Elektr qurilmalarni ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi
XI bob. Kommutatsion apparatlar va komplekt taqsimlovchi
Download 1.18 Mb.
|
ELEKTR QURILMALARNI EKSPLUATATSIYA QILISHDA XAVFSIZLIK TEXNIKASI QOIDALARI
XI bob. Kommutatsion apparatlar va komplekt taqsimlovchi
qurilmalar Masofadan boshqariladigan kommutatsion apparatlarda ishga qo`yishdan oldin quyidagilar bajarilishi shart: yordamchi elektr zanjirlari (boshqaruv, signalizatsiya, isitish va boshqalar) va yuritmaning kuch zanjirlari o`chirilishi; o`chirgichlar bakiga yoki pnevmatik yuritmalarga havo uzatuvchi quvurlarning surilma qopqoqlari berkitilishi va ulardagi havo atmosferaga chiqarilib yuborilishi va bunda havo chiqaruvchi tisinlar (klapanlar) ochiq holda qoldirilishi; ulaydigan yuk yoki ulaydigan prujinalar ishlamaydigan holatga keltirilishi; masofadan boshqarish kalitlariga «ULANMASIN! ODAMLAR ISHLAMOQDA» va berkitilgan surilma qopqoqlarga esa «OCHILMASIN! ODAMLAR ISHLAMOQDA» degan plakatlar osilgan bo`lishi shart. Kommutatsion apparatlarni sozlash va rostlashda, ularni sinash uchun ulash va o`chirishda yuritmaning yordamchi zanjirlarini va kuch zanjirlarini vaqtinchalik ulashga, shuningdek yuritmaga va o`chirgichga havo yuborishga ijozat beriladi. Bunda «ULANMASIN! ODAMLAR ISHLAMOQDA» va «OCHILMASIN! ODAMLAR ISHLAMOQDA» degan plakatlar olingan bo`lishi kerak. Kommutatsion apparatni masofadan boshqarib ulash va o`chirishni sinab ko`rishni navbatchi xodim ruxsati bilan, sozlash va rostlashni bajaruvchi xizmatchi amalga oshirishi mumkin. Maxalliy navbatchisi bo`lmagan elektr qurilmalarda bunday ruxsat talab qilinmaydi. Kommutatsion apparat sinab kurilganidan keyin, navbatchi yoki ish bajaruvchi (kim apparatni masofadan boshqarib ulagan va o`chirgan bo`lsa) tomonidan ishni davom ettirish zarur bo`lganda, mazkur Qoidalaring 235-bandi talablari bajarilishi shart. Ishchi bosim ostida bo`lgan havoli o`chirgichlarga faqat sinashlarda va sozlash ishlari bajarilayotganda (dempferlarni rostlash, vibrogrammlarni olish, o`lchash asboblariga va ularning ulanmalariga simlarni ulash yoki ularni uzish, havoning sirkish joyini aniqlash va sh. o`.) ko`tarilishga ruxsat etiladi. Havo bilan to`ldirilgan bo`lgichi bor o`chirilgan havoli o`chirgichlariga, bo`lgich ishchi bosim ostida turganda, ko`tarilish man etiladi. Havoli o`chirgichlarning nam o`tkazmaslik qobiliyatini (zichligini) tekshirish past bosimda, zavod yo`riqnomalariga muvofiq bajarilishi zarur. Sinashlar va sozlash uchun havoli o`chirgichlariga ko`tarilishdan oldin quyidagilarni bajarish zarur: boshqaruv zanjirlarini uzish; maxalliy boshqaruv tugmachasi va ishga tushirish klapanlarini blokirovka qilish (masalan, havo uzatuvchi quvurlarni uzish, shkaflarni yopish va sh. o`.) yoki ish bajaruvchi ko`rsatmasi bo`yicha aniqlangan faqat bir ishlovchiga o`chirgich bilan operatsiyalarni bajarishga ijozat beradigan (boshqaruv zanjiri ulangandan keyin), yo`riqnoma olgan brigada a`zosini o`chirgich oldiga qo`yish zarur. Bosim ostida bo`lgan havo o`chirgichlari ustida odamlar bo`lgan paytda boshqarish va taqsimlash shkaflarida hamma ishlar to`xtatilishi shart. Havoli o`chirgichlarini tekshirish, sozlash va sinashlarda o`chirish va ulash vaqtida ularning oldida xodimlarning turishlari man etiladi. Sinashlar va sozlash bo`yicha ishlarni bajaruvchi (yoki u tomonidan tayinlangan brigada a`zosi) o`chirgich bilan operatsiyalar bajarishga topshirish, brigada a`zolari o`chirgich oldidan xavfsiz masofaga yoki pana joyga chiqarilgandan keyin berishi shart. Havo to`plagichlar ichida odamlarning bo`lishi bilan bog`liq ishga qo`yishda quyidagilar bajarilishi zarur: havo berilishi mumkin bo`lgan quvurlarnipg surilma qopqoqlari yopilib, qulfga berkitilishi va surilma qopqoqlarga «OCHILMASIN! ODAMLAR ISHLAMOQDA» degan plakatlar osilishi; havo to`plagich ichidagi bosim ostida bo`lgan havo tashqariga chiqarilib, havo chiqaruvchi klapanlar ochiq holda qoldirilishi; havo to`plagichdan havo quvuri ajratilishi va unga tiqinlar o`rnatilishi. Havo to`plagichlar va o`chirgich baklaridagi manometrlarning nolni ko`rsatishi, siqilgan havo yo`qligining aniq belgisi bo`lib xizmat qila olmaydi. Tuynuk qopqog`ini olishda, bevosita gaykalar va boltlarni bo`shatib ochishdan oldin, havo chiqarish klapanlarini yoki surilma qopqoqlarni ochish bilan xaqiqatan ham siqilgan havo yo`q ekanligiga ishonch hosil qilish zarur. Havo chiqarish klapanlarini yoki surilma qopqoqlarni, faqat tuynuk qopqog`ini maxkamlovchi barcha gaykalar va boltlarni burab qo`yilgandan keyin berkitish mumkin. KTQ ning shkaflari bo`linmasida ishlar olib borilganda: uskunalar joylashtirilgan aravachani tortib chiqarilishi; kuchlanish ostida qolgan tok o`tkazuvchi qismlar bo`linmasining pardachasini qulfga berkitish va «TO`XTA! KUCHLANISH» degan plakat osilish; ishlash uchun mo`ljallangan bo`linmada esa «SHU YERDA ISHLANSIN» degan plakat osilishi kerak. KTQ dan tashqarida, unga ulangan uskunalarda yoki undan ketuvchi HL va KL da ishlar bajarilganda o`chirgich joylashtirilgan aravachani shkafdan tortib chiqarilishi, pardacha yoki eshikcha qulfga berkitilishi va unga «ULANMASIN! ODAMLAR ISHLAMOQDA» yoki «ULANMASIN! LINIYADA ISH BAJARILMOQDA» degan plakat osilishi kerak. Bunda quyidagilarga ruxsat beriladi: yerga ulaydigan pichoqlar bilan o`chirgich joylashtirilgan aravacha orasida blokirovka bo`lsa, ushbu pichoqlar ulanganidan so`ng, aravachani nazorat holatiga keltirishga; KTQ shkaflarida bunday blokirovka yoki yerga ulaydigan pichoqlar bo`lmaganda, aravachani nazorat holati bilan shkafdan chiqarilgan holat oralig`iga o`rnatishga, uni qulflash sharti bilan. Ulanmada yerga ulagich borligidan katiy nazar aravacha oraliq holatda o`rnatilishi mumkin. Ketuvchi HL da ishlash kerak bo`lganda, KTQ ning shkafida yerga ulagichlarni o`rnatishda mazkur Qoidalarning 168 - bandi talablarini hisobga olish zarur. Boshqaruv va himoya zanjirlarida sinab ko`rish va ishlash uchun o`chirgich o`rnatilgan aravachani nazorat holatiga o`rnatishga, KTQ dan tashqarida, ketuvchi HL va KL da yoki ularga ulangan uskunalarda, elektr dvigatellar orqali ulangan mexanizmlarda ishlar bajarilmayotgan yoki KTQ ning shkafida yerga ulash amalga oshirilgan hollarda ruxsat etiladi. Download 1.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling