Elektr qurilmalarni ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi
Download 1.18 Mb.
|
ELEKTR QURILMALARNI EKSPLUATATSIYA QILISHDA XAVFSIZLIK TEXNIKASI QOIDALARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 9- §. Ish jarayonidagi tanaffuslarni va ish tugashini rasmiylashtirish
§. Boshqa ish joyiga o`tkazish
Elektr stantsiyalar va podstantsiyalarning 1000 V dan yuqori bo`lgan elektr qurilmalarida brigadani boshqa ish joyiga o`tkazishni ishga qo`yuvchi amalga oshiradi. Ushbu o`tkazishni ish raxbari yoki ish bajaruvchi ham amalga oshirishi mumkin, agar naryad beruvchi naryadning “Alohida ko`rsatmalar” satrida yozma ravishda ularga bu ishni topshirgan bo`lsa. Bitta HL, AHL, KL ning turli ish joylarida va elektr stantsiyalar va podstantsiyalarning 1000 V gacha bo`lgan elektr qurilmalarida brigadani boshqa ish joyiga o`tkazishni ish bajaruvchi, naryadda rasmiylashtirmasdan, amalga oshiradi. Brigadani boshqa ish joyiga o`tkazish mazkur Qoidalarning 3-ilovasida keltirilgan naryadning 3-jadvalida rasmiylashtiriladi. Navbatchi yoki tezkor- ta`mirlash xodimlaridan bo`lgan ishga qo`yuvchi amalga oshirayotgan o`tkazish naryadning xar ikkala nusxasida rasmiylashtiriladi. Elektr stantsiyalar va podstantsiyalarning elektr qurilmalarida uskunani o`chirmasdan bajariladigai ishlarda, naryadda rasmiylashtirish faqat brigadani bir taqsimlovchi qurilmadai boshqasiga o`tkazishda talab etiladi. Barcha elektr qurilmalarda farmoyish bo`yicha ish bajarilayotganda brigadani boshqa ish joyiga o`tkazishni rasmiylashtirish talab kilinmaydi. 9-§. Ish jarayonidagi tanaffuslarni va ish tugashini rasmiylashtirish Ish kuni davomidagi tanaffus vaqtida (ovqatlanish uchun, ish sharoitlari tufayli) brigada ish joyidan chiqarilishi, hamda TQ joylashgan xona eshigi qulflab qo`yilishi shart. Naryad ish bajaruvchida (kuzatuvchida) qoladi. Brigada a`zolari tanaffusdan so`ng ish bajaruvchisiz (kuzatuvchisiz) ish joyiga qaytish xuquqiga ega emas. Bunday tanaffusdan so`ng ish bajaruvchi (kuzatuvchi) brigadani naryadda rasmiylashtirmasdan ishga qo`yadi. Ish kuni tugashi tufayli ishda tanaffus bo`lsa, brigada ish joyidan chiqarilishi shart. Plakatlar, to`siqlar, bayroqchalar va yerga ulagichlar olinmaydi. Ish bajaruvchi (kuzatuvchi) naryadni ishga qo`yuvchiga topshirishi, u yo`q bo`lgan taqdirda esa, naryadni maxsus ajratilgan joyda, masalan amaldagi naryadlar jildiga solib qoldirishi shart. Maxalliy navbatchi xodimlarsiz elektr qurilmalarda ish kuni tugashi bilan, ish bajaruvchiga (kuzatuvchiga) naryadni o`zida qoldirishga ruxsat etiladi. Ish bajaruvchi (kuzatuvchi) ish tugashini naryadning o`zidagi nusxasida imzo qo`yib rasmiylashtiradi. Kelgusi kunlarda brigadani tayyorlangan ish joyiga qayta qo`yish ishga qo`yuvchi yoki uning ruxsati bilan ish raxbari tomonidan amalga oshiriladi. Bunda yuqori turuvchi tezkor xodimning ruxsatini olish talab kilinmaydi. Ish bajaruvchi (kuzatuvchi) ishga qo`yuvchining ruxsati bilan brigadani tayyorlangan ish joyiga ishlashiga qo`yishi mumkin, agar naryadning «Alohida ko`rsatmalar» satrida yozma ravishda unga bunday tonshirik berilgan bo`lsa. Navbatchi yoki tezkor-ta`mirlash xodimlaridan bo`lgan ishga qo`yuvchi tomonidan amalga oshiriladigan brigadani ishga qo`yish naryadning xar ikkala nusxasida, ish raxbari yoki ish bajaruvchi (kuzatuvchi) tomonidan amalga oshiriladigan brigadani ishga qo`yish - naryadning ish bajaruvchida (kuzatuvchida) bo`lgan nusxasida rasmiylashtiriladi. Kelgusi kun ishni boshlashdan oldin, ish bajaruvchi (kuzatuvchi) ish joyida qoldirilgan plakatlar, to`siqlar, bayroqchalar butunligiga va to`laligiga, shuningdek yerga ulagichlarning ishonchliligiga ishonch hosil qilgandan keyin brigadani ishga kuyadi. Ishlar to`liq tugagandan so`ng, ish bajaruvchi (kuzatuvchi) brigadani ish joyidan chiqarishi, brigada qo`ygan vaqtinchalik to`siqlar, plakatlar, bayroqchalar va yerga ulagichlarni olishi, elektr qurilma eshiklarini qulfga berkitishi, naryadda o`z imzosi bilan ishlar to`liq tugaganligini rasmiylashtirishi shart. Ish raxbari ish joylarini tekshirganidan so`ng, ishlar to`liq tugaganini naryadda rasmiylashtiradi. Ish bajaruvchi (kuzatuvchi) ishlar to`liq tugaganligi va mazkur Qoidalaring 96-bandi talablari bajarilganligi to`g`risida ishga qo`yuvchiga, u yo`q bo`lgan holda ish joylarini tayyorlashga va ishga qo`yishga ruxsat bergan shaxsga xabar berishi shart. Ishlar to`liq. tugaganligi rasmiylashtirilgan naryadni ish bajaruvchi (kuzatuvchi) ishga qo`yuvchiga topshirishi, u yo`q bo`lganda maxsus ajratilgan joyga, masalan amaldagi naryadlar jildiga solib, qoldirishi shart. Ishlar to`liq tugagandan so`ng, naryadni topshirish qiyin bo`lsa, ishga qo`yuvchining yoki ish joyini tayyorlashga va ishga qo`yishga ruxsat bergan shaxsning ruxsati bilan ish bajaruvchi naryadni o`zida qoldirishi mumkin. Bunday holda, shuningdek ish bajaruvchi o`rindoshlik asosida ishga qo`yuvchi vazifasini bajarsa, ish bajaruvchi (kuzatuvchi) ertasi kundan kechiktirmay naryadni navbatchiga yoki naryad bergan xodimga, uzoq uchastkalarda esa, uchastka ma`muriy-texnik xodimiga topshirishi shart. Ishga qo`yuvchi ishlar to`liq tugaganligi rasmiylashtirilgan naryadni olgandan keyin, ish joylarini ko`zdan kechirib chiqishi va ish joyini tayyorlashga va ishga qo`yishga ruxsat bergan xodimga ishlar to`liq bajarilganligi va elektr qurilmani ulash mumkinligi haqida xabar berishi shart. 10- Download 1.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling