Elektr qurilmalarni ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi


§. Yer osti inshootlaridagi ishlar


Download 1.18 Mb.
bet36/55
Sana22.11.2023
Hajmi1.18 Mb.
#1793984
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   55
Bog'liq
ELEKTR QURILMALARNI EKSPLUATATSIYA QILISHDA XAVFSIZLIK TEXNIKASI QOIDALARI

§. Yer osti inshootlaridagi ishlar

  1. Gaz xavfli inshootlarga tegishli bo`lmagan yer osti inshootlarini ko`zdan kechirish va ularda tozalash, kabellarni buyash, qurilish, ta`mirlash bo`yicha va sh.o`. ishlarni kamida ikkita ishchi bajarishi shart. Elektr stantsiya va podstantsiyalardagi yer osti kollektorlar va tunnellarni III guruhga ega bir xizmatchi ko`zdan kechirishi mumkin.

    1. Zararli gazlar paydo bo`lish extimoli bor yer osti inshootlaridagi ishlar naryad bo`yicha kamida 3 ishchi ishtirokida bajarilishi, ulardan ikkitasi - xavfsizlik extiyot choralarini ko`ruvchilar bo`lishi shart. Ish bajaruvchi IV guruhga ega bo`lishi shart.

    2. Xar bir tsexda (tumanda, uchastkada) gaz xavfli yer osti inshootlarining ro`yxati bo`lishi va ushbu ro`yxat bilan xizmat ko`rsatuvchi xodimlar tanishtirilishi shart.

Gaz xavfli barcha yer osti inshootlari sxemada belgilangan bo`lishi shart.

    1. Yer osti inshootlarida ishlarni boshlashdan oldin va bajarish jarayonida tabiiy yoki majburiy ventilyatsiya ta`minlanishi shart.

Tabiiy ventilyatsiya kamida ikkita lyuklarini ochib, ular oldiga shamol oqimini yunaltiruvchi maxsus soyabonlarni o`rnatish orqali amalga oshiriladi.
Majburiy ventilyatsiya 10-15 minut davomida ventilyator yoki kompressor orqali inshoot tubidan 0,25 m balandlikka tushirilgan yug`on shlang yordamida yer osti inshootlaridagi havo to`la almashguncha amalga oshiriladi.
Ventilyatsiya uchun siqilgan gaz ballonlaridan foydalanish man qilinadi.

    1. Yer osti inshootlari ichidagi havoda zararli gazlar mavjudlik darajasini tekshirmasdan turib, u yerda ish boshlash man qilinadi. Tekshirishni havodagi xavfli gazlar borligini tekshiruvchi asbobni ishlatishga o`rgatilgan maxsus xodimlar amalga oshirishi shart. Ushbu xodimlar ro`yxati korxona raxbariyati ko`rsatmasi bilan tasdiqlanadi.

Zararli gazlar bor-yo`qligini ochiq olov bilan tekshirish man etiladi.

  1. Oqim tortuvchi ventilyatsiya bilan jihozlangan kollektorlar va tunnellarda ish boshlashdan oldin, ushbu ventilyatsiya maxalliy sharoitlarga qarab, ma`lum muddatga ishlatilishi shart. Bunda gaz yo`qligini tekshirmaslik mumkin.

  2. Kollektorlar va tunnellar ichida ishlaganda, xizmatchilar hamma vaqt ochiq turishi kerak bo`lgan ikki lyuk yoki eshik o`rtasida bo`lishlari shart. Ochiq lyuk oldida to`siq o`rnatilgan yoki ogoxlantiruvchi belgi qo`yilgan bo`lishi shart.

  3. Quduqlarni ochayotganda uchqun chiqarmaydigan asboblardan foydalanish va quduq qopqoqlarini lyuk chetlariga urilib ketmaslik choralarini ko`rish zarur.

Ochilgan quduqlar atrofiga to`siq qilinishi yoki ogoxlantiruvchi belgi qo`yilishi shart.

  1. III guruhga ega bir xodimga xavfsizlik extiyot chorasi arqoni bo`lgan himoya kamarini qo`llab quduq ichida bo`lishiga va ishlashiga ruxsat beriladi. Himoya kamari orqa tomonda kesishgan, kesishish joyida arqonni maxkamlash uchun halqa o`rnatilgan elka tasmalariga ega bo`lishi kerak. Arqonning boshqa uchini xavfsizlik extiyot choralarini ko`ruvchi ishchilardan biri ushlab turishi shart.

  2. Quduqlar ichida ishlaganda, ularda kavsharlash lampalarini yoqish, propan-butan ballonlarini o`rnatish muftalarga qo`yiladigan tarkiblarni va kavsharni qizdirish man qilinadi. Quduqka eritilgan kavsharni va kizdirilgan muftalarga qo`yiladigan tarkibni metall trosga karabin yordamida osilgan maxsus qopqoqli idishlarda tushirish kerak.

Olovli ishlarni bajarishda olovga chidamli, alanga tarqalishini cheklovchi to`siqlar qo`llanilishi va yong`in chiqishiga qarshi choralar qurilishi shart.

  1. Kabellar yotqizilgan kollektorlar,tunnellar, kabel yarim kavatlari va boshqa xonalarda propan-butandan foydalaniladigan ishlarni bajarishda xonada ishlatilayotgan ballonlarning umumiy xajmi 5 l dan oshmasligi shart.

Ishlar tamom bo`lgandan so`ng gazli ballonlar olib chiqilishi va xonalar esa shamollatilishi shart.

  1. Kabellarni kuydirish jarayonida quduqlarda turish man qilinadi, kollektorlar va tunnellarda esa faqat ikkita ochiq kirishlar orasida turish mumkin. Kabellarni kuydirish jarayonida, ularda ishlash man etiladi.

Kabellarni kuydirib bo`lgandan so`ng, yong`in chiqishini oldini olish maqsadida ularni ko`zdan kechirish zarur.

  1. Ishga qo`yishdan va tunnellarni ko`zdan kechirishdan avval, ulardagi yong`inga qarshi himoya qurilmalari avtomatik ish rejimidan masofadan boshqariladigan rejimga o`tkazilishi va boshqaruv kalitiga «Ulanmasin! Odamlar ishlamoqda” degan plakat osilgan bo`lishi shart.

  2. Quduqlar, kollektorlar va tunellarda, shuningdek ochiq lyuklar yaqinida chekish man qilinadi.

  3. Quduqlar, kollektorlar va tunellarda uzoq muddatli ishlarni bajarayotganda, ular ichida bo`lish vaqtini ishlarni bajarish sharoitlariga qarab, naryad beruvchi xodim belgilaydi.

  4. Quduqlar, kollektorlar va tunellarda gaz paydo bo`lgan hollarda, ish darxol to`xtatilishi va gaz chiqayotgan manba topilib, bartaraf qilingunga qadar, ishchilar xavfli joydan chiqarilishi shart.

Gazlarni chiqarib yuborish uchun majburiy ventilyatsiyadan foydalanish zarur.
XV bob. Elektr uzatish havo liniyalari
1-
Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling