Elektr qurilmalarni ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi


Download 1.18 Mb.
bet37/55
Sana22.11.2023
Hajmi1.18 Mb.
#1793984
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   55
Bog'liq
ELEKTR QURILMALARNI EKSPLUATATSIYA QILISHDA XAVFSIZLIK TEXNIKASI QOIDALARI

§. Tayanchlardagi ishlar

  1. HL ning simlarini va tayanchlarini demontaj qilish, shuningdek tayanch elementlarini almashtirish bo`yicha ishlar ish raxbari ishtirokida texnologik karta yoki ish bajarish loyixasi (IBL) asosida bajarilishi shart.

  2. Tayanchga chiqish va unda ishlashga faqat tayanchning etarlicha mustaxkam va chidamli ekanligiga ishonch hosil qilinganda ruxsat etiladi. Tayanchlarni mustaxkam turganiga shubxa tug`ilgan taqdirda, (tayanchlarni yerga mo`ljaldan kam chuqurlikda ko`milganligi, tuproqning yumshoq va maydaligi, yog`ochlarning chiriganligi, betondagi darzlar va xokazolar) ularni maxkamlash zaruriyatini va usullarini ish raxbari yoki ish bajaruvchi ish joyida aniqlaydi.

Tayanchlarni tortqilar yordamida maxkamlash ishlari tayanch ustiga chiqmasdan turib, ya`ni teleskopik minora yoki boshqa odamlarni ko`tarishga mo`ljallangan mexanizmlarni bevosita tayanch yoniga o`rnatib, yoki bu ishlarni tayanchlarga ko`tarilmasdan o`rnatiladigan maxsus mustaxkamlash qurilmalaridan foydalanib amalga oshirilishi kerak.
Tayanch mustaxkamlangandan keyingina, unga ko`tarilishga ruxsat etiladi.

  1. Simlari va troslari bir tomonlama tortishga mo`ljallanmagan tayanchlar vaqtincha shunday tortilishi kerak bo`lganda, ular ag`darilib tushmasligi uchun oldindan maxkamlangan bo`lishi shart.

Tayanchlarni oldindan maxkamlamasdan turib, ularga osilgan simlarni butunligini uzish va oraliq tayanchlardagi sim bog`lamlarini bo`shatish man qilinadi.

  1. Tayanchga chiqishga quyidagi brigada a`zolariga ruxsat etiladi:

  • guruhga ega bo`lsa - tayanchning yuqorisigacha barcha turdagi ishlarni bajarish uchun;

  • II guruhga ega bo`lsa - o`chirilgan HL ning tayanchlarida yuqorisigacha chiqib bajariladigai ishlarga, o`chirilmagan HL ning tok o`tkazmaydigan qismida esa tayanchdagi pastki simdan ishlayotganning boshigacha bo`lgan masofa 2 m qolguncha bajariladigai ishlarga. Tayanchlarni buyash bo`yicha ishlar bundan mustasno (mazkur Qoidalarning 328- bandi);

  • guruhga ega bo`lsa - yer satxidan 3 m gacha (ishlayotganning oyog`igacha) bo`lgan balandlikdagi barcha turdagi ishlarga.

Balandlikda bajariladigai ayrim turdagi ishlar, ushbu ishlarni bajarish uchun mazkur Qoidalarda belgilangan elektr xavfsizligi guruhiga ega bo`lgan xodimlar tomonidan bajarilishi shart.

  1. YOg`och va temir-beton tayanchlarga ko`tarilishda himoya kamarining arqoni (zanjiri) yog`och tayanch orqasidan aylantirib o`tkazilishi, temir-beton ustunlarda esa tayanch orqasidan aylantirib o`tkazilishi yoki lazga maxkamlanishi kerak.

SHtirli izolyatorli burchak tayanchlarga ichki burchak tomondan chiqish va ishlash man qilinadi.
Tayanchlarda ishlaganda himoya kamaridan foydalanib, hamda qo`llanilayotgan ikkala tirnoqga (lazga) tayanib ishlash shart.
Tayanchning asosiy tik turgan qismida ishlaganda shunday joylashish kerakki, bunda kuchlanish ostida bo`lgan eng yaqin turgan simlar ko`rinadigan bo`lishi zarur.

  1. Tayanchning detallarini almashtirish jarayonida, uning qo`lashi yoki qo`zg`alishini oldi olinishi shart.

  2. P va AP turdagi bir va ikki tirgakli tayanchlar tirgaklarini almashtirishda bir yo`la tayanchning ikkala ustunini qazish man qilinadi. Avval bir tayanchning ustunidagi tirgak almashtirilishi, bandaj bilan maxkamlanishi va yer shibbalab bosilishi kerak va undan keyin ikkinchi ustundagi tirgaklarni almashtirishga kirishish mumkin. Ikki tirgakli tayanchlar navbatma - navbat almashtirilishi kerak.

Tirgaklarni chiqarish va tushirish jarayonida kotlovanda bo`lish man qilinadi.

  1. . Tayanchni yiqitish va o`rnatish usullarini, uni qiyshayib ketishini oldini olish zarurligini va mustaxkamlash usullarini ish raxbari, agar u tayinlanmagan bo`lsa, naryad beruvchi belgilaydi.

  2. Ilgakli tortqi ishlatilgan taqdirda, ilgaklar albatta himoya qulflari bilan ta`minlanishi shart.

  3. Izolyatsiyalovchi osmalarda ishlashda, ushlab turuvchi bir va ko`p zanjirli (izolyatorlarning ikki va undan ortiq shodalari bilan) va ko`p zanjirli tortib turuvchi osmalar bo`ylab xarakat qilishga ruxsat beriladi.

Bir zanjirli tortib turuvchi izolyatsiyalovchi osmada maxsus moslamalar ishlatib yoki uning ustiga yotib, hamda tana muvozanatini saqlash uchun oyoqlarni traversga ilashib ishlash mumkin.

  1. Ushlab turuvchi izolyatsiyalovchi osmada ishlash jarayonida himoya kamarining arqoni (zanjiri) traversga maxkamlanishi shart. Agar himoya kamarining osma arqoni kaltalik qilsa, kamarga maxkamlangan ikkita xavfsizlik extiyotlovchi arqondan foydalanish zarur. Arqonning biri traversga maxkam bog`lanadi, ikkinchisini esa oldindan travers orqali o`tkazib, xavfsizlik extiyot chorasini ko`ruvchi brigada a`zosi ushlab, kerak paytda qismlab bo`shatib turadi.

  2. Tortib turuvchi izolyatsiyalovchi osmalarda ishlaganda himoya kamarining arqoni traversga yoki ushbu maqsadga mo`ljallangan moslamaga maxkamlanishi shart.

  3. Ushlab va tortib turuvchi ko`p zanjirli izolyatsiyalovchi osmalarda himoya kamarining arqonini izolyatorlarning ish olib borilmayotgan shodalarning biriga maxkamlashga ijozat beriladi. Himoya kamarining arqonini ish bajarilayotgan shodaga maxkamlash man qilinadi.

  4. Izolyatsiyalovchi osmalarni ajralib ketishiga olib keladigan nosozliklar aniqlansa, ish to`xtatilishi shart.

  5. Simlar va troslarni traversga ko`tarish (yoki tushirish), shuningdek ularni tortish jarayonida ushbu traverslarda yoki travers ostidagi ustunlarda turish man qilinadi.

YUk ko`tarish sxemasini tanlashda va ko`tarish bloklarini o`rnatishda, shuni hisobga olish kerakki, bunda tayanchga shikast etkazadigan kuch paydo bo`lmasin.

  1. Tayanchga, uning ustki qismigacha ko`tarilib buyash ishlarini guruhga ega bo`lgan brigada a`zolari bajarishlari mumkin. Tayanch buyalganda buyoqni simlarga va izolyatorlarga tegmaslik choralarini ko`rish zarur (masalan, tagliklarni ishlatish).

2-
Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling