Elektr qurilmalarni ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi
§. Kabellar va muftalarni osish va maxkamlash
Download 1.18 Mb.
|
ELEKTR QURILMALARNI EKSPLUATATSIYA QILISHDA XAVFSIZLIK TEXNIKASI QOIDALARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3- §. Muftalarni ochish, kabelni kesish
§. Kabellar va muftalarni osish va maxkamlash
Ochiq muftalar transheya orqali oshirib tashlangan bruslarga sim yoki tros yordamida osib taxtaga maxkamlanishi va quti ichiga joylashtirilishi shart. Qutining bir devori olib qo`yiladigan va mixsiz maxkamlanadigan bo`lishi shart. Qazib ochilgan kabellarni yopuvchi kutilar ustiga ogoxlantiruvchi plakatlar yoki xavfsizlik belgilari osilishi shart. Kabellarni osish uchun qo`shni kabellardan, quvurlardan va sh.o`. foydalanish man qilinadi. Kabellarning joyidan siljitmasdan osish kerak. 3-§. Muftalarni ochish, kabelni kesish Muftalarni ochishdan yoki kabelni kesishdan oldin, ta`mirlanishi kerak bo`lgan kabelda ish olib borilishiga, ushbu kabel o`chirilganligiga va unda ishga qo`yish uchun zarur texnik tadbirlar bajarilganligiga ishonch hosil qilish kerak. Ta`mirlanishi kerak bo`lgan kabelni ish joyida quyidagilarga qarab aniqlash kerak: kabelni tunnelda, kollektorda, kanalda va boshqa kabel inshootlarida yoki binolar devorlari bo`ylab yotqizishda - kuzatish orqali, sxemalar va chizmalar bo`yicha kabellarning joylashishini solishtirish, yorliqlar bo`yicha tekshirish bilan; kabelni yerda yotqizishda - uning joylashishini yotqizish sxemalarida ko`rsatilgan holatlari bilan solishtirib aniqlanadi. Buning uchun oldindan hamma kabellarni ko`rish imkonini beradigan kabellar dastasiga ko`ndalang qilib nazorat zovuri (shurfi) kazilishi shart. Kabelning shikastlangan joyi ko`rinmaydigan barcha hollarda yasama ramkasi bo`lgan kabel kidiruvchi apparatni qo`llash kerak. Kabelni kesishdan yoki ulovchi muftani ochishdan oldin maxsus moslama yordamida kuchlanish yo`qligini tekshirish shart. Tunnellar, kollektorlar, quduqlar va boshqa kabel inshootlarida moslamani qo`llashga, uni masofadan boshqarish imkoni bo`lganda ruxsat beriladi. Moslama kabelning zirxi va qobig`ini, kabel tolalarigacha, ularni bir-biriga qisqa tutashtirilgan va yerga ulangan holda teshish yoki kesishni ta`minlashi shart. Kabel teshuvchi moslamani yerga ulash uchun kamida 0,5 m chuqurlikda yerga ko`milgan yerga ulagichdan yoki kabel zirxidan foydalanish mumkin. Yerga ulaydigan simni kabel zirxiga xomut yordamida ulash kerak, xomut ostidagi zirx tozalangan bo`lishi shart. Agar kabel zirxi korroziyaga uchragan bo`lsa, u holda yerga ulaydigan simni kabelning metall kobig`iga ulashga ruxsat beriladi. Kabel shikastlanishi natijasida hamma tok o`tkazuvchi tolalari ochilib qolgan bo`lsa, unda kuchlanish yo`qligini kabelni teshmasdan, kuchlanishni ko`rsatgichi yordamida tekshirish mumkin. Izolyatsiyalovchi shtangaga o`rnatilgan igna va kesuvchi uchlikdan foydalanilganda, maxsus himoya ekrani qo`llanishi zarur. Kabelni teshayotganda dielektrik qo`lqoplar va himoya ko`zoynaklarini kiyish kerak, bunda zovur tepasida izolyatsiyalovchi asos ustida, teshilayotgan kabeldan iloji boricha uzoqda turish lozim. Kabelni teshish ishlarini ikki xizmatchi bajarishi kerak: ishga qo`yuvchi va ish bajaruvchi; ulardan biri bevosita kabelni teshadi, ikkinchisi esa kuzatib turadi. Elektr stantsiya va podstantsiyalarning ichki kabel liniyalarida kabellarning uzunligi va joylashish tartibi, chizmalar, yorliqlar, kabel qidiruvchi apparatlar yordamida ta`mirlanishi kerak bo`lgan kabelni aniq topish imkonini bersa, naryad beruvchining qaroriga qarab kesishni yoki shikastlangan muftani ochishni kabelni teshmasdan bajarishga ruxsat etiladi. Oldindan teshmasdan turib bajariladigai kabel muftalarini ochish va kesish ishlarini dielektrik qo`lqoplar va himoya kuzoynagini kiygan holda, izolyatsiyalovchi asosda turib, yerga ulangan asbob yordamida bajarish zarur. Oldindan teshilgan kabeldagi o`sha operatsiyalar, sanab o`tilgan qo`shimcha xavfsizlik choralarisiz bajarilishi mumkin. 4- Download 1.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling