Elektr qurilmalarni ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi


Download 1.18 Mb.
bet29/55
Sana22.11.2023
Hajmi1.18 Mb.
#1793984
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   55
Bog'liq
ELEKTR QURILMALARNI EKSPLUATATSIYA QILISHDA XAVFSIZLIK TEXNIKASI QOIDALARI

Umumiy talablar

  1. Tok o`tkazuvchi qismlarga yerga ulagichlarni bevosita kuchlanish yo`qligi tekshirilgandan keyin o`rnatish shart.

  2. Ko`chma yerga ulagichni avval yerga ulaydigan qurilmaga, keyin, kuchlanish yo`qligi tekshirilgandan so`ng tok o`tkazuvchi qismlarga, mazkur Qoidalarning 6-ilovasida keltirilgan sxemalarga muvofiq o`rnatish kerak.

Ko`chma yerga ulagichni olish teskari ketma-ketlikda amalga oshiriladi: oldin tok o`tkazuvchi qismlaridan olinadi, keyin yerga ulaydigan qurilmadan ajratib olinadi.

  1. Ko`chma yerga ulagichlarni dielektrik qo`lqoplarda, 1000 V dan yuqori elektr qurilmalarda izolyatsiyalovchi shtangani qo`llab o`rnatish va olish shart. Ko`chma yerga ulagichlarning qisqichlarini shu shtanga yordamida yoki dielektrik qo`lqoplarda bevosita qo`llar bilan maxkamlash kerak.

  2. Yerga ulash uchun bunga mo`ljallanmagan o`tkazgichlardan foydalanish man qilinadi, mazkur Qoidalarning 227-bandida ko`rsatilgan hollar bundan mustasno.

5-§. Elektr stantsiyalar va podstantsiyalarning elektr
qurilmalarida yerga ulagichlarni o`rnatish

  1. 1000 V dan yuqori kuchlanishli elektr qurilmalarda ishlash uchun o`chirilgan uchastkaga kuchlanish berilishi mumkin bo`lgan barcha tomondan tok o`tkazuvchi qismlarning hamma fazalari (qutblari) yerga ulanishi shart, ishlash uchun o`chirilgan bitta yerga ulagichni o`rnatish etarli bo`lgan yig`ma shinalar bundan mustasno (mazkur Qoidalarning 6-ilovasi).

O`chirilgan liniya ajratgichida ishlar olib borganda, unda yerga ulaydigan pichoqlar borligidan qat`iy nazar, HL tomonidan tushgan simlarga, ajratgich bilan manipulyatsiya qilinganda buzmaydigan qilib, qo`shimcha yerga ulagich o`rnatilishi shart.

  1. Yerga ulangan tok o`tkazuvchi qismlar kuchlanish ostida bo`lgan tok o`tkazuvchi qismlardan ko`rinadigan uzilish bilan ajratilishi shart.

O`rnatilgan yerga ulagichlar bevosita ish bajarilayotgan tok o`tkazuvchi qismlardan o`chirilgan ajratgichlar, o`chirgichlar, bo`lgichlar yoki yuklama o`chirgichlari, olib qo`yilgan saqlagichlar, demontaj qilingan shinalar va simlar orqali ajratilishi mumkin.
Bevosita ish joyida tok o`tkazuvchi qismlarga, ushbu qismlar ilashgan kuchlanish (potentsial) ostida bo`lishi mumkin bo`lganda, qo`shimcha yerga ulagich o`rnatilishi kerak.

  1. Ko`chma yerga ulagichlarni tok o`tkazuvchi qismlarning buyokdan tozalangan joylariga ulash kerak.

  2. 1000 V gacha kuchlanishli elektr qurilmalarda TQ ning yig`ma shinalarida, shchitlarda, yig`malarda ishlar olib borilganda, shinalardan kuchlanish olinishi va shinalar (izolyatsiyalangan simlardan qilingan shinalardan tashqari) yerga ulanishi shart. Bu TQ, shchitlar, yig`malarning ulanmalarini va ularga ulangan uskunalarni yerga ulash zarurligini va mumkinligini naryad, farmoyish beruvchi aniqlaydi.

  3. Agar ishlarni bajarish xususiyatiga (izolyatsiya qarshiligini o`lchash va x.k.) ko`ra talab qilinsa, ish joyini tayyorlashda o`rnatilgan yerga ulagichlarni vaqtinchalik olib qo`yishga ruxsat beriladi.

Yerga ulagichlarni vaqtinchalik olishni va qayta o`rnatishni navbatchi, tezkor-ta`mirlash xodimi, yoki naryad beruvchi ko`rsatmasi bilan ish bajaruvchi amalga oshiradi.
Yerga ulagichlarni vaqtinchalik olishga ruxsat va uni ish bajaruvchi tomonidan amalga oshirilishi naryadning «Alohida ko`rsatmalar» satriga yozilib, kaerda va nima maqsadda yerga ulagichlar olinishi kerakligi qayd qilinishi shart.

  1. Yerga ulagichni o`rnatish xavfli yoki o`rnatishning iloji bo`lmagan elektr qurilmalarning konstruktsiyalarida (masalan, ayrim taqsimlovchi kutilarda, KTQ ning alohida turlarida, fazalari vertikal joylashgan yig`malarda) ish joyini tayyorlashda yerga ulagichni o`rnatmasdan ajratgich pichoqlariga dielektrik qalpoqlar kiygizishga yoki kommutatsion apparatlarning kontaktlari orasiga izolyatsion qoplama o`rnatishga ruxsat beriladi.

  2. 1000 V gacha bo`lgan elektr qurilmalarda yerga ulagichlarni o`rnatish va olish bo`yicha operatsiyalarni bajarishga III guruhga ega bo`lgan navbatchi yoki tezkor-ta`mirlash xodimdan bo`lgan bitta xizmatchiga ruxsat etiladi.

  3. 1000 V dan yuqori elektr qurilmalarda:

  • ko`chma yerga ulagichlarni ikki xizmatchi o`rnatishi shart:

  • biri IV guruhga ega (navbatchi yoki tezkor-ta`mirlash xodimlaridan), boshqasi III guruhga;

  • III guruhga ega xizmatchi ta`mirlash xodimlaridan, iste`molchi ulanmasiga yerga ulagichlarni o`rnatish esa - iste`molchi xodimidan bo`lishi mumkin. Uzoqda joylashgan podstantsiyalarda ma`muriy-texnik xodimlarning yoki dispetcherning ruxsati bilan asosiy sxemada yerga ulagichlarni o`rnatishda ikkinchi shaxs sifatida

guruhga ega iste`molchi xodimi ishlashiga ruxsat beriladi;

  • yerga ulaydigan pichoqlarni navbatchi yoki tezkor-ta`mirlash xodimlaridan IV guruhga ega bo`lgan bir xizmatchi ulashi mumkin;

  • yerga ulaydigan pichoqlariii uzishni va ko`chma yerga ulagichni olishni navbatchi yoki tezkor-ta`mirlash xodimlaridan III guruhga ega bo`lgan bir odam bajarishi mumkin.

6-
Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling