Elektr qurilmalarni ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi
§. Kuchlanish yo`qligini tekshirish
Download 1.18 Mb.
|
ELEKTR QURILMALARNI EKSPLUATATSIYA QILISHDA XAVFSIZLIK TEXNIKASI QOIDALARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4-§. Yerga ulagichlarni o`rnatish.
§. Kuchlanish yo`qligini tekshirish
Kuchlanish yo`qligini kuchlanish ko`rsatgichi yordamida tekshirish zarur, uni ishlatishdan oldin ishga yaroqliligini tekshirishga mo`ljallangan maxsus asboblar yordamida yoki yaqin orada joylashgan va oldindan kuchlanish ostida bo`lgan tok o`tkazuvchi qismlarga yaqinlashtirib tekshirib olinishi kerak. 1000 V dan yuqori elektr qurilmalarda kuchlanish ko`rsatgichidan dielektrik qo`lqoplarda foydalanish zarur. 35 kV va undan yuqori elektr qurilmalarda kuchlanish yo`qligini izolyatsion shtanga bilan uni tok o`tkazuvchi qismlarga bir necha marta tekkizib, tekshirish mumkin. Kuchlanish yo`kligining alomati uchqun va chirsillash bo`lmasligidir. 220 kV dan yuqori kuchlanishli bir zanjirli HL da kuchlanish yo`qligining etarli alomati bo`lib tojlanishning bo`lmasligi hisoblanadi. Elektr stantsiya va podstantsiyalarning elektr qurilmalarida kuchlanish yo`qligini, 1000 V dan yuqori elektr qurilmalarda IV guruhga va 1000 V gacha kuchlanishli elektr qurilmalarda III guruhga ega bo`lgan, navbatchi yoki tezkor-ta`mirlash xodimlaridan bitta xizmatchi tomonidan tekshirishga ruxsat etiladi. HL da kuchlanish yo`qligini tekshirishni 1000 V dan yuqori kuchlanishli HL da - IV va III guruhlarga ega; 1000 V gacha kuchlanishli HL da - III guruhga ega ikkita xizmatchi amalga oshirishi shart. Sxemani amalda to`g`riligini tekshirish bilan kuchlanish yo`qligini aniqlashga quyidagi hollarda ruxsat etiladi: maxsus kuchlanish ko`rsatgichlari bo`lmaganda OTQ da, tashqarida o`rnatilgan KTQ va KTP da, shuningdek tumanda, yomg`ir, qor yogayotgan vaqtda HL da; 220 kV dan yuqori kuchlanishli OTQ da va 220 kV dan yuqori kuchlanishli ikki zanjirli HL da. HL va KL ning kiritgichlarida sxemani amalda to`g`riligini tekshirish bilan kuchlanish yo`qligi, bu liniyalarning tezkor boshqaruvi tasarrufida bo`lgan navbatchi tomonidan tasdiqlanadi. HL da sxemani amalda to`g`riligini tekshirish, liniyalarning yunalishini va tashqi alomatlarini, shuningdek tayanchlardagi belgilarni, ularning dispetcherlik nomiga mos kelganligini tekshirishdan iborat. 6-20 kV HL da yog`och yoki temir-beton tayanchlarda, shuningdek teleskopik minorada turib sig`im toki oqishi printsipiga asoslanib ko`rsatgich bilan kuchlanish yo`qligini tekshirganda, ko`rsatgichning talab qilingan sezgirligi ta`minlanishi kerak. Buning uchun uning ishchi qismini yerga ulash kerak. Simlari Har xil balandlikda osilgan HL da kuchlanish yo`qligini ko`rsatgich yoki izolyatsiyalovchi shtanga bilan tekshirish va yerga ulagichlarni o`rnatish pastdagi simdan yuqoriga qarab bajarilishi shart. Simlar gorizontal holda osilganda kuchlanish yo`qligini tekshirishni yaqin joylashgan simdan boshlash kerak. Neytrali yerga ulangan, 1000 V gacha kuchlanishli elektr qurilmalarda ikki qutbli kuchlanish ko`rsatgichi qo`llanilganda, kuchlanish yo`qligini ham fazalar orasida, ham xar bir faza bilan uskunaning yerga ulangan korpusi yoki yerga ulaydigan (nol simiga ulaydigan) o`tkazgich orasida tekshirish kerak. Oldindan tekshirilgan voltmetrni qo`llashga ruxsat etiladi. “Tekshiruv” lampalarini qo`llash man qilinadi. Apparat o`chirilganligi haqida signal beruvchi qurilmalar, blokirovka qurilmalari, doimiy ulangan voltmetrlar va boshqalar kuchlanish yo`qligini tasdiqlovchi faqat qo`shimcha vositalar hisoblanadi va ularning ma`lumotlari asosida kuchlanishning yo`qligi to`g`risida xulosa qilish mumkin emas. 4-§. Yerga ulagichlarni o`rnatish. Download 1.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling