Dastur nomi
|
Elektr energiyasini hisobga olish va ta’minlash
|
Ajratilgan soat
|
140
|
O‘qituvchining mashg‘ulotida qatnashib o‘zlashtirilishi lozim
bo‘lgan mavzular soni
|
30
|
Dasturning maqsadi
|
Dasturning maqsadi elektr stansiyalaridagi asosiy elektr jihozlarining ishlashini, ulardan foydalanish qoidalari, umumiy qoidalar, iste’molchilarning elektr qurilmalari ulash uchun texnik shartlar, elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishga ijozat olish, kuchlanishni iste’molchilarga uzatish tartibi, elektr tarmoqarining texnik holati yuzasidan tomonlarning javobgarligi, elektr energiyasini hisobga olish qurilmalarini o‘rnatish va ularni ekspluatatsiya qilish, elektr energiyasi uchun hisob-kitob qilish tartibi, elektr energiyasi
iste’molchilarini belgilariga ko‘ra turkumlashni o‘rgatish.
|
O‘zlashtirish (o‘qitish) natijalari
|
elektr energiyasi uchun hisob-kitob qilish tartibi,
elektr energiyasi iste’molchilarini belgilariga ko‘ra turkumlash;
elektr energiyasini hisoblash asboblarini tekshiruvdan o‘tqazish;
elektr energiyasini hisobga olish qurilmalarini o‘rnatish va ularni ekspluatatsiya qilish;
elektr energiyasi uchun hisob-kitob qilish tartibi va texnik
xizmat ko‘rsatish.
|
Bilimlar
|
elektr energiyasini ishlab chiqaradigan elektr stansiyalari turlari;
elektr energiyasini hisobga olish va ta`minlash;
elektr stansiyalarining elektr sxemalari;
tarqatish qurilmalarining elektr energiyasini hisobga olish va ta`minlash bo‘yicha bilimlar.
|
Ko‘nikmalar
|
KES, IEM va GESlardagi elektr energiyasini ishlab chiqarish texnologiyasini amalda qo‘llay olish;
energetika tizimida ishlatiladigan elektr jihozlarning tuzilishi, ish faoliyati va ishlash prinsiplarini bilish va amalda qo‘llash;
elektr energiyasini hisobga olish va ta`minlash.
|
|