Javobgar shaxslariing o`rindoshlik yo`li bilan bajarishlari mumkin bo`lgan vazifalari
Javobgar shaxs
|
O`rindoshlik asosida bajarilishi mumkin bo`lgan vazifalar
|
Naryad beruvchi
|
Ish raxbari
Maxalliy navbatchisiz elektr qurilmalarda ishga qo`yuvchi
|
Ish raxbari
Tezkor-ta`mirlash xodimidan tayinlangan ish raxbari
|
Ish bajaruvchi
Maxalliy navbatchisiz elektr qurilmalarda ishga qo`yuvchi
|
Tezkor-ta`mirlash xodimidan tayinlangan ish bajaruvchi
|
Maxalliy navbatchisiz elektr qurilmalarda ishga qo`yuvchi
|
IV guruhga ega bo`lgan ish bajaruvchi
|
Mazkur Qoidalarning 121- bandida ko`rsatilgan hollarda ishga qo`yuvchi
|
Tezkor-ta`mirlash xodimidan tayinlangan ishga qo`yuvchi
|
Brigada a`zolari
|
5-ilova
Naryadlar va farmoyishlar bo`yicha bajariladigai ishlarni
hisobga olish tartibi
Maxalliy navbatchisi bo`lgan elektr qurilmalarda (uyda navbatchilik qiluvchilar bundan mustasno) naryadlar va farmoyishlar bo`yicha bajariladigai ishlar naryadlar va farmoyishlar bo`yicha bajariladigai ishlarni hisobga olishga mo`ljallangan shakli, quyida tavsiya qilinayotgan jurnalda hisobga olinishi shart.
Jurnalning mos ustunlarida naryad bilan birinchi bor ishga qo`yish va uni to`liq tugatish, farmoyish bo`yicha ishga qo`yish va uni tugatish hisobga olinadi, unda faqat tezkor jurnalda qayd qilinadigan, tezkor xodimlarning o`zlari beradigan yoki ularning kuzatuvi ostidagi farmoyishlar bo`yicha bajariladigai ishlar bundan mustasnodir. Bundan tashqari, naryad bo`yicha birinchi va har kungi ishga qo`yish tezkorlik jurnalida yozib rasmiylashtiriladi va bunda faqat naryadning tartib raqami va ish joyi ko`rsatiladi xolos.
Naryadlar va farmoyishlar bilan bajariladigai ishlarni hisobga olish jurnalini navbatchi xodim to`ldirib boradi. Jurnal betlariga tartib raqamlari yozilgan, shnurlangan va shnur uchlari muxrlanib bog`langan bo`lishi shart. Jurnalni saqlash muddati oxirgi yozuvdan so`ng 6 oy.
Maxalliy navbatchisi bo`lmagan va uyda navbatchilik qiladigan elektr qurilmalarda, naryadlar va farmoyishlar bo`yicha bajariladigai ishlarni hisobga olish jurnali yuritilmaydi. Naryadlar va farmoyishlar bo`yicha ishga qo`yish tezkor jurnalda hisobga olinishi shart.
Do'stlaringiz bilan baham: |