Elektr qurilmalarni ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi


Download 1.18 Mb.
bet5/55
Sana22.11.2023
Hajmi1.18 Mb.
#1793984
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55
Bog'liq
ELEKTR QURILMALARNI EKSPLUATATSIYA QILISHDA XAVFSIZLIK TEXNIKASI QOIDALARI

yuqorida bajariladigai ishlar - yer, bostirma yoki ishchi to`shama yuzasidan 5 m va undan yuqori balandlikda montaj moslamalari bilan yoki bevosita konstruktsiya qismlarida, uskunalarda, mashina va mexanizmlarda turib bajariladigai ishlar. Bunday hollarda ish jarayonining barcha laxzalarida va joydan-joyga o`tishda ishchini balandlikdan yiqilishidan asraydigan yagona vosita bo`lib himoya kamari xizmat qiladi;
elektr uzatish havo liniyasi (bundan keyin - HL) - ochiq havoda joylashgan va izolyatorlar va armaturalar yordamida tayanchlarga yoki muxandislik inshootlari (ko`priklar, ko`prik yo`llari va xokazolar) kronshteynlariga va ustunlariga maxkamlangan simlar orqali elektr energiyasini uzatish uchun qurilma.
Elektr uzatish liniyasining boshlanishi va oxiri deb, liniya portallari yoki taqsimlovchi qurilma (bundan keyin - TQ), shoxobchalar uchun esa - shoxobchaga ajralgan erdagi tayanch va liniya portallari yoki taqsimlovchi kurilmaga kiruvchi qismi qabul kilinadi. Bunda HL tomonidan liniya portallariga o`rnatilgan tortuvchi izolyatsiyalovchi osmalar, hamda HL simlarida maxkamlangan barcha qisqichlar, HL ga qarashlidir. Liniya portallari, podstantsiya tomonidan tortuvchi izolyatsiyalovchi osmalari bilan, ushbu portallardagi xalqa, HL simlaridan Har xil uskunalarga (kommutatsiya apparatlariga, razryadlagichlarga, aloqa kondensatorlariga va xokazolarga) tushirishlar hamda yuqori chastotali to`sqichlar havo elektr uzatish liniyasiga kirmaydi;
ilashgan kuchlanish ostidagi havo liniyasi - bor uzunligi yoki ayrim uchastkalari bo`yicha umumiy uzunligi 2 km dan kam bo`lmagan masofada boshqa 110 kV va undan yuqori kuchlanishli elektr uzatish havo liniyasining o`q chizig`idan:
110 kV kuchlanishli HL uchun - 100 m gacha;
220 kV kuchlanishli HL uchun -150 m gacha;
500 kV kuchlanishli HL uchun - 200 m gacha masofada o`tadigan HL va aloqa havo liniyasi (bundan keyin - AHL);
ikkilamchi (yordamchi) zanjir - elektr stantsiyalardagi (podstantsiyalardagi) asboblar va boshqaruv qurilmalari, avtomatika, o`lchov, himoya va signalizatsiyani bir-biriga bog`lovchi simlar va qisqichlar qatorining majmui;

Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling