Elektr qurilmalarni ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi
§. Elektr o`lchov qisqichlari va o`lchov shtangalari bilan ishlash
Download 1.18 Mb.
|
ELEKTR QURILMALARNI EKSPLUATATSIYA QILISHDA XAVFSIZLIK TEXNIKASI QOIDALARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3-§. Lipiyada impulsli o`lchagich bilan ishlash
§. Elektr o`lchov qisqichlari va o`lchov shtangalari bilan ishlash
1000 V dan yuqori kuchlanishli elektr qurilmalarda elektr o`lchov qisqichlaridan foydalanib bajariladigai ish farmoyish bo`yicha ikki xodim tomonidan bajarilishi kerak, bunda xodimlarning biri IV guruhga, ikkinchisi esa SH guruhga ega bo`lishi shart. Ko`rsatkichlarni olish uchun asbobga egilib qarash man qilinadi. Ish dielektrik qo`lqoplar kiyib bajarilishi zarur. 1000 V gacha bo`lgan elektr qurilmalarda SH guruhga ega bo`lgan bir kishi dielektrik qo`lqoplardan foydalanmasdan, elektr o`lchov qisqichlari bilan ishlashi mumkin. HL ning tayanchida turib, elektr o`lchov ombirlari bilan ishlash man qilinadi. O`lchash shtangalari bilan ishlar kamida ikki xodim ishtirokida bajarilishi zarur, bunda xodimlarning biri –IV guruhga, qolganlari esa - III guruhga ega bo`lishlari shart. Tayanchlarning konstruktsiyalariga yoki teleskopik minoraga chiqish, shuningdek undan tushish shtangasiz amalga oshirilishi kerak. SHtanga bilan ish bajarayotganda dielektrik qo`lqoplardan foydalanish shart emas. 3-§. Lipiyada impulsli o`lchagich bilan ishlash Impulsli o`lchagichni faqat o`chirilgan va yerga ulangan HL ga ulashga ruxsat etiladi. Ulash quyidagi tartibda amalga oshirilishi zarur: ulovchi simni avval impulsli o`lchagichning yerga ulangan (himoya qurilmasidan kelayotgan) simiga, so`ng izolyatsiyalovchi shtangalar yordamida HL ning simiga ulash kerak. HL ga ulovchi simni ulagan shtangalar, o`lchash vaqtida liniya simida qoldirilishi shart. SHtangalar bilan ishlaganda, dielektrik qo`lqoplardan foydalanish zarur; impulsli o`lchagich qaerga ulangan bo`lsa, HL ning usha oxiridagi yerga ulagich olinishi kerak. Kerak bo`lganda, tekshirilayotgan HL ning boshqa tugallanishlariga o`rnatilgan yerga ulagichlarni olishga ruxsat etiladi. HL dan yerga ulagichlar olingandan so`ng ulovchi sim, himoya qurilmasi va unga kelgan sim kuchlanish ostida deb hisoblanishi kerak va ularga tegish man etiladi; impulsli o`lchash asbobiga kelgan simdan yerga ulagich olinishi. Impulsli o`lchagich simini izolyatsion shtanga yordamida HL ga ulashni IV guruhga ega bo`lgan navbatchi yoki navbatchi nazorati ostida laboratoriya xodimlari ichidan bo`lgan xizmatchi bajarishi shart. Impulsli o`lchagichni statsionar kommutatsion apparaturasi orqali HLning oldindan ulangan statsionar simiga ulashni va o`lchash ishlarini navbatchi xodimning bir o`zi yoki farmoyish bo`yicha IV guruhga ega bo`lgan laboratoriya xodimlaridan bo`lgan xizmatchi bajarishi mumkin. O`lchashlar tamom bo`lgandan so`ng HL yana yerga ulanishi, faqat shundan keyin izolyatsion shtangalar ulash simi bilan avval HL dan, keyin esa impulsli o`lchagich simidan olinadi. YUqori kuchlanishli impulsli generatori bo`lmagan impulsli o`lchagich bilan o`lchashlar, ishlayotgan brigadalarni HL dan chetlashtirmasdan olib borilishiga ruxsat etiladi. 4- Download 1.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling