Elektr qurilmalarni ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi


Download 1.18 Mb.
bet16/55
Sana22.11.2023
Hajmi1.18 Mb.
#1793984
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   55
Bog'liq
ELEKTR QURILMALARNI EKSPLUATATSIYA QILISHDA XAVFSIZLIK TEXNIKASI QOIDALARI

55. Har bir brigada a`zosi mazkur Qoidalarni, ishga qo`yish paytida va ish jarayonida olgan yo`riqnoma ko`rsatmalarini, shuningdek mehnatni muxofaza qilish bo`yicha maxalliy yo`riqnomalar talablarini bajarishi shart.
56. Korxona raxbariyatining yozma ko`rsatmasi bilan uning xizmagchilariga quyidagi xuquqlarpi berish rasmiylashtirilishi shart: naryad, farmoyish berish; ish raxbari; ish bajaruvchi; ishga qo`yuvchi (tezkor ta`mirlovchi xodimlardan), shuningdek elektr qurilmalarni bir o`zi ko`rib chiqish xuquqiga ega bo`lish.
57. Javobgar shaxslarga, o`rindoshlik asosida mazkur Qoidalarning 4-ilovasida keltirilgan vazifalarning birini bajarishlariga ijozat beriladi.
HL da kommutatsion apparatda operatsiya bajarmasdan ish joyini tayyorlashda, faqat kuchlanish yo`qligini tekshirish va ko`chma yerga ulagichlarni o`rnatish kerak bo`lgan hollarda ish raxbari yoki ta`mirlash brigadasidan tayinlangan ish bajaruvchi o`rindoshlik asosida ishga qo`yuvchi vazifasini bajarishiga ijozat etiladi.
2-§. Naryad yoki farmoyishni berish
58. Naryad ikki nusxada, telefon yoki radio orqali berilganda esa uch nusxada yoziladi. Telefon yoki radio orqali berilganda naryad beruvchi bir nusxada, naryad matnini qabul qiluvchi shaxs esa, naryadni ikki nusxada telefon yoki radiogramma holida qabul qiladi va qayta tekshirgandan so`ng naryad beruvchi imzosi o`rniga uning ismi sharifi, familiyasini yozib naryad yozuvi to`g`riligini o`z imzosi bilan tasdiqlaydi.
Ish bajaruvchi bir vaqtning o`zida ishga qo`yuvchi qilib tayinlanganda, naryad qanday usulda berilishidan katiy nazar, ikki nusxada to`ldiriladi va uning bir nusxasi naryad beruvchida qoladi.
Maxalliy sharoitlarga (dispecherlik punktining joylashishi) qarab naryadning bir nusxasi ish joyini tayyorlashga va ishga qo`yishga ruxsat beruvchida (dispetcherda) qolishi mumkin.
59. Bir ish raxbariga beriladigan naryadlar sonini naryad beruvchi belgilaydi.
Ishga qo`yuvchiga va ish bajaruvchiga (kuzatuvchiga) navbatma-navbat ishlarga qo`yish va ular bo`yicha ishlash uchun birdaniga bir necha naryadlar va farmoyishlar berilishi mumkin.
60. Naryadni ish boshlagan kundan boshlab 15 kalendar kunidan ko`p bo`lmagan muddatga berish ruxsat etiladi. Naryadni 1 marta, uzaytirilgan kundan boshlab, 15 kalendar kunidan ko`p bo`lmagan muddatgacha uzaytirish mumkin. Ish jarayonidagi tanaffuslarda naryad o`z kuchini saqlab qoladi.
61. Naryad muddatini mazkur naryadni bergan yoki ushbu elektr qurilmada naryad berish xuquqiga ega bo`lgan xodimgina uzaytirishi mumkin.
Naryad muddatini uzaytirishga ruxsat telefon, radio yoki chopar orqali ishga qo`yuvchiga, ish raxbariga yoki ish bajaruvchiga berilishi mumkin, bunday holda ushbu xodim o`z imzosi bilan naryad muddatini uzaytirgan xodimning ismi va familiyasini naryadda ko`rsatadi.

Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling