Elektr qurilmalarni ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi
§. Brigadalar bilan vaqtinchalik yuqori chastotali aloqa
Download 1.18 Mb.
|
ELEKTR QURILMALARNI EKSPLUATATSIYA QILISHDA XAVFSIZLIK TEXNIKASI QOIDALARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 8-§. DTBV ning apparat xonalari
- XIX bob. Issiqlik avtomatikasi, issiqlik texnikasi o`lchovlari va
§. Brigadalar bilan vaqtinchalik yuqori chastotali aloqa
Ko`chma (olib yuriladigan) yuqori chastotali aloqa postlarini montaj va demontaj qilish ikki kishidan kam bo`lmagan brigada a`zolari tomonidan amalga oshiriladi, ulardan biri IV guruhga, boshqasi esa III guruhga ega bo`lishi shart. Antenna 110 kV kuchlanishgacha bo`lgandagi pastki simlardan kamida 3 m masofada, 154 va 220 kV kuchlanishli HL larida pastki simlardan esa kamida 4 m masofada maxkamlanishi shart. Antennaning solqiligi HL simlarining solqiligidan ortiq bo`lishi shart. Antennani osishdan oldin post bilan birgalikda antenna g`altagi 1-1,5 m balandlikda tayanchga maxkamlanishi va yerga ulanishi shart. Antennaning postga kiradigan uchi post ichidagi drossel orqali va drossel bilan parallel ulangan yerga ulagich pichog`i orqali yerga ulanadi. Drosselga 1 kV kuchlanishli razryadlagich parallel ulanishi shart. Antennani silkitmasdan, extiyotkorlik bilan tortish zarur. 468. Antennani ko`tarish va tushirish jarayonida ikki tayanch oralig`i o`rtasida trassadan chetda turib, bir xodim antenna simini kuchlanish ostidagi HL simiga mazkur Qoidalarining 466-bandida ko`rsatilgan masofadan kam masofaga yaqinlashmasligini nazorat qilib turishi zarur. Antennaning simi ostida turish man qilinadi. Antennani tushirishdan avval, uni yerga ulaydigan pichoq yoki ko`chma yerga ulagich yordamida yerga ulash zarur. 8-§. DTBV ning apparat xonalari Apparat xonalariga o`rnatilgan aloqa uskunalarida ishlash, shuningdek elektr stantsiyalar va podstantsiyalarning elektr qurilmalarida telefon aloqasi, radiotranslyatsiya va xokazo apparaturalarini ta`mirlash, ulash va uzish ishlari III guruhga ega bo`lgan bir xodim tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Aloqa havo va kabel liniyalarining kirish va kirish-sinash ustunlari, masofadan ta`minlash ustunlari, kuchlanishni avtomatik boshqarish ustunlari, tokni taqsimlash ustunlari oldidagi polda rezinali dielektrik gilamcha yoki izolyatsiyalovchi tagliklar bo`lishi shart. Masofadan ta`minlashdan kuchlanish kelayotgan uskunalarning g`iloflariga, ular kuchlanish ostida ekanligini ogoxlantiruvchi himoya belgilari tushirilgan bo`lishi shart. Qidirgichlarning va relelarning kontaktlarini (kontakt maydonlarini) yuvish, faqat ulardan kuchlanish olingandan keyin bajarilishi zarur. Uskunalarni tozalashda ochiq metall gardishli cho`tkadan, shuningdek metall uchlikli chang yutgich-shlanglaridan foydalanish man qilinadi. Apparaturadagi lampalarni, ulardan kuchlanish olingandan keyin almashtirish kerak. 250 V gacha kuchlanish ostidagi lampalarni himoya vositalarini qo`llab almashtirishga ruxsat etiladi. Kirish-sinash ustunlariga yoki krossning himoya chegarasiga ulangan aloqa liniyasida 42 V dan yuqori begona kuchlanish (elektr uzatish liniyasidan, masofadan ta`minlash apparaturasidan va sh.o` ) paydo bo`lsa, navbatchi xodim bunday liniyani himoya vositalari yordamida o`chirishi va izolyatsiya qilishi shart. 42 V dan yuqori begona kuchlanish borligi to`g`risida ob`ektning navbatchisi yoki u yo`q bo`lgan taqdirda — yuqori tashkilot navbatchisi xabardor qilinishi kerak. Razryadlagichlar yoki saqlagichlarni almashtirishga faqat begona kuchlanish yo`qligida ruxsat beriladi. Elektr uzatish liniyalari va o`zgaruvchan tokli elektrlashtirilgan temir yo`l ta`siriga tushgan aloqa liniyalari apparaturasida ishlaganda, liniya himoya qurilmalarini almashtirish, dielektrik qo`lqoplarda (yoki izolyatsiyalangan dastakli ombirlar yordamida) va himoya ko`zoynaklarini taqib, rezinali dielektrik gilamchani qo`llab bajarilishi shart. Maxalliy telefonstantsiyasi kommutatorlari va avtomatik telefon stantsiyasini uzatish stollaridagi telefonistlarning ish joylari akustik zarblardan cheklagichlar bilan ximoyalangan bo`lishi shart. Momaqaldiroq paytida telefonistlar mikrotelefon garniturlari o`rniga mikrotelefon trubkalaridan foydalanishlari shart. XIX bob. Issiqlik avtomatikasi, issiqlik texnikasi o`lchovlari va Download 1.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling