33. Kuchlanish ostida bo`lgan uskunaning izolyatorlariga elektr himoya vositalarini qo`llamasdan tegish man etiladi.
34. HL va AHL ning elektr bog`langan uchastkalarini (simlarni, troslarni) ulash yoki uzishdan oldin, ularning potentsiallarini tenglashtirish kerak. Uchastkalarning potentsiallarini tenglashtirish, ularni sim orqali ulash yoki uzilishi kerak bo`lgan (uzilish mo`ljallangan) joyning ikkala tomoniga yerga ulagichlarni o`rnatish, so`ngra ularni bir umumiy yerga ulagichga (yerga ulash qurilmasiga) ulash orqali amalga oshiriladi.
35. Elektr himoya vositalaridan foydalanib (izolyatsiyalovchi shtangalar va ombirlar, elektr o`lchov shtangalari va ombirlari, kuchlanish ko`rsatgichi bilan) ishlaganda tok o`tkazuvchi qismlarga odamning yaqinlashishi, ushbu vositalarning izolyatsiyalangan qismi uzunligi bilan aniqlanadigan masofaga ruxsat beriladi.
36. OTQ va HL lardagi kesishish oraliqlarida kuchlanish ostida bo`lgan simlardan pastda joylashgan simlar (troslar) va ularga taalluqli izolyatorlar va armaturalarni almashtirishda, almashtirish uchun mo`ljallangan simlarni siltab tortganda yuqorida joylashgan kuchlanish ostida bo`lgan simlarga tegib ketmasligi uchun ushbu o`zgartirilayotgan simlar (troslar) ustiga o`simlik yoki sintetik toladan to`qilgan arqonlar tashlanadi. Arqonlar kesishgan oraliqda joylashgan simni ikki joydan xar tarafga tashlanib, ularning uchlari langarga, konstruktsiyalarga yoki boshqa joylarga tortib maxkamlanishi kerak. Simlarni (trosni) ko`tarish asta-sekin va bir maromda bajarilishi shart.
37. Kuchlanish ostidagi simlardan (troslardan) yuqorida joylashgan simlarda va ularga taalluqli izolyatorlarda, armaturadagi ishlar, korxona rahbariyati tasdiqlagan IBL bo`yicha olib borilishi kerak. IBL da simlarni (troslarni) osilib tushib ketmasligi, hamda ilashgan kuchlanishdan himoya qilish choralari ko`zda to`tilgan bo`lishi kerak. Bunday ishlarni bajarishda kesishgan oraliqda joylashgan simlardan kuchlanishni olmasdan turib simlarni (troslarni) almashtirish man qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |