Elektr qurilmalarni ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi
Download 1.18 Mb.
|
ELEKTR QURILMALARNI EKSPLUATATSIYA QILISHDA XAVFSIZLIK TEXNIKASI QOIDALARI
ISBN 978-9943-23-090-3
Mazkur Qoidalar «O`zdavenergonazorat» inspektsiyasining yozma ruxsatisiz to`liq yoki qisman qayta ishlab chiqilishi, ko`paytirilishi va tarqatilishi mumkii emas. © «Ofset Print» MChJ, «Nihol» nashriyot SO`Z BOSHI Mazkur «Elektr qurilmalarni ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalari» (bundan keyin-Qoidalar) O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining Elektr energetikada nazorat bo`yicha davlat inspektsiyasi («O`zdavenergonazorat») tomonidan O`zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining Energetika va avtomatika instituti ishtirokida (t.f.d. Kamalov T.S., t.f.n. Xolikov S.S., k.i.x. Sayfullayeva L.I.), «Pravila texniki bezopasnosti pri ekspluatatsii elektroustanovok» / Upravlenie po texnike bezopasnosti i promishlennoy sanitarii Minenergo SSSR -2-e izdanie, pererabotannie i dopolnennie - M.: Energoatomizdat 1987 g./ asosida ishlab chiqilgan. Mazkur Qoidalar O`zbekiston Respublikasi amaldagi normativ-xuquqiy xujjatlarining, elektr qurilmalarni ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalari va yo`riqnomalarining talablarini, «O`zbekenergo» DAK (Isaev Yu.M., Shamsiev X.O., Sagdiev M.T., Xan F.V.), O`zbekiston Respublikasi Mehnat va axolini ijtimoiy muxofaza qilish vazirligi (Yodgorov I.G.), «O`zstandart» agentligi (Xusanov R.T.), «Sanoatkontexnazorat» DI (Saidov R.T.) va «O`zdavneftgazinspektsiya» (Orifov B.A.), «ORGRES» (Abduraxmonov B.A.), «Issiqlikelektrloyixa» (Konarev Yu.Ya.) va «Gidroloyixa» (Vashenko L.A.), «O`rtaosiyoenergotarmoqloyiha» (Yaskova L.A.) Ochiq aktsiyadorlik jamiyatlari, TDTU (Yunusov B.X.) kabi idoralar hamda loyixalash, montaj va ekspluatatsiya qilish tashkilotlarining taklif va muloxazalarini inobatga olib ishlab chiqilgan. Qoidalar «O`zbekenergo» DAK, O`zbekiston Respublikasi Mehnat va axolini ijtimoiy muxofaza qilish vazirligi, O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi, O`zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muxofaza qilish qo`mitasi, O`zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo`mitasi, O`zbekiston Respublikasi IIV YoXBB, «O`zstandart» agentligi, «Sanoatkontexnazorat» DI va «O`zdavneftgazinspektsiya», «Issiqlikelektrloyiha» va « ORGRES » Ochiq aktsiyadorlik jamiyatlari bilan kelishilgan. Qoidalarning o`zbek tilidagi tarjimasi TDTU (t.f.d. Allayev K.R. t.f.n. Rasulov A. N.) tomonidan ko`rib chiqildi va taxrir qilindi. Mazkur Qoidalar amalga kiritilishi bilan «Pravila texniki bezopasnosti pri ekspluatatsii elektroustanovok» / Upravlenie po texnike bezopasnosti i promishlennoy sanitarii Minenergo SSSR -2-e izdanie, pererabotannыe i dopolnennie - M.: Energoatomizdat 1987 g./ o`z kuchini yo`qotadi. Mazkur Qoidalar kiritilishi bilan elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi bo`yicha masalalar, boblar va paragraflarni o`z ichiga olgan barcha idoraviy Qoidalar, me`yoriy-texnik xujjatlar mazkur Qoidalarga mos xolga keltirilishi shart. Mazkur nashrda Elektr energetikada nazorat bo`yicha davlat inspektsiyasi «O`zdavenergonazorat» va O`zbekiston Respublikasi Mehnat va axolini ijtimoiy muxofaza qilish vazirligining birgalikdagi 02.02.2007y. 30/M-22-son, 03.08.2010 y. 148/150-KK- son, 02.06.2011 y. 8/30-KK-son va 01.07.2013 y. 7/48-KK-son qarorlari bilan qabul qilingan, O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2007 yil 22 fevralda 1614-1-son, 2010 yil 17 avgustda 1614-2-son, 2011 yil 9 iyunda 1614-3 - son va 2013 yil 11 iyulda 1614-4 - son bilan ro`yxatdan o`tgan o`zgartirishlar hisobga olingan. Qoidalarning ushbu nashri bo`yicha takliflar va muloxazalarni «O`zdavenergonazorat» inspektsiyasiga (100000, Toshkent sh., Istiqlol ko`chasi, 6) yuborishingizni so`raymiz. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling