Elektr qurilmalarni ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi


Download 1.18 Mb.
bet12/55
Sana22.11.2023
Hajmi1.18 Mb.
#1793984
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   55
Bog'liq
ELEKTR QURILMALARNI EKSPLUATATSIYA QILISHDA XAVFSIZLIK TEXNIKASI QOIDALARI

28. Ishlarni o`zboshimchalik bilan bajarish, shuningdek ish joylarini va topshiriq xajmini naryad yoki farmoyishda belgilanganidan ortiq kengaytirish man qilinadi.
29. Elektr qurilmalarda, boshqa naryad amal qilayotgan zonada bajarilayotganda har qanday ishlar, ushbu ishlarni naryad bo`yicha ish olib borayotgan shaxs (ish raxbari) yoki ushbu naryadni bergan shaxs bilan kelishilgan holda bajarilishi shart.
Kelishuv, ish joyini tayyorlashdan oldin, naryadning xoshiyasida «Kelishildi» degan so`z yozilib, kelishilgan shaxs imzosi (mazkur Qoidalarning 3-ilovasi, 2-jadvali) bilan rasmiylashtiriladi.
30. 1000 V dan yuqori kuchlanishli elektr qurilmalarni, shuningdek kuchlanishidan qat`iy nazar HL ni kapital ta`mirlashlar texnologik karta yoki ishlarni bajarish loyixasi (bundan keyin - IBL) bo`yicha amalga oshirilishi shart.
31. Elektr stantsiyalar va podstantsiyalarning 1000 V gacha bo`lgan elektr qurilmalari va KL da kuchlanish ostida ishlayotganda quyidagilar bajarilishi shart:

  • ish joyiga yaqin joylashgan, bexosdan tegish extimoli bo`lgan kuchlanish ostidagi boshqa tok o`tkazuvchi qismlarni to`sish;

  • dielektrik kalishlarda yoki izolyatsiyalangan taglikda turib yoki dielektrik gilamchada ishlash;

  • dastagi izolyatsiyalangan asbobni (bundan tashqari otvertkalarning o`zagi ham izolyatsiyalangan bo`lishi kerak) qo`llash;

  • agar bunday asbob bo`lmasa, dielektrik qo`lqoplardan foydalanish.

Engi kalta yoki shimarilgan kiyimda ishlash, shuningdek temir arralar, egovlar, metalldan qilingan metrlar va boshqa shunga o`xshash asboblardan foydalanish man etiladi.
32. Agar elektr qurilmalarda egilib ishlayotgan shaxs qaddini rostlaganda, elektr qurilmaning tok o`tkazuvchi qismlarigacha masofa mazkur Qoidalarning 2-ilovasida ko`rsatilgan masofadan kam buladigan bo`lsa, bunday holatda ishlash man etiladi. Elektr stantsiyalar va podstantsiyalarning 6-110 kVli elektr qurilmalarida to`siqsiz tok o`tkazuvchi qismlar yonida ish bajarilganda, ushbu qismlar orqa yoki ikki yon tomonda joylashgan holatda bo`lishi man etiladi.

Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling