§. Muftalarga qo`yiladigan tarkiblar bilan ishlash
Muftalarga qo`yiladigan tarkiblar qopqog`i va jumragi bo`lgan maxsus metall idishda isitilishi zarur. Ochilmagan bankadagi tarkiblarni isitish man etiladi.
Muftalarga qo`yiladigan qaynoq tarkiblar va kavshar bilan ishlaganda brezent qo`lqoplardan va himoya ko`zoynaklaridan foydalanish zarur.
Kiyimning engi qo`lqop ustiga chiqarilib, bilak oldida boylangan bo`lishi shart yoki tirsakkacha uzunlikdagi qo`lqopdan foydalanish shart. Qaynoq tarkibli va kavsharli idishni qo`ldan- qo`lga uzatish man qilinadi. Ularni uzatishda yerga yoki mustaxkam
taglikka qo`yish zarur.
Muftalarga qo`yiladigan eritnlgan tarkib va kavsharni oldindan qizdirilgan metall tayoqcha yoki qoshiq yordamida aralashtirish zarur. Qizigan tarkiblarga va kavshar ichiga suv tushishiga yo`l qo`yib bo`lmaydi.
Yilning sovuq vaqtlarida muftalarga qaynoq tarkiblarni qo`yishdan oldin, ularni isitish shart.
5-§. Kabellarni yotqizish va qayta yotqizish, muftalarni ko`chirish
Barabanni kabeli bilan dumalatganda, uning turtib chiqqan qismlari ishlayotganlarning kiyimlarini tortib ketishiga qarshi choralarnn ko`rish zarur.
Barabanni kabeli bilan faqat gorizontal tekislik bo`yicha tormozlash moslamasi bo`lganda, qattiq yerda, yoki mustaxkam to`shama bo`ylab dumalatishga ruxsat etiladi. Kabellarni, bo`sh barabanlarni, mexanizmlarni, moslamalarni va asboblarni tuproqiing o`pirilish prizmasidan tashqarida va zovur chetidan 1 m dan kam bo`lmagan masofaga joylashtirish kerak.
Kabelni qo`lda yotqizishda, umumiy ishchilar soni shunday bo`lishi kerakki, xar biriga erkaklar uchun kabel massasi 35 kg dan, ayollar uchun 15 kg dan ko`p bo`lmagan qismi to`g`ri kelishi kerak. Ishlar brezent qo`lqoplarda bajarilishi zarur.
Kabelni yotqizishda burilish burchaklari ichida turish va burchaklarda kabelni qo`lda ushlab turish man qilinadi. Bunday maqsad uchun burchak roliklari o`rnatilishi shart.
Kabellarni elektr toki bilan istitish uchun 380 V dan yuqori kuchlanishli transformatorlardan foydalanish man qilinadi.
Kabellarni qaytadan yotqizish va muftalarni ko`chirish, kabel liniyasi o`chirilganidan keyin bajarilishi zarur.
Zarur bo`lganda kuchlanish ostida bo`lgan kabellarni qaytadan yotqizishga, quyidagi shartlar bajarilgandan keyin ruxsat etiladi:
qaytadan yotqiziladigan kabelning xarorati 5 °S dan kam bo`lmasligi;
qaytadan yotqiziladigan kabel qismidagi muftalar yog`och taxtalarga xomutlar yordamida kattik maxkamlangan bo`lishi;
ishlash uchun dielektrik qo`lqoplardan foydalanish, ularning ustidan mexanik shikastlanishdan ximoyalash uchun brezent qo`lqoplar kiyilgan bo`lishi shart;
ishlar kabellarni yotqizish tajribasiga ega bo`lgan ishchilar tomonidan, V guruhga ega bo`lgan xodim nazoratida bajarilishi shart.
6-
Do'stlaringiz bilan baham: |