Elektr qurilmalarni ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi


Download 1.18 Mb.
bet51/55
Sana22.11.2023
Hajmi1.18 Mb.
#1793984
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55
Bog'liq
ELEKTR QURILMALARNI EKSPLUATATSIYA QILISHDA XAVFSIZLIK TEXNIKASI QOIDALARI

ishga qo`yish

  1. QMT uchun ajratilgan ishlar zonasi, elektr qurilmaning ishlab turgan qismiga xodimlarning kirishiga to`sqinlik qiluvchi, yaxlit yoki tur to`siqlarga ega bo`lishi shart.

  2. QMTning xodimlari, mashinalari va mexanizmlari o`tishlari uchun ajratilgan yo`l va yo`lkalar ishlab turgan elektr qurilmaning xududini yoki binosini kesib o`tmasligi shart.

QMT uchun ajratilgan zonaga qatnaydigan yo`l ishlab turgan TQ ning xududi yoki binolari orqali o`tsa, ushbu zonaga o`gishni (odamlarni, mashinalar va mexanizmlarni o`tishi) taqsimlovchi elektr qurilmalarni yakka o`zi nazorat qilish xuquqiga ega bo`lgan ekspluatatsiya qiluvchi korxonaning vakili QMT xodimlarini ish zonasining kirish yo`ligacha yoki yo`lkasigacha kuzatib borishi shart.

  1. Agar QMT uchun ajratilgan maydon to`silmagan bo`lsa, u erdagi ishlar III guruhga ega bo`lgan ekspluatatsiya korxonasi vakili -kuzatuvchisining nazorati ostida bajarilishi va bu haqda naryadda yozilishi shart. Bunday hollarda ekspluatatsiya qiluvchi korxona vakili xar kuni ishga qo`yishni amalga oshiradi.

Sozlash ishlarini olib borishda kuzatuvchi tayinlanmaydi. QMT xodimlari bu ishlarni xizmat safaridagi xodim sifatida bajarishlari mumkin.

  1. Kuzatuvchi QMT ning javobgar ijrochi bilan bir qatorda vaqtinchalik to`siqlarning, ogoxlantirish plakatlarining saqlanishiga va brigada a`zolari tomonidan kuchlanish ostida bo`lgan tok o`tkazuvchi qismlargacha bo`lgan xavfsiz masofa saqlanib turilishiga javob beradi.

  2. Ekspluatatsiya qiluvchi korxona, QMT xodimlarining ishga qo`yilgan uchastkaga kuchlanish berilishiga yo`l qo`ymaslik uchun javobgardir.

3-§. Elektr uzatish liniyalariniig muxofaza zonasida ishga qo`yish

  1. KL ning muxofaza zonasida ish bajarish uchun berilgan ruxsatnomada (dalolatnoma-ijozatda) kabel liniyasining joylashishi va yotgan chuqurligi ko`rsatilishi shart.

  2. Ekspluatatsiya korxonasining xodimlaridan tayinlangan ishga qo`yuvchi kuchlanish ostida bo`lgan elektr uzatish tarmog`ining muxofaza zonasida, shuningdek ishlab turgan HL tayanchlari oralig`idagi ishlarga QMT ning xar bir brigadasidagi javobgar ijrochini ishga qo`yishi shart. O`chirilgan elektr uzatish liniyasining muxofaza zonasidagi boshqa turdagi ishlarga ishga qo`yishini, ishga qo`yuvchi QMT ning javobgar ish raxbarini ishga qo`yishiga ruxsat etiladi, qolgan xodimlarni esa QMT ning javobgar ish raxbarining o`zi ishga qo`yishi shart.

  3. HL da javobgar ijrochilarni ishga qo`yishda, ishga qo`yuvchi xar bir brigada ishlayotgan uchastkaga bittadan yerga ulagichni o`rnatishi shart, javobgar ish raxbarini ishga qo`yishda esa - ish uchastkasiga iloji boricha yaqin qilib, bitta yerga ulagichni o`rnatishi shart.

  4. HL da QMT ning ish uchastkasida yerga ulagichlarni o`rnatishni va olishni ekspluatatsiya korxonasi tomonidan tayinlangan ishga qo`yuvchi naryad bo`yicha bajarishi shart. Yerga ulagichlarni olishga, ularni o`rnatish haqidagi topshiriq ko`rsatilmasdan, alohida naryad berilishi mumkin. Bunda brigada a`zosi sifatida QMT ning III guruhga ega bo`lgan xodimi jalb qilinishi mumkin.

  5. Ko`p zanjirli HL da, ekspluatatsiya qiluvchi korxona tomonidan tayinlangan ishga qo`yuvchi ish joyini tayyorlashda, mazkur Qoidalarning 354-bandiga asosan bayroqchalarni yerga ulagichlar o`rnatilgan tayanchlarga o`rnatishi shart. Bayroqchalar yerga ulagichlar bilan birga olinishi zarur.

  6. KL ning muxofaza zonasida yer qazish ishlarini boshlashdan oldin, kabel liniyalarini ekspluatatsiya qiluvchi xodim nazorati ostida kabellarning joylashishi va chuqurligini aniqlash uchun, tekshirib ko`rish maqsadida yer yuzasi ochilishi (shurf qazilishi), shuningdek yer qazish mashinalarini ishlash maydonini belgilab qo`yish uchun vaqtinchalik to`siqlar o`rnatilishi shart.

  7. Kabel trassalaridan 5 m dan kam masofada zarb bilan ishlaydigan mashinalar va mexanizmlarni qo`llashga. yer qazish mashinalarini esa, - kabel trassasining muxofaza zonasi chegarasida ishlashiga ruxsat berilmaydi. Kabel trassasi ustidagi tuproqni uruvchi bolgalar bilan 0,3 m dan ortiq bo`lmagan chuqurlikgacha yumshatishga ruxsat etiladi.

  8. Kabelni teshish zarur bo`lganda, bu ish naryad bo`yicha ekspluatatsiya qiluvchi korxona xodimlaridan tayinlangan ishga qo`yuvchi tomonidan bajariladi. Brigada a`zosi sifatida QMT ning IV guruhga ega xodimi jalb qilinishi mumkin.

  9. Yer qazish ishlari jarayonida, ushbu ishni bajarishga berilgan xujjatlarda ko`rsatilmagan kabel chiqib kolsa, ishlar darxol to`xtatilishi va uni saqlab qolish choralari ko`rilib, bu haqda yer qazishga ruxsat (dalolatnoma-ijozat) bergan korxonaga xabar berish zarur.

  10. Avariya holatlarida KL ning muxofaza zonasida yer qazish ishlarini bajarishga ruxsatni ekspluatatsiya qiluvchi korxonaning ish bajarish va ishga qo`yish xuquqiga ega bo`lgan navbatchi xodimi berishi mumkin. Bu holda yer qazish ishlari ekspluatatsiya qiluvchi korxona vakili nazorati ostida olib boriladi.

  11. Ekspluatatsiya qiluvchi korxona, QMT xodimlari ishga qo`yilgan uchastkalarga ishchi kuchlanishi berilishiga yo`l kuymaslik uchun javobgardir.


Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling