xavfsizlik texnikasi
QOIDALARI
Mazkur Qoidalar O`zbekiston Respublikasining «Mehnat muhofazasi to`g`risidagi» qonuniga va O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 1992 yil 29 apreldagi 210-son «Sobiq SSR Ittifoqining qonunga oid hujjatlarini qayta ko`rib chiqish ishlarini tashkil etish to`g`risida»gi qaroriga muvofiq elektr qurilmalarini ishonchli, xavfsiz va samarali ekspluatatsiya qilishni, shuningdek xavfli ishlab chiqarish vaziyatlarini oldini olishni tartibga soladi.
Mazkur Qoidalarda ishlab turgan elektr qurilmalarda ishlayotganlarga xavfli ishlab chiqarish omillarining ta`sirini bartaraf qiluvchi asosiy tashkiliy va texnik tadbirlar keltirilgan, shuningdek generatorlarda, transformatorlarda, elektr dvigatellarda, taqsimlovchi qurilmalarda, elektr uzatish liniyalarida va boshqalarda turli ishlarni (ekspluatatsiya, ta`mirlash, sozlash va b.) bajarishda xavfli ishlab chiqarish vaziyatlari va baxtsiz xodisalarning oldini olish imkonini beruvchi xavfsizlik choralari keltirilgan.
Mazkur Qoidalarning talablari, mulkchilik shakllaridan qat`iy nazar barcha idoralarning elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi korxonalari (bundan keyin - elektr stantsiyalar) elektr tarmoqlari korxonalari, elektr energiyasini ishlab chiqarilishini, uzatilishini va taqsimlanishini amalga oshiruvchi ob`ektlar uskunalarida ishlarni bajaruvchi, shuningdek ushbu ob`ektlarga taalluqli ishlarni bajaruvchi ilmiy tadqiqot institutlari, loyixa, qurilish-montaj, ta`mirlash va sozlash tashkilotlari uchun majburiydir.
1 bob. Asosiy tushunchalar va atamalar
1. Mazkur Qoidalarda quyidagi tushunchalar va atamalardan foydalanilgan:
ma`muriy-texnik xodimlar - rayon energetika boshqarmalari, korxonalar, tsexlar, laboratoriyalar, rayon va uchastka elektr tarmoqlari raxbarlari, xizmat va bo`lim boshliqlari, ularning o`rinbosarlari, shuningdek zimmasiga ma`muriy vazifalar yuklatilgan muxandislar, texniklar va ustalar;
brigada (naryad yoki farmoyish bo`yicha) - Tarkibida ish bajaruvchi yoki kuzatuvchi bilan birga ikki va undan ortiq a`zolari bo`lgan brigada;
Do'stlaringiz bilan baham: |