Elektr qurilmalarni ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi


§. HL da yerga ulagichlarni o`rnatish


Download 1.18 Mb.
bet30/55
Sana22.11.2023
Hajmi1.18 Mb.
#1793984
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   55
Bog'liq
ELEKTR QURILMALARNI EKSPLUATATSIYA QILISHDA XAVFSIZLIK TEXNIKASI QOIDALARI

§. HL da yerga ulagichlarni o`rnatish

  1. 1000 V dan yuqori kuchlanishli HL barcha TQ da va liniya o`chirilgan sektsiyaga ajratadigan kommutatsion apparatlarning oldida yerga ulangan bo`lishi shart.

Quyidagilarga ruxsat etiladi:

  • 35 kV va undan yuqori va shaxobchalari mavjud HL da u ikki tomondan yerga ulanib, ushbu podstantsiyalarda yerga ulagichlar o`chirilgan liniya ajratgichlaridan keyin o`rnatilgan bo`lsa, ushbu shaxobchalarga ulangan podstantsiyalarda yerga ulamaslikka (mazkur Qoidalarning 6- ilovasi, 6-rasm);

  • 6 -20 kV HL ni faqat bir TQ da, yoki bir sektsiyaga ajratadigan apparat oldida, yoki TQ ga yoki sektsiyaga ajratadigan apparatga eng yaqin turgan tayanchda yerga ulashga. Ushbu kuchlanishdagi qolgan TQ larda va HL o`chirilgan, sektsiyaga ajratadigan apparatlar oldida, uni yerga ulamaslikka, HL da ish joylari va ushbu TQ yoki sektsiyaga ajratadigan apparatlar oralig`ida yerga ulagichlarni o`rnatish sharti bilan, ruxsat etiladi. HL da ko`rsatilgan yerga ulagichlarni, yerga ulaydigan qurilmalari bor tayanchlarga o`rnatish kerak (mazkur Qoidalarning 6- ilovasi 7-rasm).

1000 V gacha kuchlanishli HL da yerga ulagichlarni faqat ish joyida o`rnatish etarlidir.

  1. Mazkur Qoidalarning 168-bandida keltirilgan yerga ulagichlarga qo`shimcha ravishda, xar bir brigadaning ish joyida barcha fazalarning simlari, zarur bo`lganda troslar ham, yerga ulanishi shart.

  2. Aylanadigan metall roliklarda va ushlab turuvchi qisqichlarda yotgan simlar uchun shu roliklarning xalqalarini yoki qisqichlarni yerga ulash etarli. Rolikning halqasi yoki qisqich va metall tayanch konstruktsiyasi, shuningdek temnr-beton tayanchning yerga ulangan armaturasi orasida tabiiy metalli tutashish bo`lsa, rolik va qisqichni qo`shimcha yerga ulash talab qilinmaydi.

  3. Anker tayanchlari orasida simlar montaj qilinayotganda, shuningdek HL ning montaj qilingan uchastkasidagi anker tayanchlarida sirtmoqlar ulangandan keyin, simlar (troslar) boshlang`ich anker tayanchida va oxirgi oraliq tayanchlarining birida yerga ulanishi shart.

  4. HL ning tayyor uchastkasidagi simlar (troslar) orqali momaqaldiroq razryadi va boshqa o`ta kuchlanish potentsiali keyingi montaj qilinayotgan uchastkaga o`tish xavfini bartaraf qilish uchun, montaj qilingan anker oralig`ining oxirgi anker tayanchida, shuningdek HL ning montaj qilingan uchastkasida simlarni (troslarni) yerga ulash man qilinadi.

  5. Simlari ajratilgan HL da har bir fazada faqat bitta simni yerga ulashga ruxsat beriladi; izolyatsiyalovchi tirgaklar bo`lsa, fazaning hamma simlarini yerga ulash talab qilinadi.

  6. Bir zanjirli HL da yerga ulagichni ish olib borilayotgan tayanchga yoki qo`shni tayanchga o`rnatish kerak. Brigada ishlayotgan HL uchastkasining ikki tomonidan yerga ulagichlarni o`rnatishga, yerga ulagichlar orasidagi masofa 2 km dan oshmasligi sharti bilan, ruxsat beriladi.

  7. Tayanchdan izolyatsiya qilingan yashindan ximoyalash trosida yoki tayanch konstruktsiyalarida ushbu trosga 1 m dan kam masofaga yaqinlashib ishlaganda, tros yerga ulangan bo`lishi sharg. Yerga ulagichni trosning izolyatsiya qilingan oraliq tomonga yoki shu oraliqda o`rnatish kerak.

Agar ushbu trosda muzni eritish mo`ljallangan bo`lsa, ish boshlashdan oldin, tros kuchlanish kelishi mumkin bo`lgan tomonlardan o`chirilgan va yerga ulangan bo`lishi shart.

  1. Ko`chma yerga ulagichlarni metall tayanchlarda - ularning elementlariga, yerga ulovchi tushirishlari bo`lgan temir-beton va yog`och tayanchlarda - ushbu tushirishlarga, ularning butunligi tekshirilganidan keyin ulash kerak. Yerga ulovchi tushirishlari bo`lmagan temir-beton tayanchlarda yerga ulagichlarni tayanchning traverslariga va boshqa metall elementlariga ulash mumkin.

Neytrali yerga ulangan 1000 V gacha kuchlanishli elektr tarmoqlarda, nol simni takror yerga ulashlar mavjudligida, ko`chma yerga ulagichlarni ushbu simga ulash mumkin.
Ko`chma yerga ulagichlarni yerga ulovchi simlarga yoki konstruktsiyalarga ulash joylari buyokdan tozalanishi shart.
Ko`chma yerga ulagichni ish joyida, yerga kamida 0,5 m vertikal qoqilgan yerga ulagichga ulash mumkin. Yerga ulagichlarni tasodifiy tuproq uyumlariga o`rnatish man qilinadi.

  1. 1000 V gacha kuchlanishli HL ning tayanchlarida yoki izolyatsiyalovchi zvenosi bo`lmagan teleskopik minorada turib ishlaganda, ta`mirlanayotgan liniyaning simlariga, ushbu tyanchlarga osilgan barcha simlarga, jumladan radiotranslyatsiya va telemexanika liniyalarining barcha osilgan izolyatsiyalanmagan simlariga ham yerga ulagich o`rnatilishi shart.

  2. Ta`mirlashga topshirish uchun o`chirilgan HL da ko`chma yerga ulagichlarni o`rnatish va keyin uni olish va tayanchlardagi yerga ulaydigan pichoqlarni ulash ishlarini navbatchi yoki tezkor- ta`mirlash xodimlaridan bo`lgan xizmatchilar amalga oshirishlari shart: biri IV guruhga (1000 V dan yuqori kuchlanishli HL da) yoki III guruhga (1000 V gacha kuchlanishli HL da), ikkinchisi III guruhga ega bo`lishi shart. Ikkinchi xodim sifatida III guruhga ega ta`mirlash xodimini, iste`molchilarni ta`minlovchi HL da esa, - iste`molchi xodimini ishlatishga ruxsat beriladi.

Yerga ulaydigan pichoqlarni o`chirishga navbatchi yoki tezkor- ta`mirlash xodimlaridan bo`lgan III guruhga ega bir xizmatchiga ruxsat beriladi.
HL ning ish joylarida ko`chma yerga ulagichlarni ish bajaruvchi III guruhga ega bo`lgan brigada a`zosi bilan birgalikda o`rnatishi mumkin. Ushbu ko`chma yerga ulagichlarni olishni ish bajaruvchining farmoyishi bo`yicha III guruhga ega ikki brigada a`zosi bajarishi mumkin.

  1. HL da kuchlanish yo`qligini tekshirish, yerga ulagichlarni o`rnatish va olish paytida ikki xizmatchidan biri yerda turishi va boshqasini kuzatishi kerak.




Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling