Elektr qurilmalarni ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi


§. Xavfsizlik plakatlarini osish, ish joyini to`sish


Download 1.18 Mb.
bet27/55
Sana22.11.2023
Hajmi1.18 Mb.
#1793984
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   55
Bog'liq
ELEKTR QURILMALARNI EKSPLUATATSIYA QILISHDA XAVFSIZLIK TEXNIKASI QOIDALARI

§. Xavfsizlik plakatlarini osish, ish joyini to`sish

  1. Ulanishi bilan ish joyiga kuchlanish berilishi mumkin bo`lgan ajratgichlar, bo`lgichlar va yuklama o`chirgichlarining yuritmalariga, masofadan boshqarish tugmachalariga va kalitlariga, 1000 V gacha kuchlanishli kommutatsion apparatlarga (avtomatlar, rubilniklar, o`chirgichlar) “ULANMASIN! ODAMLAR ISHLAMOQDA” degan plakatlar osilgan bo`lishi shart.

Avtomatlari, rubilniklari va o`chirgichlari bo`lmagan 1000 V gacha kuchlanishli ulanmalarda plakatlar saqlagichlar olib qo`yilgan joylarga osiladi.
Tezkor shtangalar bilan boshqariladigan ajratgichlarda plakatlar to`siqlarga, bir qutbli ajratgichlarda esa xar bir ajratgichning yuritmasiga osiladi. KTQ da plakatlar mazkur Qoidalarning 243, 244-bandlariga muvofiq osiladi.
Ajratgichlarning pnevmatik yuritmalarida havoni to`sadigan surilma qopqoqlarga “OCHILMASIN! ODAMLAR ISHLAMOQDA” degan plakat osiladi.

  1. HL yoki KL da ish bajarish uchun o`chirilgan ajratgichlarning yuritmalariga ishlayotgan brigadalarning sonidan qat`iy nazar bitta “ULANMASIN! LINIYADA ISH BAJARILMOQDA” degan plakat osilgan bo`lishi shart. Bu plakat ish joylarini tayyorlashga farmoyish beruvchi va tarmoqda ishlayotgan brigadalarning sonini hisobga oluvchi xodimning ko`rsatmasi bo`yicha osiladi va echiladi.

  2. Kuchlanish ostida qolgan tok o`tkazuvchi qismlarni vaqtinchalik to`sish uchun yog`ochdan yoki boshqa izolyatsion materiallardan yasalgan shchitlar, shirmalar, ekranlar va boshqalar ishlatilishi mumkin.

Kuchlanishni olmasdan qo`yiladigan vaqtinchalik to`siqlardan tok o`tkazuvchi qismlargacha bo`lgan masofa mazkur Qoidalarning ilovasida ko`rsatilgan masofadan kam bo`lmasligi shart. 6 -10 kV kuchlanishli elektr qurilmalarda, zarur bo`lganda, bu masofa 0,35 m gacha kamaytirilishi mumkin.
Vaqtinchalik to`siqlarga «TO`XTA! KUCHLANISH» degan yozuv yozilgan, yoki mos xavfsizlik plakatlari maxkamlangan bo`lishi shart.

  1. 6-15 kV kuchlanishli elektr qurilmalarda tok o`tkazuvchi qismlarni to`sqichlar bilan to`sishning iloji bo`lmagan hollarda, o`chirilgan va kuchlanish ostida qolgan tok o`tkazuvchi qismlar orasiga (masalan, o`chirilgan ajratgichning kontaktlari orasiga) izolyatsiyalovchi qoplagichlarni qo`llashga ruxsat beriladi. Bu izolyatsiyalovchi qoplagichlar kuchlanish ostidagi tok o`tkazuvchi qismlarga tegib turishi mumkin.

Izolyatsiyalovchi qoplagichlarni o`rnatish va olishni IV va III guruhga ega bo`lgan ikki kishi (ulardan biri navbatchi yoki tezkor-ta`mirlash xodimlaridan) dielektrik qo`lqoplar va izolyatsiyalovchi shtangalar yoki ombirlardan foydalanib bajarishi shart.

  1. Ish joyi bilan chegaradosh kameralar, shkaflar va panellarning to`siqlariga «TO`XTA! KUCHLANISH» degan plakatlar osilgan bo`lishi shart.

  2. OTQ da yerda turib, poydevorlarga va alohida konstruktsiyalarga o`rnatilgan uskunalarda ishlar bajarilganda, ish joyi o`simlik yoki sintetik tolalardan qilingan kanatlar, arqonlar yoki shnurlar bilan (o`tish uchun joy qoldirilib) to`silgan bo`lishi, to`silgan maydon ichiga karatib to`siqlarga «TO`XTA! KUCHLANISH» degan plakatlar osilgan bo`lishi shart.

Arqonlarni osish uchun ish joyi zonasiga kirmagan konstruktsiyalardan, ular o`ralgan maydondan tashqarida qolish sharti bilan, foydalanishga ruxsat etiladi.
Liniya ajratgichlaridan tashqari, butun OTQ dan kuchlanish olinganda, ajratgich o`rnatilgan qurilmalar arqonlar bilan to`silib, to`silgan maydondan tashqariga qaratib «TO`XTA! KUCHLANISH» degan plakatlar osilgan bo`lishi shart. OTQ ning ikkilamchi zanjirlarida farmoyish bo`yicha ishlar bajarilganda ish joyini to`sish talab qilinmaydi.

  1. HL va KL dan tashqari, elektr qurilmalarda tayyorlangan ish joylariga «SHU YERDA ISHLANSIN!» degan plakat osilgan bo`lishi shart.

  2. OTQ da ish joyidan u bilan chegaradosh, kuchlanish ostida bo`lgan uchastkalargacha borish mumkin bo`lgan konstruktsiya uchastkalarida yaqqol ko`rinadigan «TO`XTA! KUCHLANISH» degan plakatlar o`rnatilgan bo`lishi shart. Bu plakatlarni III guruhga ega bo`lgan ta`mirlash xodimi ishga qo`yuvchi raxbarligida o`rnatishi mumkin.

YUqoriga chiqishga ruxsat etilgan konstruktsiyalarga chegaradosh bo`lgan konstruktsiyalarning pastki qismida «CHIQMA! O`LDIRADI» degan plakat osilgan bo`lishi shart.
Ishlarni bajarish uchun yuqoriga chiqishga ruxsat etilgan statsionar narvonlarga va konstruktsiyalarga «SHU YERDAN CHIQILSIN!» degan plakat osilgan bo`lishi shart.

  1. Ish to`liq tugamaguncha ish joylarini tayyorlash paytida qo`yilgan plakatlar va to`siqlarni olib tashlash yoki boshqa yerga ko`chirish man qilinadi.

3-
Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling