Elektr qurilmalarni ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi


Download 1.18 Mb.
bet6/55
Sana22.11.2023
Hajmi1.18 Mb.
#1793984
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55
Bog'liq
ELEKTR QURILMALARNI EKSPLUATATSIYA QILISHDA XAVFSIZLIK TEXNIKASI QOIDALARI

yuk ko`tarish mashinalari - yuk ko`tarish uchun barcha turdagi kranlar, kran-ekskavatorlar (ishlarini po`lat arqonga osilgan ilgaklar yordamida bajaradigan ekskavatorlar), tallar va chigirlar;
navbatchi xodimlar (navbatchi) - smenada navbatchilik qilayotgan va tezkor boshqaruv va tezkor almashlab-ulashga ruxsat etilgan xodimlar: dispetcherlar, navbatchi muxandislar, texniklar, smena boshliqlari, uyda va boshqaruv shchitlarida navbatchilik qiluvchilar, tezkor chiqish brigadalari (bundan keyin - TChB) a`zolari. Ushbu Qoidalar matnida yuqoridagi xodimlarni ajratish talab qilinmasa, «navbatchi» atamasi ishlatiladi;
«shart», «zarur», «kerak» - ushbu Qoidalarning talablarini bajarish majburiyligini bildiradi;
«ijozat etiladi», «mumkin» - ushbu Qoidalarning talablarini istisno sifatida (maxalliy sharoitlarga qarab) majburan qo`llanilishini bildiradi;
elektr maydonining ta`sir zonasi - elektr maydonning kuchlanganligi 5 kV/m dan ortiq bo`lgan ochiq fazo;
ekranlash zonasi - elektr maydon kuchlanganligi 5 kV/m dan ortmaydigan, elektr maydonda bo`lgan bino va inshootlar, shuningdek yerga ulangan metall konstruktsiyalar, uskuna poydevorlari, kuch transformatorlari va yirik gabaritli ob`ektlar yaqinidagi fazo;
elektr uzatish kabel liniyasi (bundan keyin - KL) - bir yoki bir necha kabellardan tashkil topgan, bevosita yerga, kabel kanallariga, quvurlariga va kabel konstruktsiyalariga yotqizilgan elektr uzatish liniyasi;
kommutatsiya apparati - elektr zanjirlarini kommutatsiya qilish va tok o`tkazish uchun mo`ljallangan elektr apparati (o`chirgich, yuklama o`chirgichi, bo`lgich, ajratgich, avtomat, rubilnik, paketli o`chirgich, saqlagich va hokazolar);
mexanizmlar - gidravlik ko`targichlar, teleskopik minoralar, ekskavatorlar, traktorlar, avtoyuklagichlar, burg`ulash-kran mashinalari, mexanik yuritma yordamida uzaytirish yoki qisqartirish mumkin bo`lgan narvonlar va xokazolar;
mexanik qulf - kalit, olinadigan dastak va xokazolar bilan berkitiladigan qulf;

Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling