Elektr qurilmalarni ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi
Download 1.18 Mb.
|
ELEKTR QURILMALARNI EKSPLUATATSIYA QILISHDA XAVFSIZLIK TEXNIKASI QOIDALARI
§. Texnik tadbirlar. O`chirishlar
Ishlashda ish joyini tayyorlash uchun kuchlanishni olish talab qilinsa, ko`rsatilgan tartibda quyidagi texnik tadbirlar bajarilishi shart: zarur bo`lgan o`chirilishlar amalga oshirilishi va kommutatsion apparatlarning o`z-o`zidan yoki yanglishib ulanishiga to`sqinlik qiluvchi choralar ko`rilishi; kommutatsion apparatlarning qo`l bilan boshqariladigan yuritmalariga va masofadan boshqariladigan kalitlariga taqiqlovchi plakatlar osilishi; odamlarni elektr toki bilan jaroxatlanishdan saqlash uchun yerga ulanishi zarur bo`lgan tok o`tkazuvchi qismlarda kuchlanish yo`qligi tekshirilishi; yerga ulagichlar o`rnatilishi (yerga ulagich pichoqlarini ulash, ko`chma yerga ulagichlarni o`rnatish); zarur bo`lganda, ish joylarini yoki kuchlanish ostida qolgan boshqa tok o`tkazuvchi qismlarni to`sish va to`siqlarga xavfsizlik plakatlar osilishi. Maxalliy sharoitlarga qarab, o`chirilgan tok o`tkazuvchi.qismlar yerga ulanishdan oldin yoki keyin to`siqlar bilan ajratiladi. Tok o`tkazuvchi qismlarda ishlashda, kuchlanishni olish talab qilinsa, quyidagilar o`chirilishi shart: ish bajarilishi kerak bo`lgan tok o`tkazuvchi qismlar; odamlar, yuk ko`tarish mashinalari va mexanizmlarni mazkur Qoidalarning 2-ilovasida qayd qilinganidan kam masofaga yaqinlashishlari mumkin bo`lgan, to`silmagan tok o`tkazuvchi qismlar. O`chirilgan HL da ishlashda, ushbu HL ning ayrim elementlari kuchlanish ostida bo`lgan boshqa HL ning tok o`tkazuvchi qismlariga mazkur Qoidalarning 2-ilovasi jadvalining uchinchi ustunida qayd qilingan masofadan kam masofagacha yaqinlashish imkoniyati bo`lsa, bu liniya ham o`chirilishi shart. Ta`mirlanayotgan HL bilan birga osilgan AHL ham o`chirilishi shart. 1000 V dan yuqori kuchlanishli elektr qurilmalarda, kommutatsion apparatlardan ish joyiga kuchlanish berilishi mumkin bo`lgan xar tomondan ko`rinadigan uzilishlar hosil qilinishi shart. Ko`rinadigan uzilishlar shinalar va simlarni uzish yoki ajratish, ajratgichlarni o`chirish, saqlagichlarni olib qo`yish, shuningdek bo`lgichlar va yuklama o`chirgichlari orqali bajariladi, apparatlarning o`zlarida o`rnatilgan prujina ta`sirida avtomatik tarzda ulanadiganlar bundan mustasno. Elektr qurilmaning ishlash uchun ajratilgan uchastkasi bilan bog`liq kuchlanish transformatlari va kuch transformatorlari, ulardagi teskari transformatsiya imkoniyatini bartaraf qilish uchun, shuningdek 1000 V gacha kuchlanish tomonidan ham o`chirilishi shart. Ish joyini tayyorlashda qo`l bilan boshqariladigan ajratgichlar (bo`lgichlar) va yuklama o`chirgichlari o`chirilganidan so`ng, ularning o`chganligi ko`rilishi va shuntlovchi tutashtirgichlar yo`qligiga ishonch hosil qilinishi zarur. 1000 V dan yuqori kuchlanishli elektr qurilmalarda, kommutatsion apparatlarning o`z-o`zidan yoki yanglishib ulanishi oqibatida ish joyiga kuchlanish berib yubormaslikning oldini olish uchun quyidagi choralar qurilishi shart: ajratgichlar, bo`lgichlar, yuklama o`chirgichlarining qo`l yuritmalari o`chirilgan holatida mexanik qulf bilan berkitilishi. 10 kV elektr qurilmalardagi bir qutbli ajratgichlarni yanglishib ulab yuborilishini oldini olish uchun, ajratgich pichoqlariga maxsus dielektrik qalpoqlar kiydirishga ruxsat beriladi; izolyatsion tezkor shtangalar bilan boshqariladigan ajratgichlarning statsionar to`siqlari mexanik qulf bilan berkitilishi; masofadan boshqariladigan kommutatsion apparatlarning yuritmalarida kuch va boshqaruv zanjirlari o`chirilishi, havo bosimi ta`sirida ishlaydigan yuritmalarda esa, bundan tashqari kelayotgan havo yo`lidagi surilma qopqoq berkitilishi va mexanik qulf bilan qulflanishi va siqilgan havo chiqarib yuborilishi, bunda havo chiqaradigan bo`shatish klapanlari ochiq holda qoldirilishi shart; yuk ogirligi va prujina ta`sirida ishlaydigan yuritmalarda, ulaydigan yuk yoki ulaydigan prujinalar ishlamaydigan holatga o`tkazilishi shart. Tortib chiqariladigan aravachali KTQ ning kommutatsion apparatlari yanglishib ulab yuborishining oldini olish choralari mazkur Qoidalarning 243, 244-bandlariga muvofiq kurilgan bo`lishi shart. 1000 V gacha kuchlanishli elektr qurilmalarning ish bajariladigai tok o`tkazuvchi qismlarida, kuchlanish berilishi mumkin bo`lgan hamma tomondan qo`l yuritmasi bilan jihozlangan kommutatsion apparatlar o`chirilishi, sxemalarda saqlagichlar bo`lganda esa - ular olib qo`yilishi shart. Sxemada saqlagichlar bo`lmagan kommutatsion apparatlarni yanglishib ulab yuborilishini oldini olish, shkaf eshiklari va tutqichlarini qulflash, tugmachalarni berkitish, kommutatsion apparatlarning kontaktlari orasiga izolyatsion qoplagichlar o`rnatish kabi choralar bilan ta`minlanishi shart. Masofadan boshqariladigan kommutatsion apparatlar bilan kuchlanish olinganda, uni ulaydigan g`altak uzib qo`yilishi shart. YUqorida ko`rsatilgan choralarni, agar apparatlarning konstruktiv tuzilishi va ishning xarakteri yo`l qo`yadigan bo`lsa, ish bajariladigan uskunalarga yoki kommutatsion apparatlarga ulangan shinalarni bo`shatib ajratish yoki kabellarni, simlarni ajratish bilan almashtirilishi mumkin. Ish joyini tayyorlashda shinalarni bo`shatib ajratishni, kabellar va simlarni ajratishni navbatchi yoki tezkor-ta`mirlash xodimlari kuzatuvi ostida III guruhga ega bo`lgan ta`mirlash xodimi bajarishi mumkin. Ish joyiga yaqin va unga tegib ketish extimoli bo`lgan tok o`tkazuvchi qismlardan kuchlanish olinishi yoki ular to`siqlar bilan tusib qo`yilishi shart. 1000 V gacha kuchlanishli, kontaktlari ko`rinmaydigan kommutatsion apparatlarni (tortib chiqarilmaydigan avtomatlar, paketli o`chirgichlar, yopiq holda ishlangan rubilniklar va xokazolar) o`chirilgan holatini apparatlardan chiqqan qisqichlarda yoki ushbu apparatlar orqali ulanadigan chiquvchi shinalarda, simlarda, yoki uskunaning qisqichlarida kuchlanish yo`qligini tekshirish yo`li bilan aniqlanadi. 2- Download 1.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling