Elektr shlakli qayta eritish pechlari. Reja: Elektr shlakli qayta quyish qurilmasi. Vakuum yoy pechlari


Download 267 Kb.
bet2/8
Sana31.01.2023
Hajmi267 Kb.
#1145780
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Elektr shlakli qayta eritish pechlari

2. Vakuum yoy pechlari.

EShKEPda qayta eritish jarayoni asosiy va yordamchi davrlarga bo‘linadi. Asosiy davrda quyma eritilib, undan cho‘kkan chig‘anog‘ini yo‘qotilishi kerak. Eritish yakunida chig‘anoqni yo‘qotish uchun asta-sekin vanna quvvati pasaytiriladi. Qayta eritish davrini davomiyligi metall va shlakni kimyoviy tarkibiga xamda quymani o‘lchovlariga bog‘liq. Yordamchi davrda pechni eritishga tayyorlashadi va kristallizatorda suyuq shlak vannasi hosil qilinadi.



Boshqa ko‘rinish
hdagi pech yoki qurilmalarda (masalan, PEYoP larida) olingan metallar sifatini oshirish maqsadida, mahsulot kichik bosim ostida vakuum yoy pechlarida (VYoP larida) qayta eritiladi va buning natijasida metall tarkibidagi zararli qo‘shilmalar va qorishib ketgan gazlar metall tarkibidan chiqarib yuboriladi (ma’lum miqdorda tozalanadi). VYoP lari asosan yuqorireaksion hisoblangan metallar, ya’ni titan, niobiy, volfram, sirkoniy, tantal, molibden kabilar va shuningdek, yuqori sifatli po‘latlarning quyma yombilarini qayta eritish uchun ishlatiladi. Pech ishchi kamerasida bosim 1,0 – 0,001 Pa ni tashkil qilib, zamonaviy VYoP larida vazni 50 kG dan 60 tonnagacha bo‘lgan quyma yombilar olinadi.

3. Pechning asosiy elementlari.

  • Ishchi kamera, shtok-elektrodqatirgich (elektrodushlagich), sarflanuvchi elektrodlar, kristallizator, poddon va solenoidlar tashkil etadi.

Ishchi kamera - o‘zidan silindr shaklidagi suv bilan sovutiluvchi payvandlangan konstruksiyani ifoda etadi. Uning yuqori qismida yoyning yonishi va eritish jarayonini kuzatib borish uchun maxsus yoritish qurilmasi va kuzatish darchasi mavjud. Masofadan turib kuzatuvchilar uchun ishchi zonadagi jarayon maxsus periskop yordamida ekranga tushirib beriladi. Ishchi kameraning pastki flanesiga kristallizator qatiriladi.
Shtok - elektrodushlagich sarflanuvchi elektrodni unga qatirish, elektrodni harakatga keltirish va elektrodni tok bilan ta’minlash uchun xizmat qiladi.

Download 267 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling