Elektr qurilmalarni ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi
§. Elektr stantsiyalar, podstantsiyalarning elektr qurilmalarida
Download 1.18 Mb.
|
ELEKTR QURILMALARNI EKSPLUATATSIYA QILISHDA XAVFSIZLIK TEXNIKASI QOIDALARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- II. Bir nechta ish joylarida, podstantsiyalarda, ulanmalarda bitta naryad bo`yicha bajariladigai ishlar
§. Elektr stantsiyalar, podstantsiyalarning elektr qurilmalarida
va KL da ishlarni bajarishda amalga oshiriladigan tashkiliy chora-tadbirlar I. Ish raxbarini tayinlash Ish raxbari quyidagi hollarda tayinlanishi shart: mexanizmlar va yuk ko`tarish mashinalarini qo`llab ishlanganda; 1000 V dan yuqori kuchlanishli elektr qurilmalardagi uskunalarni o`chirib bajariladigan ishlarda, elektr qurilmalarning barcha tok o`tkazuvchi qismlaridan mazkur Qoidalarning 106-bandiga muvofiq kuchlanish olingan hollardagi, oddiy va aniq sxemali elektr qurilmalardagi, YOTQ dagi elektr dvigatellarda va ularning ulanmalaridagi ishlardan tashqari; transport xarakati serqatnov bo`lgan va kommunikatsiyalar joylashgan zonalardagi KL va AKL da. Naryad beruvchiga, yuqorida sanab o`tilgan ishlardan tashqari, boshqa ishlarda ham ish raxbarini tayinlashga ruxsat beriladi. II. Bir nechta ish joylarida, podstantsiyalarda, ulanmalarda bitta naryad bo`yicha bajariladigai ishlar Mazkur Qoidalarning 106, 107, 109, 110, 112-bandlarida qayd etilgan hollardan tashqari, bitta ulanmaning bir yoki bir necha ish joylariga naryad berishga ruxsat etiladi. Hamma tok o`tkazuvchi qismlardan, shu jumladan HL va KL chiqarmalaridan kuchlanish olingan elektr qurilmalarda va qo`shni elektr qurilmalarga kirish yo`llari berkitilgan (1000 V gacha kuchlanishli shchit va yig`malar kuchlanish ostida qolishi mumkin) hollarda, barcha ulanmalarda bir vaqtda ishlash uchun bitta naryad berishga ruxsat beriladi. Bunda ish rahbarini tayinlash talab qilinmaydi. Agregatlar (qozonlar, turbinalar, generatorlar) va alohida texnologik qurilmalar (kul chiqarib tashlash, isitish, maydalash tizimlari va b.) ta`mirlashga chiqarilganda, ushbu agregat elektr dvigatellarining hammasida (yoki bir qismida) ishlash uchun bitta naryad va ushbu agregatlarning (uskunalarning) elektr dvigatellarini ta`minlovchi TQ ning hamma (yoki bir qism) ulanmalarida ishlash uchun bitta naryad berilishi mumkin. Bitta naryad faqat kuchlanishi bir xil bo`lgan elektr dvigatellarda va bir TQ ning ulanmalarida ishlash uchun berilishi mumkin. Bitta naryad bo`yicha elektr dvigatellarda va ularning komplekt taqsimlovchi qurilmalari (bundan keyin - KTQ) bilan jihozlangan TQ, da joylashgan ulanmalarida ishlashda, brigadani bir ish joyidan ikkinchi ish joyiga o`tkazishni rasmiylashtirish talab qilinmaydi, brigadani bir nechta ish joylariga tarqalib ishlashiga ruxsat etiladi. Konstruktsiyasi boshqacha ishlangan TQ da elektr dvigatellarning ulanmalarida ishga qo`yish va ishlash bir ish joyidan ikkinchi ish joyiga o`tkazishni rasmiylashtirish bilan bajarilishi shart. Bir shinalar tizimiga va xar qanday sonli sektsiyalarga ega bo`lgan 6-110 kV TQ da sektsiya to`liq va butunlay ta`mirlashga chiqarilganda, ushbu sektsiyaning shinalarida va barcha ulanmalarida (yoki qismida) ishlashga bitta naryad berishga ruxsat etiladi. Brigadani ushbu sektsiya chegarasida bir necha ish joylariga tarqalib ishlashiga ruxsat etiladi. Quyidagi hollarda bir elektr qurilmaning bir yoki bir necha ulanmalarida, har xil ish joylarida, bir vaqtning o`zida yoki navbatma-navbat ishlash uchun bitta naryad berishga ruxsat beriladi: kuch va nazorat kabellarini yotqizish va qayta yotqizishda, elektr uskunalarni sinashda, releli himoya qurilmalari va o`lchov asboblarini, blokirovka, avtomatika, telemexanika, aloqa va boshqa qurilmalarni tekshirishda; bir ulanmaning kommutatsion apparatlarini ta`mirlashda, shu jumladan ularning yuritmalari boshqa xonada joylashganda; tunnelda, kollektorda, quduqda, zovurda, kotlovanda alohida kabelni ta`mirlashda; ish joylarining joylashishi ish bajaruvchiga brigada ustidan nazorat olib borish imkonini bersa, ikkita kotlovanda yoki TQ Da va yonma-yon joylashgan kotlovanda bo`lgan kabellarni (ikkitadan ortiq bo`lmagan) ta`mirlashda. Bunda brigada a`zolarining bir nechta ish joylariga tarqatib ishlashiga ruxsat beriladi. Naryadda bir ish joyidan ikkinchi ish joyiga o`tkazishni rasmiylashtirish talab qilinmaydi. Mazkur Qoidalarning 106, 107, 109, 110-bandlariga muvofiq ishlarni bajarishda hamma ish joylari ishga qo`yishdan oldin tayyorlangan bo`lishi shart. Naryad bo`yicha ishlar to`liq tugatilmaguncha, biror-bir ulanmani ulashga tayyorlash, shu jumladan elektr dvigatellarni sinab ko`rish man etiladi. Brigada turli ish joylariga tarqatilgan holda, III guruhga ega bo`lgan bir yoki bir necha brigada a`zolariga ish bajaruvchidan alohida bo`lishlariga ijozat beriladi. Ish bajaruvchidan alohida bo`lishlari kerak bo`lgan brigada a`zolarini ish bajaruvchi ish joylariga olib borib, ularga ish jarayonida amal qilinishi kerak bo`lgan xavfsizlik choralari hakida yo`riqnoma berishi shart. Bir nechta podstantsiyalarda yoki bir podstantsiyaning bir nechta ulanmalarida bir turdagi ishlarni ketma-ket bajarish uchun bitta naryad berishga ijozat etiladi. Bunday ishlarga quyidagilar kiradi: izolyatorlarni artish; qisqichlarni tortish; tekshirish uchun moy olish va kamiga qo`yish; transformatorlar chulg`amlarini almashlab ulash; releli himoya qurilmalari, avtomatika, o`lchov asboblarini tekshirish; boshqa manbadan yuqori kuchlanish bilan sinash; izolyatorlarni o`lchov shtangasi yordamida tekshirish; KL ning shikastlangan joyini topish. Bunday naryadning amal qilish muddati 1 sutka. Har bir podstantsiyada va xar bir ulanmada ishga qo`yish naryadning 3-jadvalida (mazkur Qoidalarga 3-ilova) rasmiylashtiriladi. Podstantsiyalardan xar birini, undagi ishlar berilgan naryad bo`yicha to`liq bajarilgandan keyin ulashga ruxsat beriladi. Bir nechta elektr qurilmalarda (ulanmalarda) bajariladigai ishlar uchun navbatma-navbat farmoyish berishga ruxsat etiladi. Download 1.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling