Elektr qurilmalarni ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi
Download 1.18 Mb.
|
ELEKTR QURILMALARNI EKSPLUATATSIYA QILISHDA XAVFSIZLIK TEXNIKASI QOIDALARI
§. Umumiy talablar
Mazkur bobning qoidalariga quyidagilarda ishlarni bajarishda rioya qilinishi shart: aloqa kabel va havo liiiyalarida; energetika korxonalarining aloqa apparat zallarida, krosslarda, aloqa radiouzellarida va xonalarida joylashgan DTBV uskunalari va qurilmalarida; aloqa uskunalarida, havo elektr uzatish liniyalari orqali ishlaydigan yuqori chastotali aloqa, rele ximoyasi va telemexanika qurilmalarida; sanoat televideniesi uskunalarida va hisoblash qurilmalarida (bundan keyin matnda qisqartirib - DTBV qurilmalari deb yuritiladi). Ish raxbari mazkur Qoidalarning 125-bandiga muvofiq va quyidagi ishlarda tayinlanishi zarur: HL ni muxofaza zonasida mexanizmlar va yuk ko`tarish mashinalarini qo`llab bajariladigai ishlarda; kuchlanish ostida bo`lgan HL ni muxofaza zonasida hamma turdagi tayanchlarni montaj qilish va simlarni (troslarni) almashtirishda, hamda boshqa HL bilan 1 klass fiderli radiouzatish liniyalari bilan, temir va shosse yo`llari bilan, kemalar qatnovi tashkil qilingan daryolar bilan kesishgan joylarda ish bajarishda; ilashgan kuchlanish ostidagi va axoli punktlaridan o`tgan AHL da simlarni almashtirishda va montaj qilishda; machtali o`tishlarni o`rnatishda, tugallovchi va burchak tayanchlarini almashtirishda; AKL ni sinashda; navbatchisiz ko`chaytirgich punktlari (bundan keyin - NKP) apparaturasi bilan ishlashda; yerga ulagich pichog`ini ulamasdan, ulash filtrlaridagi ishlarda, filtr qurilmalaring ichini ochmasdan bajariladigai ishlar bundan mustasno. Naryad beruvchiga yuqorida sanab o`tilgan ishlardan tashqari boshqa ishlarda ham ish raxbari tayinlashga ruxsat etiladi. Ish joyini tayyorlash jarayonida kommutatsiya apparatlari bilan o`chirib-yoqish talab qilinmasa, DTBV da ta`mirlash xodimlaridan tayinlangan ish rahbari yoki ish bajaruvchi ishga qo`yuvchi shaxs vazifasini o`rindoshlik asosida bajarishiga ruxsat etiladi. Bunda ishga qo`yuvchi saqlagichlarni echishi va brigada a`zolari bilan birgalikda ko`chma yerga ulagichlarni o`rnatishi mumkin. DTBV qurilmalarida farmoyish bo`yicha , mazkur Qoidalarning 117-124, 126, 127 bandlarida ko`rsatilgan va quyidagi ishlar bajarilishi mumkin: elektr uzatish liniyalari va 1-klass fiderli radiouzatish liniyalari ta`sir o`tkazmaydigan, o`chirilgan AHL va AKL dagi ishlar; TQ larga o`rnatilgan NKP va yuqori chastotali aloqa apparaturalari, yuqori chastotali aloqa kanallarini ulash va elementlarini sozlash ishlaridan tashqari, DTBV qurilmalarini ta`mirlash, o`rnatish va sozlash ishlari. 2- Download 1.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling