Elektr qurilmalarni ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi
§. Navbatchisiz ko`chaytirgich punktlari apparaturasi
Download 1.18 Mb.
|
ELEKTR QURILMALARNI EKSPLUATATSIYA QILISHDA XAVFSIZLIK TEXNIKASI QOIDALARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4- §. Aloqa havo liniyalari
§. Navbatchisiz ko`chaytirgich punktlari apparaturasi
NKP dagi barcha ishlarni ish bajaruvchi - IV guruhga, brigada a`zosi esa -III guruhga ega bo`lgan brigada bajarishi shart. Doimiy ventilyatsiyaga ega bo`lmagan NKP ning kameralari ishlarni boshlashdan oldin va ishlash davomida shamollatilishi zarur. Ish jarayonida kamera eshigi hamma vaqt ochiq holda bo`lishi shart. Ventilyatsiya bilan jihozlangan NKP da ventilyatsiya kanallari ish jarayonida ochiq holda bo`lishi shart. Masofadan ta`minlash apparaturasini sinashdan oldin barcha NKP va ularni ta`minlovchi XKKP orasida telefon aloqasi ta`minlanishi shart. Apparaturadan ayrim platalarni echish, ish raxbarining ruxsati bilan, masofadan ta`minlash kuchlanishi olingandan keyin amalga oshirilishi zarur. Kuchlanish ostida bo`lgan apparaturani ta`mirlash man etiladi. 4-§. Aloqa havo liniyalari Elektrlashtirilgan temir yo`l, tramvay va trolleybuslarni kontakt elektr tarmoqlari bilan kesishgan 102 joylardagi AHL ning simlarini ta`mirlash va o`tkazish ishlari IBL ga asosan, kontakt elektr tarmoqlarining distantsiya (rayon) vakili ishtirokida, ushbu tarmoq o`chirilib, yerga ulagandan keyin bajarilishi shart. Axoli yashaydigan joylarning ko`chalarida havo elektr uzatish liniyalari ustidan simlarni tortish jarayonida, o`tib borayotgan axoli va transportni ogoxlantirib turish uchun qo`lida bayroqchasi bo`lgan signal beruvchilar qo`yilishi shart. Elektr uzatish liniyasi ostidan kesib utayotgan aloqa simlarini tortish va sozlash jarayonida ushbu Qoidaning 35, 343-bandlari talablariga rioya qilinishi shart. Ish boshlashdan oldin AHL ning simlarida (simlar bilan yer urtasida) 42 V dan yuqori bo`lgan kuchlanish yo`qligini tekshirish kerak. AHL ning simlarida 42 V dan yuqori kuchlanish borligi aniqlansa, kuchlanishning paydo bo`lish sabablari topilmaguncha va uni 42 V gacha pasaytirish choralari qurilmaguncha ish boshlash man etiladi. Ilashgan kuchlanish ostida bo`lgan AHL da ish bajarish jarayonida mazkur Qoidalarning ilashgan kuchlanish ostida bo`lgan HL larida ishlashga taalluqli XV bobning 3- § talablariga rioya qilinishi shart. Ilashgan kuchlanish ostida bo`lgan AHL lari simlarini yerga ulash, drenaj g`altakchasi orqali, ko`chma yerga ulagichni o`rnatishda ishlatiladigan shtanga yordamida bajarilishi kerak. Ilashgan kuchlanish ostida bo`lgan AHL lariga tortilayotgan va montaj qilinayotgan simlar oraliq boshida va bevosita ish joyida yerga ulanishi shart. Yerda yotgan sim, liniya simlariga va keyingi uchastkalar uchun yoyilgan simlarga tegmasligi shart. Uchastkadagi simning solqiligini sozlash va uni maxkamlash ishlarini, ushbu simni oldingi uchastka simlariga ulashdan oldin bajarilishi kerak. Ayrim uchastkalarning simlarini bir-biriga ulashdan oldin, ulash joyining xar ikki tomonidan simlar yerga ulanishi shart. 5- Download 1.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling