Elektr qurilmalarni ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi


Elektr qurilmada kuchlanish yo`q bo`lib qolgandan keyin ogoxlantirilmasdan u yana qayta berilishi mumkinligini xodimlar yodda tutishlari shart. 39


Download 1.18 Mb.
bet14/55
Sana22.11.2023
Hajmi1.18 Mb.
#1793984
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   55
Bog'liq
ELEKTR QURILMALARNI EKSPLUATATSIYA QILISHDA XAVFSIZLIK TEXNIKASI QOIDALARI

38. Elektr qurilmada kuchlanish yo`q bo`lib qolgandan keyin ogoxlantirilmasdan u yana qayta berilishi mumkinligini xodimlar yodda tutishlari shart.
39. Sutkaning qorong`i paytida ish uchastkalari, yo`lkalar, u yerga borish yo`llari va ish joylari yoritilgan bo`lishi shart. YOritilish darajasi bir maromda bo`lib, yoritish qurilmalari ishlayotganlarning ko`zini qamashtirmasligi kerak. YOritilmagan joylarda ishlash man etiladi.
40. Momoqaldiroq yaqinlashayotganda HL, ADL, OTQ, YOTQ ning HL chiqarmalari va liniya ajratgichlarida, HL uchastkalariga ulangan KL da, shuningdek aloqa uzellari xonalarini AHL kirgan qismida va antenna-ustunli inshootlardagi barcha ishlar to`xtatilishi shart.
41. Elektr stantsiyalar va podstantsiyalarning ishlab turgan elektr uskunalari (boshqarish, rele va shunga o`xshash shchitlardan tashqari) joylashgan xonalarda, YOTQ va OTQ da, quduqlarda, tunnellarda va transheyalarda bo`lgan, shuningdek HL ga xizmat ko`rsatishda va kapital ta`mirlashda ishtirok etuvchi barcha xodimlar himoya kaskalaridan foydalanishga majburdir.
42. Kompressor qurilmalari va havo yig`gichlarga, akkumulyator batareyalari va zaryadlovchi qurilmalarga xizmat ko`rsatuvchi xizmatchilar III guruhga ega bo`lishlari shart.
43. Boshqarish shchitlarida va TQ da joylashgan hisoblagichlar va boshqa o`lchov asboblarining ko`rsatgichlarini navbatchi nazorati ostida korxona yoki boshqa tashkilot xodimidan bo`lgan xizmatchi yozib olishi mumkin. Maxalliy navbatchi xodim bo`lmagan taqdirda, ko`rsatgichlar TCHB ning katta xodimi nazorati ostida yozib olinishi mumkin.
44. Yer qazish ishlarini bajarishda QMQ «Qurilishda xavfsizlik texnikasi» talablariga rioya qilinishi zarur.
V bob. Tashkiliy tadbirlar



Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling