaruvchi bo`lish xuquqiga ega bo`lgan III guruh xizmatchi bir o`zi ishlashi mumkin. Ikkilamchi zanjirlarni, o`lchash asboblarini, releli himoya, avtomatika, telemexanika va aloqa qurilmalarini montaj, ta`mirlash va ekspluatatsiya qilishda, shu jumladan kommutatsiya apparatlarining yuritmalarida va agregat shkaflaridagi ishlarda, ular kuchlanish ostida bo`lganligi yoki bo`lmaganligidan qat`iy nazar quyidagilarga ruxsat beriladi: ishlarni farmoyish bo`yicha bajarishga, agar ular naryad bo`yicha bajarilsa, ish raxbarini tayinlamaslikka; ushbu zanjirlar va qurilmalar 1000 V dan yuqori tok o`tkazuvchi qismlari bo`lmagan, yoki butunlay to`silgan, yoki to`siq talab qilinmaydigan balandlikda (to`silmagan tok o`tkazuvchi qismlardan ergacha yoki polgacha bo`lgan masofa Elektr qurilmalarning tuzilish qoidalari, IV bo`limda belgilangan) joylashgan xonalarda IV guruhga ega ish bajaruvchi bir o`zi ishlashga; yuqorida ko`rsatilgan qurilmalarni ekspluatatsiya qiluvchi xodimlardan bo`lgan IV guruhga ega ish bajaruvchiga ishga qo`yuvchi majburiyatini o`rindoshlik asosida olib borishga. Bunda u ish joyini tayyorlash uchun zarur bo`lgan xavfsizlik choralarini aniqlaydi. Bunday o`rindoshlikka ish joyini tayyorlash uchun 1000 V dan yuqori zanjirlarda o`chirish, yerga ulagich va vaqtinchalik to`siqlarni o`rnatish talab qilinmaydigan hollarda ruxsat beriladi; ish bajaruvchiga yuqorida ko`rsatilgan qurilmalarni uzishga va ulashga, shuningdek ish joyini tayyorlashga va ishga qo`yishga ruxsat beruvchi xizmatchining ruxsati bilan himoya va avtomatika qurilmalarining o`chirgichlarini uzish va ulash bilan sinashga. Elektr stantsiyalar va podstantsiyalarning elektr qurilmalarida III guruhga ega bo`lgan bir xizmatchiga quyidagi ishlarni farmoyish bo`yicha bajarishga ruxsat beriladi: OTQ xududini obodonlashtirish, o`tlarni o`rish, yo`llar va yo`lakchalardagi qorlarni kurash; TQ kameralaridan tashqarida, 2,5 m dan ortiq bo`lmagan balandlikda joylashgan simli radio va telefon aloqa qurilmalariga xizmat ko`rsatish va ta`mirlash; uskunalarning qoplamalaridagi va TQ kamerasidan tashqarida joylashgan to`siqlardagi yozuvlarni qayta tiklash; transformatorlar, generatorlar va boshqa uskunalarning quritilishini kuzatish; moyni tozalashda va quritishda moy tozalovchi va boshqa yordamchi apparaturalarga xizmat ko`rsatish; elektr dvigatellaridagi, transformatorlarning ventilyatorlaridagi va moy nasoslarining, hamda kompressorlarning mexanik qismlaridagi ishlar; havo tozalash filtrlarini tekshirish va ulardagi sorbentlarni almashtirish. TQ dan tashqarida, 2,5 m dan ortiq bo`lmagan balandlikda joylashgan yoritgichlarni tozalashni va ulardagi lampalarni almashtirishni II guruhga ega bo`lgan bir xizmatchi farmoyish bo`yicha bajarishi mumkin. TQ da, kameralardan tashqarida 2,5 m gacha balandlikda joylashgan yoritgich apparatlarini ta`mirlash va ularga xizmat ko`rsatishni farmoyish bo`yicha III guruhga ega xizmatchi bir o`zi bajarishi mumkin. Tok o`tkazuvchi qismlari to`silgan 1000 V dan yuqori kuchlanishli elektr qurilmalar joylashgan xonalarni, shuningdek boshqaruv va rele shchitlari joylashgan xonalarni tozalashni farmoyish bo`yicha II guruhga ega bo`lgan bir xizmatchi bajarishi mumkin. OTQ ni tozalashni, farmoyish bo`yicha III guruhga ega bo`lgan xizmatchi bir o`zi bajarishi mumkin. Download 1.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling