§. Ishlar to`liq tugaganidan so`ng elektr qurilmani ulash
Elektr qurilmani faqat ish joyini tayyorlashga va ishga qo`yishga ruxsat bergan yoki uni almashtirgan shaxsdan, bunga ruxsat (farmoyish) olingandan so`ng ulash mumkin.
Elektr qurilmani ulab ishga tushirish xaqidagi ruxsatni (farmoyishni) faqat ushbu elektr qurilmada ish joylarini tayyorlashga va ishga qo`yishga ruxsat berilgan ish bajaruvchilar va ishga qo`yuvchilarning barchasidan ishni to`liq tugaganligi, 96-band talablari bajarilganligi va elektr qurilmani ulash imkoniyati borligi to`g`risidagi xabar olingandan so`ng berish mumkin.
Ishlar to`liq tugagandan so`ng, elektr qurilmani ulashga ruxsat (farmoyish) olgan navbatchi yoki tezkor-ta`mirlash xodimlaridan bo`lgan shaxs, ushbu elektr qurilmani ulashdan oldin ish joylarini tayyorlashda navbatchi yoki tezkor-ta`mirlash xodimi tomonidan o`rnatilgan vaqtinchalik to`siqlarni, ko`chma plakatlarni va yerga ulagichlarni olishi, doimiy to`siqlarni tiklashi shart.
Tezkor-ta`mirlash xodimlaridan bo`lgan ishga qo`yuvchiga elektr qurilmada ishlar tugagandan so`ng, ish joyini tayyorlashga va ishga qo`yishga ruxsat bergan yoki uni almashtirgan xodimning ruxsatini yoki farmoyishini olmasdan, elektr qurilmani ulash xuquqi berilishi mumkin.
Bunday ulashga xuquq berilishi naryadning «Alohida ko`rsatmalar» satrida yozilishi va ishga qo`yuvchiga ish joyini tayyorlashga va ishga qo`yishga ruxsat berishda tasdiqlanishi shart. Naryadda bunday tasdiqni rasmiylashtirish talab qilinmaydi.
Bunday ulashga xuquq, faqat ushbu qurilmada yoki uning uchastkasida boshqa brigada ishlashiga ruxsat berilmagan holda beriladi.
Avariya holatlarida ta`mirlashga chiqarilgan elektr qurilmani yoki elektr uskunani navbatchi xodim yoki ishga qo`yuvchi, ish bajarayotgan brigada yo`qligida ish tamom bo`lgunga qadar, ish bajaruvchi o`z ish joyiga etib kelguncha yoki u naryadni qaytarib berguncha ish joylarida ish bajaruvchini elektr qurilma ulanganligi va ishni davom ettirish man qilinganligi haqida ogoxlantirishi majbur bo`lgan odamlar qo`yilishi sharti bilan ulashi mumkin.
11-
Do'stlaringiz bilan baham: |