Elektr qurilmalarni ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi
buzilmagan elektr maydonning kuchlanganligi
Download 1.18 Mb.
|
ELEKTR QURILMALARNI EKSPLUATATSIYA QILISHDA XAVFSIZLIK TEXNIKASI QOIDALARI
buzilmagan elektr maydonning kuchlanganligi - ish jarayonida odam bo`lishi mumkin bo`lgan zonada aniqlanadigan, odamning qatnashishida buzilmaydigan elektr maydonning kuchlanganligi;
naryad - ish mazmunini, ish joyini, ishni boshlash va tamomlash vaqtlarini, kerakli xavfsizlik choralarini, brigada tarkibini va ishni xavfsiz bajarish uchun javobgar shaxslarni belgilovchi ishni xavfsiz bajarish uchun maxsus blankda tuzilgan topshiriq; xavfli ta`sir - agar simli aloqa va simli xabar berish zanjirlarida paydo bo`lgan kuchlanishlar va toklar xizmat ko`rsatuvchi xodimga va abonentlarga xavf tug`dirsa yoki bu zanjirlarga ulangan asboblar va apparatlarni ishdan chiqarishi mumkin bo`lsa; tezkor - ta`mirlovchi xodimlar - o`ziga tasdiqlangan xajmda biriktirilgan elektr qurilmalarga tezkor xizmat ko`rsatish maqsadida tayyorlangan, maxsus o`rgatilgan, ta`mirlovchi xodimlar toifasiga kiruvchi xizmatchilar; elektr uzatish havo liniyalari va aloqa havo liniyalarining muxofaza zonasi - HL bo`ylab, eng chetda joylashgan simlardan, ularning og`ishmagan holatida: 1kV kuchlanishgacha bo`lgan HL va AHL uchun -2 m; 1-20 kV HL uchun -10 m; 35 kV HL uchun -15m; 110kV HL uchun - 20 m; 220 kV HL uchun 25 m; 500 kV HL uchuy - 30 m masofada, liniyaning ikkala tomoni bo`ylab, vertikal sirtlar bilan chegaralangan yer uchastkasi va havo bo`shlig`i ko`rinishidagi zona. Kemalar qatnovchi suv xavzalari (daryolar, kanallar, ko`llar va xokazolar) ustidan o`tgan HL bo`ylab, eng chetda joylashgan simlaridan, ularning og`ishmagan holatida liniyaning ikkala tomonida vertikal sirtlar bilan 100 m masofadagi, kemalar qatnamaydigan suv xavzalari uchun esa quruqlikdan o`tadigan HL muxofaza zonasini belgilash uchun nazarda tutilgan masofadagi chegaralangan xavo bo`shlig`i ko`rinishidagi zona; elektr uzatish kabel liniyalari va aloqa kabel liniyalarini muxofaza zonasi - yer ostida joylashgan KL ning eng chetdagi kabelidan ikki tomonga vertikal sirtlar bilan: KL uchun 1 m, aloqa kabel liniyalari (bundan keyin - AKL) uchun 2 m masofada chegaralangan yer uchastkasi. Suv xavzasining suv osti KL va AKL bo`ylab eng chetdagi kabelidan ikki tomonga 100 m masofada vertikal sirtlar bilan chegaralangan suv sirtidan tubigacha bo`lgan qismi; Download 1.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling