Elektr qurilmalarni ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi


Download 1.18 Mb.
bet9/55
Sana22.11.2023
Hajmi1.18 Mb.
#1793984
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   55
Bog'liq
ELEKTR QURILMALARNI EKSPLUATATSIYA QILISHDA XAVFSIZLIK TEXNIKASI QOIDALARI

tok o`tkazuvchi qism - normal holatda kuchlanish ostida bo`lgan elektr qurilmaning qismi;
tok o`tkazmaydigan qism - ishning avariya rejimlarida kuchlanish ostida bo`lishi mumkin bo`lgan elektr qurilmaning qismi, masalan elektr mashina korpusi;
elektr himoya vositalari-elektr qurilmalarda ishlayotganda elektr toki jaroxatidan, elektr yoyi va elektr magnit maydoni ta`siridan odamlarni himoya qilishga xizmat qiluvchi, o`zi bilan va transportda olib yuriladigan buyumlar;
elektr qurilma - elektr energiyasini hosil qilish yoki o`zgartirish, uzatish, taqsimlash yoki iste`mol qilish uchun mo`ljallangan o`zaro bog`langan uskunalar va inshootlar majmui;
maxalliy navbatchi xodimlarsiz elektr qurilma - TChB yoki tezkor-ta`mirlash xodimlari tomonidan xizmat ko`rsatiladigan elektr qurilma, HL, KL;
ishlab turgan elektr qurilma - kuchlanish ostida bo`lgan yoki kommutatsion apparatlarni ulash bilan kuchlanish berilishi mumkin bo`lgan elektr qurilma, yoki uning qismi;
1000 V gacha va undan yuqori kuchlanishli elektr qurilma- 1000 V gacha va undan yuqori kuchlanishli bo`lgan elektr qurilma (amaldagi kuchlanishning qiymatiga qarab). Mazkur Qoidalarning 1000 V gacha kuchlanishli elektr qurilmalarning talablari 42 V dan yuqori kuchlanishga tegishli.
II bob. Umumiy Qoidalar

  1. Mazkur Qoidalarga muvofiq foydalaniladigan himoya vositalari davlat standartlari talablariga, shuningdek «Elektr qurilmalarida foydalaniladigan himoya vositalarini qo`llash va sinash qoidalari» ga javob berishi shart.

  2. Ishlarni bajarishda qo`llaniladigan mexanizmlar va yuk ko`tarish mashinalari, kompressor qurilmalari va xavo yig`gichlar, asboblar va moslamalar sinalgan bo`lishi shart va mehnat xavfsizligi standartlari talablariga, «Sanoatgeokontexnazorat» Davlat inspektsiyasining amaldagi Qoidalariga va Asbob va moslamalar bilan ishlaganda xavfsizlik qoidalariga, shuningdek ishlab chiqargan zavod yo`riqnomalariga muvofiq ekspluatatsiya qilinishi shart.

  3. Ishlab turgan elektr qurilmalarda qurilish va montaj ishlarini bajarayotganda “Qurilishda xavfsizlik texnikasi” qurilish me`yorlari va qoidalari (bundan keyin - QMQ) talablariga rioya qilinishi shart.

  4. Ishchi va xizmatchilar uchun mehnatni muxofaza qilish yo`riqnomalarida mazkur Qoidalarning talablarini hisobga olishlari shart.

Har bir xodim, agar u Qoidalar buzilishini bartaraf etish choralarini ko`ra olmasa, zudlik bilan yuqori turgan raxbariyatga barcha aniqlangan buzilishlar, shuningdek elektr qurilmalaridagi inson xayoti uchun xavf tug`diruvchi nosozliklar, ish olib borish jarayonida ishlatiladigan mashinalar, mexanizmlar, asboblar, moslamalar va himoya vositalaridagi buzilishlar haqida xabar berishi shart.

  1. Mazkur Qoidalarning talablariga zid keladigan farmoyish va topshiriqlarni bajarish man qilinadi.

III bob. Xodimlarga talablar

  1. Ishlayotgan xodimlarni o`qitish va bilimlarini tekshirish tartibi «Energetika ishlab chiqarish korxonalarida xodimlar bilan ishlarni tashkil qilish qoidalari»ga (ro`yxat raqami 1178, 2002 yil 4 oktyabr, - O`zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo`mitalari va idoralarining me`yoriy xujjatlar axborotnomasi, 2002 yil 19-son) muvofiq amalga oshiriladi.

8. Zararli va xavfli mehnat sharoitlarida- ishlaydigan ishchilar va muxandis-texnik xodimlar (bundan keyin-MTX) “Xodimlarni tibbiy ko`rikdan o`tkazish tartibini tasdiqlash to`g`risida nizom”ga (ro`yxat raqami 2387, 2012 yil 29 avgust) (O`zbekiston Respublikasi qonun xujjatlari to`plami, 2012 yil, 35-son, 407-modda, 19-son) muvofiq tibbiy ko`rikdan o`tishlari shart.
9. Elektr qurilmalarga xizmat ko`rsatayotgan xizmatchilar, o`zlarining egallab turgan lavozimi yoki kasbi doirasida mazkur Qoidalarni bilishlari va mazkur Qoidalarning 1-ilovasiga muvofiq; elektr xavfsizligi bo`yicha guruhga ega bo`lishlari shart.
Qoidalar bo`yicha bilimlari tekshiruvdan o`tgan xodimga belgilangan namunadagi guvoxnoma beriladi va xodim guvoxnomani ish paytida o`zi bilan olib yurishi shart.
Xavfsizlik bo`yicha qo`shimcha talablar qo`yiladigan ishlarni (maxsus ishlarni) bajarish xuquqiga ega bo`lgan xodimlar guvoxnomasida bilimlar sinovidan o`tganligi haqida belgilangan namunadagi yozuv bo`lishi shart.
Bunday ishlarga quyidagilar kiradi:

  • yuqorida bajariladigai ishlar;

  • tok o`tkazuvchi qismlarda kuchlanish ostida bajariladigai ishlar;

  • izolyatorlarni tozalash, yuvish va almashtirish, simlarni ta`mirlash, izolyatorlarni va biriktiruvchi qisqichlarni o`lchov shtangasi bilan nazorat qilish, troslarni moylash;

  • bosim ostida ishlaydigan idishlarga xizmat ko`rsatish;

  • uskunalarni yuqori kuchlanish ostida sinash (megaommetr bilan ishlashdan tashqari).

Maxsus ishlar ro`yxati korxona raxbariyati ko`rsatmasiga binoan, maxalliy sharoitlarni hisobga olgan holda to`ldirilishi mumkin.
11. O`n sakkiz yoshga to`lmagan shaxslarni «O`n sakkiz yoshdan kichik shaxslarning mehnati qo`llanishi taqiqlanadigan noqulay mehnat sharoitlari ishlari ro`yxati»da keltirilgan (ro`yxat raqami 1990, 2009 yil 29 iyul) (O`zbekiston Respublikasi qonunlari to`plami, 2009 yil, 30-31 sonlar, 355 b.) ishlarga jalb qilish taqiqlanadi.
12. Mazkur Qoidalarning talablarini buzgan xodimlar O`zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq javobgarlik olib boradilar.
IV bob. Tezkor xizmat ko`rsatish va ishlarni bajarish

Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling