Elektr qurilmalarni ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi


§. HL va yashin qaytargich troslari bo`ylab yuqori chastotali aloqa


Download 1.18 Mb.
bet47/55
Sana22.11.2023
Hajmi1.18 Mb.
#1793984
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   55
Bog'liq
ELEKTR QURILMALARNI EKSPLUATATSIYA QILISHDA XAVFSIZLIK TEXNIKASI QOIDALARI

§. HL va yashin qaytargich troslari bo`ylab yuqori chastotali aloqa

  1. 1000 V dan yuqori kuchlanishli taqsimlovchi qurilmalarda yoki HL da joylashgan yuqori chastotali qurilmalarga xizmat ko`rsatish, sozlash va ta`mirlashni kamida ikki xizmatchi tomonidan amalga oshirilish, ulardan biri IV guruhga ega bo`lishi shart.

  2. III guruhga ega bo`lgan bir xizmatchiga, rezinali dielektrik gilamchani qo`llab ishlab turgan apparaturada panellarni (bloklarni) ochib ishlashga ruxsat etiladi.

Ish boshlashdan oldin yuqori chastotali ulaydigan liniyada kuchlanish yo`qligini tekshirish shart. Kuchlanish 42 V dan yuqori bo`lganda ishlash man qilinadi.

  1. Sxemalarga o`zgartirishlar kiritish, yuqori chastotali traktni ajratish va yig`ish, ulardagi nosozliklarni bartaraf qilish faqat qayta ishlash elementlaridan va HL ulanmalaridan kuchlanish olingandan keyin mumkin. Ulanmaning kabelida va filtrida ish bajarish uchun aloqa kondensatorining pastki qoplamada yerga ulaydigan pichoqni ulash kifoya.

  2. Aloqa kondensatorining pastki qoplamasini yerga ulamasdan turib, himoya qurilmalaridan, HL ga ulangan apparaturalardan va yuqori chastotali qurilma uskunasining boshqa elementlaridan yerga ulaydigan o`tkazgichlarni uzish man qilinadi.

  3. Aloqa kondensatorlari bilan ulanmaning filtri o`rtasidagi zanjirda asboblarni ulash va o`chirishga faqat aloqa kondensatorining pastki qoplamada yerga ulaydigan pichoq yordamida yerga ulagandan keyin ruxsat beriladi. Asboblarni ko`p marotaba o`chirish va ulash kerak bo`lganda, xar safar aloqa kondensatorining pastki qoplamasi yerga ulanishi shart.

Bir soatgacha cho`ziladigan o`lchashlarni farmoyish bo`yicha navbatchi yoki IV guruhga ega bo`lgan tezkor-ta`mirlash xodimi nazorati ostida IV guruhga ega bo`lgan bir xizmatchi amalga oshirishi mumkin. Bu o`lchashlar, ulanmaning aloqa filtri ichida, razryadlagichni o`chirmasdan, aloqa kondensatori pastki qoplamasining yerga ulagich pichog`ini o`chirilgan holda amalga oshiriladi. Bunda asboblar yerga ulangan bo`lishi, o`lchash ishlari elektr himoya vositalarini (dielektrik etiklar va qo`lqoplar, dastagi izolyatsiyalangan asboblar) qo`llab bajarilishi shart.
7-
Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling