Elektr shlakli qayta eritish pechlari. Reja: Elektr shlakli qayta quyish qurilmasi. Vakuum yoy pechlari


Download 267 Kb.
bet3/8
Sana31.01.2023
Hajmi267 Kb.
#1145780
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Elektr shlakli qayta eritish pechlari

Sarflanuvchi elektrodlar shtokka payvandlash yoki maxsus qisqichlar bilan turli usullarda qotiriladi. Shtok va elektrodlarni xarakatga keltirish elektr yoki gidravlik yuritma yordamida amalga oshiriladi.
Kristalizator ichki gilza va tashqi po‘latdan yasalgan, magnitsizlantirilgan (nomagnit) kojuxdan iborat. Ularning orasida sovituvchi suv uchun bo‘shliq mavjud.
Poddon kristallizator tubini berkitgan holda qisman gilza ichigacha kiradi. Poddonning asosini misdan yasalgan katta massadagi disk tashkil etib, uning ustiga suv bilan sovutiluvchi po‘lat qatlami yuritilgan.
Solenoid kristallizatorning yon qismiga o‘rnatiladi. U kristallizator bilan birgalikda aksial magnit maydoni hosil qiladi. Solenoid maydoni yoydagi tok va vannadagi metalldan oqayotgan tok bilan ta’sirlashib yoy kuchlanishini ortishiga olib keladi (po‘lat uchun 19-19,5 dan 24-25V gacha), yoy yonishini stabillashtiradi va yoyni kristallizator devorlariga o‘tib ketishining oldini oladi.
P o‘latni takroran eritishni vakuum yoy pechlarda xam amalga oshirish mumkin. qayta eritish xuddi elektr shlakli qayta kuyishga o‘xshagan mis katalizatorlarda qilinadi. Zarur paytlarda ikki martali qayta eritish ham amalga oshirilishi mumkin.

4. Sarf qilinadigan elektrodli VYoP konstruksiyasi.
VYoP larning qo‘llanish sohasi keng. Ularda po‘lat eritishdan tashqari, qiyin eriydigan va ximik jihatdan aktiv metallar (titan, molibden, volfram, sirkoniy va uning qotishmalari, xamda tantal, niobiy, berilliy va boshqalar)ni eritishda xam qo‘llaniladi. Vakuum himoya muxiti xamda gazni haydashni ta’minlovchi texnologik faktor hisoblanadi.
VYoP konstruksiyasi – bu qurilmalar EShPlariga qaraganda ancha murakkab va qimmat. Ular o‘zgarmas tokda ishlaganliklari uchun o‘zgartirish qurilmalari zarur bo‘ladi. VYoPda eritish sarflanmaydigan elektrod bilan katalizatordagi qotishmaga eritish ko‘rinishida amalga oshiriladi (13.1-rasm). Volfram (grafit) uchli (7) elektrod (6) pech kamerasi (4), maxkamlashlar (2) orqali o‘tuvchi va tok keltirgichga ega bo‘lgan shtokka (5) payvand qilingan. Bu shtok aylanganda uning uchi katalizatorda aylana chizadi. Elektrodning uchi (7) va metall vanna (8) orasida yoy paydo bo‘ladi. Bunkerdan (3) ta’minlagich orqali kameraga shixta uzatiladi. Eriyotgan shixta kristallizatorda kuyma (9) hosil qiladi. Metall quyma elektrod materiali (volfram, grafit) bilan ifloslanadi. Shuning uchun bunday pechlar kam ishlatiladi.

Download 267 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling