§ 12. HL da ishlarni bajarishda tashkiliy chora-tadbirlar
I. Ish raxbarini tayinlash
1000 V dan yuqori bo`lgan HL da quyidagi ishlarni bajarishda ish raxbari tayinlanishi shart:
HL ning muxofaza zonasida yuk ko`tarish mashinalari va mexanizmlaridan foydalanib ishlar bajarilganda;
barcha turdagi tayanchlarni o`rnatish va demontaj qilish bo`yicha ishlarda;
boshqa HL va transport magistrallari bilan kesishgan joylardagi ishlarda;
yangidan qurilgan HL ni ulash bo`yicha ishlarda;
simlar va troslarni ulash sxemalarini o`zgartirish bo`yicha ishlarda;
ko`p zaijirli HL ning o`chirilgan zanjirida, agar uning bir zanjiri ikkinchisi bilan ustma-ust joylashgan bo`lsa, yoki zanjirlar soni ikkitadan ko`p bo`lgan va ularning biri yoki barcha qolganlari kuchlanish ostida bo`lsa;
ilashgan kuchlanish ostidagi ishlarda;
odamni yerdan izolyatsiya qilish bilan tok o`tkazuvchi qismlarda kuchlanish ostida bajariladigan ishlarda.
Naryad beruvchiga yuqorida qayd qilingan ishlardan tashqari, boshqa ishlarda ham ish raxbarini tayinlashga ruxsat beriladi.
II. Farmoyish bo`yicha ishlarni bajarish
HL ning tok o`tmaydigan qismlarida, kuchlanishni olmasdan turib, quyidagi ishlarni farmoyish bo`yicha bajarish mumkin:
yer satxidan odam oyog`igacha hisoblaganda, 3 m gacha ko`tarilib, bajariladigai ishlar;
tayanchlarning konstruktiv qismlarini buzmasdan bajariladigai ishlar;
tayanchlar ustunini 0,5 m gacha chuqurlikda qazish ishlari;
kesilgan daraxtlar simga aganab tushmasligiga, shox-shabbalar kesilganda odamlarni simlarga yaqin kelib kolmasligiga va ular simlar ustiga tushmasligiga qarshi kuriladigan choralar talab qilinmaydigan HL trassalarini daraxtlar va shox-shabbalardan tozalash bo`yicha ishlar.
II guruhga ega bo`lgan bir xizmatchiga HL da farmoyish bo`yicha quyidagi ishlarni bajarishga ijozat beriladi:
ob-havo yaxshi bo`lganda va yo`l sharoitlari qulay joylardagi HL ni ko`rib chiqish;
tayanchlardagi doimiy belgilarni tiklash;
burchak o`lchash asboblari yordamida gabaritlarni o`lchash;
tayanchlar atrofidagi maydonchalarni yong`inga qarshi tozalash;
tayanchlardagi bandajlarni buyash.
III. Ko`p zanjirli HL da, HL ning kesishgan joylarida,
Do'stlaringiz bilan baham: |