Elektr qurilmalarni ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi


§ 12. HL da ishlarni bajarishda tashkiliy chora-tadbirlar


Download 1.18 Mb.
bet24/55
Sana22.11.2023
Hajmi1.18 Mb.
#1793984
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   55
Bog'liq
ELEKTR QURILMALARNI EKSPLUATATSIYA QILISHDA XAVFSIZLIK TEXNIKASI QOIDALARI

§ 12. HL da ishlarni bajarishda tashkiliy chora-tadbirlar
I. Ish raxbarini tayinlash

  1. 1000 V dan yuqori bo`lgan HL da quyidagi ishlarni bajarishda ish raxbari tayinlanishi shart:

  • HL ning muxofaza zonasida yuk ko`tarish mashinalari va mexanizmlaridan foydalanib ishlar bajarilganda;

  • barcha turdagi tayanchlarni o`rnatish va demontaj qilish bo`yicha ishlarda;

  • boshqa HL va transport magistrallari bilan kesishgan joylardagi ishlarda;

yangidan qurilgan HL ni ulash bo`yicha ishlarda;

  • simlar va troslarni ulash sxemalarini o`zgartirish bo`yicha ishlarda;

  • ko`p zaijirli HL ning o`chirilgan zanjirida, agar uning bir zanjiri ikkinchisi bilan ustma-ust joylashgan bo`lsa, yoki zanjirlar soni ikkitadan ko`p bo`lgan va ularning biri yoki barcha qolganlari kuchlanish ostida bo`lsa;

  • ilashgan kuchlanish ostidagi ishlarda;

  • odamni yerdan izolyatsiya qilish bilan tok o`tkazuvchi qismlarda kuchlanish ostida bajariladigan ishlarda.

Naryad beruvchiga yuqorida qayd qilingan ishlardan tashqari, boshqa ishlarda ham ish raxbarini tayinlashga ruxsat beriladi.
II. Farmoyish bo`yicha ishlarni bajarish

  1. HL ning tok o`tmaydigan qismlarida, kuchlanishni olmasdan turib, quyidagi ishlarni farmoyish bo`yicha bajarish mumkin:

  • yer satxidan odam oyog`igacha hisoblaganda, 3 m gacha ko`tarilib, bajariladigai ishlar;

  • tayanchlarning konstruktiv qismlarini buzmasdan bajariladigai ishlar;

  • tayanchlar ustunini 0,5 m gacha chuqurlikda qazish ishlari;

  • kesilgan daraxtlar simga aganab tushmasligiga, shox-shabbalar kesilganda odamlarni simlarga yaqin kelib kolmasligiga va ular simlar ustiga tushmasligiga qarshi kuriladigan choralar talab qilinmaydigan HL trassalarini daraxtlar va shox-shabbalardan tozalash bo`yicha ishlar.

  1. II guruhga ega bo`lgan bir xizmatchiga HL da farmoyish bo`yicha quyidagi ishlarni bajarishga ijozat beriladi:

  • ob-havo yaxshi bo`lganda va yo`l sharoitlari qulay joylardagi HL ni ko`rib chiqish;

  • tayanchlardagi doimiy belgilarni tiklash;

  • burchak o`lchash asboblari yordamida gabaritlarni o`lchash;

  • tayanchlar atrofidagi maydonchalarni yong`inga qarshi tozalash;

  • tayanchlardagi bandajlarni buyash.

III. Ko`p zanjirli HL da, HL ning kesishgan joylarida,

Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling