Dasturning maqsadi:
|
O‘quvchilarga elektr va magnit hodisalari haqida bilim berish, elektrotexnik ishlab chiqarish sanoati va maishiy xizmatda texnik qo‘llashning masalalarini yechish hamda elektron qurilmalarini o‘rgatishdan
iborat.
|
O‘zlashtirish (o‘qitish) natijalari:
|
elektrotexnika va elektronika qurilmalari turlari, tuzilishi, ishlash prinsiplari,rejimlari, vazifalari, qo‘llanish sohalari haqida tasavvurga ega bo‘lish;
elektrotexnika va elektronika qurilmalari turlarini vazifalariga ko‘ra qo‘llanish sohalarini oqilona tanlash;
maxsus qurilmalar va moslamalardan foydalangan holda tayyorgarlik ishlarini bajarish;
tok kuchi, kuchlanish, qarshilik o‘lchov kattaliklari bilan ishlash;
elektronikavaelektrotexnikauskuna,jihozvaqurilm alarish tizimi va konstruktsiyasi;
elektrotexnik ishlarga tayyorgarlik ishlarisifatini nazorat qilish;
elektrotexnika va elektronika qurilmalaridan
foydalanganda yo‘riqnomalar va xavfsizlik qoidalariga rioya qilish.
|
Bilimlar:
|
o‘zgarmas va o‘zgaruvchan elektr toki xususiyatlari;
elektr toki kuchi, kuchlanishi, quvvatini, o‘tkazuvchilar qarshiligini o‘lchov birliklari va ularni o‘lchash usullari;
sodda elektrik, magnit va electron zanjirlarni asosiy parametrlarini hisoblash va o‘lchash usullari;
o‘tkazuvchilar va tok manbaalarini ketma-ket va parallel ulash printsiplari;
elektr o‘lchov asboblari (ampermetr, voltmetr) tuzilishini, ularning ishlash printsiplarini, elektr zanjiriga ulash qoidalarini;
o‘zgarmas va o‘zgaruvchan tok dvigatellari magnit maydoni xususiyatlarini, ularning tuzilishi va ishlash printsiplari;
ishlatayotgan dastgohlarda o‘rnatilgan elektrdvigatellarini ishga tushirish va to‘xtatish qoidalari;
elektr dvigatellarning himoya apparatlari;
yarim o‘tkazgichli asboblarni tuzilishi;
Kirxgof qonunlari ifodasi;
Om qununlari ifodasi haqida bilimga ega bo‘lishi
kerak.
|
Ko‘nikmalar:
|
laboratoriya ishlarini o‘tkazish uchun sxemasini yig‘ish;
murakkab bo‘lmagan elektrik, magnit va elektron zanjirlarni asosiy parametrlarini o‘lchash;
elektr o‘lchov asboblari bilan ishlash;
ishlatayotgan dastgohlarida o‘rnatilgan elektrodvigatellarni ishga tushirish va to‘xtatish;
yarim o‘tkazgichli asboblar bilan ishlash;
o‘zgarmas tok kuchaytirgichlar bilan ishlash;
elektr energiyani o‘zgartirgichlar bilan ishlash;
murakkab bo‘lmagan montaj elektr sxemalarini o‘qish;
elektr va magnit maydonni hisoblash;
qisqa tutashuvdan saqlanish (yerga ulash, nollash);
elektr o‘lchov asboblari va vositalaridan
foydalanishni va ularni ko‘rsatgichlarini aniqlashini mustaqil bajarish ko‘nikmasiga ega bo‘lishi kerak.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |