Elektr qurilmalarni ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi


Naryadlar bo`yicha ishlar to`liq tugagandan so`ng, ular 30 sutka davomida saqlanishi shart, keyin esa yo`q qilib yuborilishi mumkin. 63


Download 1.18 Mb.
bet17/55
Sana22.11.2023
Hajmi1.18 Mb.
#1793984
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   55
Bog'liq
ELEKTR QURILMALARNI EKSPLUATATSIYA QILISHDA XAVFSIZLIK TEXNIKASI QOIDALARI

62. Naryadlar bo`yicha ishlar to`liq tugagandan so`ng, ular 30 sutka davomida saqlanishi shart, keyin esa yo`q qilib yuborilishi mumkin.
63. Farmoyish bir martalik xarakterga ega bo`lib, uning muddati bajaruvchilar ish kunining davomiyligi bilan belgilanadi.
64. Ishga farmoyish ish bajaruvchiga va ishga qo`yuvchiga yoki ish joyini tayyorlashga va ishga qo`yishga ruxsat beruvchiga beriladi.
Maxalliy navbatchisi bo`lmagan elektr qurilmalarda, ish joyida ishga qo`yish talab qilinmaganda, farmoyish to`g`ridan-to`g`ri ish bajarayotgan shaxsga berilishi mumkin.
65. Farmoyish bo`yicha bajarilishi mo`ljallangan ishlar, naryad beruvchi xodim ixtiyoriga qarab, naryad bo`yicha bajarilishi mumkin. Naryadlar va farmoyishlar bo`yicha bajariladigai ishlarni hisobga olish mazkur Qoidalarning 5-ilovasida keltirilgan tartib bo`yicha amalga oshiriladi.
3-§. Qisqa muddatli va kechiktirib bo`lmaydigan ishlar
66. Qisqa muddatli, davomiyligi 1 soatdan ortiq bo`lmagan ishlarni farmoyish bo`yicha navbatchi yoki tezkor-ta`mirlash xodimi nazorati ostida ta`mirlash xodimi, shuningdek navbatchi yoki tezkor- ta`mirlash xodimining o`zi bajarishiga ruxsat beriladi.
Bunday ishlarga quyidagilar kiradi:

  • elektr dvigatel va boshqa uskunalardan kabellar, simlar, shinalarni ajratish yoki ulash;

  • TQ da releli himoya, avtomatika, telemexanika va aloqa, shu jumladan yuqori chastotali himoya va aloqa filtrlari qurilmalarida va zanjirlaridagi ishlar;

  • 4 kV li HL ni, shuningdek barcha kuchlanishli KL ni ajratish yoki ulash, fazirovka qilish, KL zanjirlarining butunligini tekshirish, transformator shaxobchalarini almashlab ulash, moy o`lchagich oynalarini va yakka izolyatorlarni artish, moyni kamiga quyish va tekshirishga olish, moyni quritish va tozalash apparaturalarini ulash va ajratish, havo o`chirgichlarning manometrlarini almashtirish, tok o`tkazuvchi qismlarning kizishini va titrashini tekshirish, elektr o`lchash ombirlari bilan o`lchash, simlar va shinalardan begona narsalarni, HL simlaridan qulagan daraxtlar, shox-shabba va boshqalarni olib tashlash;

  • elektr qurilmalarning, energetika tizimining dispetcherlik va texnologik boshqarish vositalari (bundan keyin - DTBV) (aloqa va telemexanikaning kabel va havo liniyalari, yuqori chastotali kanallar, telemexanika va aloqa qurilmalari) va kanallarining, issiqlik avtomatikasining, issiqlik texnika o`lchashlari va himoya qurilmalariiing, masofadan boshqarish vositalari, signalizatsiya va avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarining texnik vositalarining (bundan keyin - IAO`), iste`molchilar elektr ta`minotining normal ishlashiga xavf soluvchi yoki shunday nosozliklar paydo bo`lganda, ularni bartaraf qilish uchun kechiktirib bo`lmaydigan ishlar.

67. Mazkur Qoidalarining 66-bandida qayd etilgan ishlarni bajarishda ishlayotganlarning soni nazorat qiluvchi xodim bilan birgalikda 3 kishidan ortmasligi shart.
1000 V dan yuqori kuchlanishli elektr qurilmalarda ishlaganda, ish bajarayotgan yoki nazorat qilayotgan navbatchi yoki tezkor-ta`mirlash xodimlaridan kattasi IV guruhga, 1000 V gacha bo`lgan elektr qurilmalarda - III guruhga ega bo`lishi shart. Brigadaning qolgan a`zolari III guruhga ega bo`lishlari shart. Iste`molchini ta`minlovchi ulanmalardagi ishlarga iste`molchining xodimlari ham jalb qilinishi mumkin.
Ishni boshlashdan oldin, ish joyini tayyorlashga oid ochiq taqsimlovchi elektr qurilmalarda, bunday holda bajarilishi shart bo`lmagan ish joyini arqon yoki shnur bilan o`rashdan tashqari, barcha texnik tadbirlar amalga oshirilishi shart.
Mazkur Qoidalarning 66-bandida qayd etilgan ishlarni bajarish uchun 1 soatdan ko`p vaqt yoki 3 kishidan ortiq odam talab etilsa, u holda ushbu ish naryad bo`yicha bajarilishi shart.
4-§. Brigada tarkibi
68. Brigada a`zolari soni va uning tarkibi, ularning elektr xavfsizligi bo`yicha guruhlarini hisobga olgan holda ish bajarish sharoitlariga, hamda brigada a`zolari ustidan ish bajaruvchining (kuzatuvchining) nazoratini ta`minlash imkoniyatiga qarab belgilanadi.
Ish bajaruvchi raxbarlik qilayotgan brigada a`zosi II guruhga ega bo`lishi shart. Ishlar kuchlanish ostida bajariladigai bo`lsa, brigada a`zosi III guruhga ega bo`lishi shart, HL da bajariladigan IV guruhga ega bo`lgan brigada a`zosi bajarishi shart bo`lgan ishlar (mazkur Qoidalarning 332-bandi) bundan mustasno.
Brigadaga, xar bir III guruhga ega bo`lgan a`zosi ga I guruh bir ishchini kiritishga ijozat beriladi, lekin I guruh brigada a`zolarining umumiy soni 3 kishidan ortmasligi kerak.
Mazkur Qoidalarda ko`zda to`tilgan hollarda (120, 124, 127, 487, 525-bandlariga karalsin) ishlarni farmoyish bo`yicha bir kishi bajarishiga ruxsat etiladi.
69. Navbatchi, o`zidan yuqori turuvchi navbatchining ruxsati bilan naryadga kiritilmasdan, lekin tezkor jurnalga yozib qo`yilib, ta`mirlash brigadasida ishlashga jalb qilinishi mumkin.
70. Brigada tarkibini o`zgartirishga, naryad beruvchiga yoki ushbu elektr qurilmada mazkur ishni bajarish uchun naryad berish xuquqiga ega bo`lgan boshqa xodimga ruxsat beriladi. Brigada tarkibini o`zgartirish haqidagi ko`rsatmalar telefon, radio yoki chopar orqali ishga qo`yuvchiga, ish raxbariga yoki ish bajaruvchiga berilishi mumkin, u o`z imzosi bilan ushbu o`zgartirish to`g`risida ko`rsatma bergan xodimning ismi sharifi va familiyasini naryadga yozib kuyadi.
Brigada tarkibini o`zgartirishda mazkur Qoidalarning 68-bandi talablari buzilishiga yo`l qo`yilmaslik shart. Ish bajaruvchi brigada tarkibiga kiritilgan ishchilarga yo`riqnoma berishi shart.
71. Ish raxbari yoki ish bajaruvchi almashtirilganda yoki brigada tarkibi yarmidan ko`pga o`zgartirilsa, naryad yangidan berilishi shart.
5-§. Ish joylarini tayyorlashga va ishga qo`yishga ruxsat berish
72. Ish joyini tayyorlash va ishga qo`yish faqat navbatchi yoki bunga vakolati bor shaxsdan ruxsat olingandan so`ng bajarilishi mumkin, IAO` qurilmalarida ishga qo`yish bundan mustasno (IAO` qurilmalarida ishga qo`yish tartibi mazkur Qoidalarning XIX bobida keltirilgan).
73. Ruxsat ish joyini tayyorlashni amalga oshiruvchiga va xodimlarni ishga qo`yuvchiga shaxsan, telefon, radio, chopar yoki oraliq podstantsiya navbatchisi orqali berilishi mumkin. Bunday ruxsatni oldindan berish man etiladi.

Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling