Elektr qurilmalarni ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi


§. Ko`zdan kechirishlar va ko`rikdan o`tkazishlar


Download 1.18 Mb.
bet39/55
Sana22.11.2023
Hajmi1.18 Mb.
#1793984
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   55
Bog'liq
ELEKTR QURILMALARNI EKSPLUATATSIYA QILISHDA XAVFSIZLIK TEXNIKASI QOIDALARI

§. Ko`zdan kechirishlar va ko`rikdan o`tkazishlar

  1. HL ni yoki havo almashlab ulash punktlarini ko`rikdan o`tkazish jarayonida biror-bir ta`mirlash va tiklash ishlarini bajarish, shuningdek tayanchlarga va uning konstruktiv elementlariga ko`tarilish man etiladi. Tayanchga ko`tarilishga, HL ni yuqoriga chiqib ko`rikdan o`tkazishda, ruxsat etiladi.

  2. O`tish qiyin bo`lgan joylarda (botqoqlar, suv to`siqlari, tog`lar, o`rmonlar va sh.o`.) va obi-havo noqulay bo`lgan sharoitlarda (yomg`ir, qor bo`roni, kuchli sovuq va sh.o`.), shuningdek kunning qorong`i paytlarida HL ni ko`rikdan o`tkazish II guruhga ega bo`lgan ikki xodim tomonidan amalga oshirilishi shart. Qolgan paytlarda HL ni ko`rikdan o`tkazish II guruhga ega bo`lgan bir xodim tomonidan amalga oshirilishi mumkin.

Kunning qorong`i paytida HL ko`rikdan o`tkazishda simlar ostidan yurish man qilinadi.
HL ning shikastlanishlarini qidirayotganda ko`rikdan o`tkazuvchilarda o`zlari bilan ogoxlantiruvchi belgilar yoki plakatlar bo`lishi zarur.

  1. 1000 V dan yuqori kuchlanishli HL da yerda uzilib yotgan simga 8 m dan kam masofaga yaqinlashish man qilinadi. Bunday simga odamlar va xayvonlarning yaqinlashishini oldini olish uchun qo`riqlash tashkil etilishi, mumkin bo`lgan hollarda ogoxlantiruvchi belgilar yoki plakatlar qo`yilishi va ushbu xodisa to`g`risida elektr tarmoqlari korxonasiga xabar berilishi zarur.

  2. Agar temir-beton tayanchli 6-35 kV HL izolyatorlarining shikastlanganligi, simlarni tayanchga tegib turgani va boshqa sabablar natijasida yerga tok o`tayotganlik alomati sezilsa (ya`ni yerdan namning ko`tarilishi, tayanchda va tayanchning yerga tegib turgan joyida elektr yoyining paydo bo`lishi va boshqa belgilar), kuchlanish ostidagi tayanchga 8 m dan kam masofaga yaqinlashish man etiladi.

6-§. X-L ning yo`llar bilan kesishgan va yo`lga yaqinlashgan
uchastkalaridagi ishlar

  1. HL ning transport magistrallari (temir yo`llar, kema qatnovchi daryolar va kanallar) bilan kesishgan uchastkalarida ish olib borish uchun vaqtincha transport xarakatini to`xtatish yoki transport xarakati tufayli HL dagi ishlarni to`xtatib turish talab qilinsa, naryad beruvchi xodim ish joyiga transport magistrallari xarakati xizmati vaqilini chaqirishi shart. Transportlarni o`tkazib yuborish uchun xalaqit berayotgan simlar xavfsiz balandlikka ko`tarilishi shart.

  2. HL ning shosse va qishloqlararo yo`llar bilan kesishgan yoki bevosita yaqinlashgan uchastkalarida ishlar olib borilsa, transport xaydovchilarini ogoxlantirish yoki transport xarakatini to`xtatish uchun ish bajaruvchi belgilangan tartibda shosse va yo`lga signal beruvchilarni qo`yishi shart. Zarur bo`lganda Davlat Avtoinspektsiyasi vakili chakirilishi mumkin.

Signal beruvchilar HL bilan yo`lni kesishgan yoki yaqinlashgan joyidan har ikki tomonda 100 m uzoqlikda turishlari va ularda kunduzi qizil bayroqchalar, kechasi esa kizil fonarlar bo`lishi kerak.
7-
Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling