Elektr stansiyalarni parallel ishga qo‘yish (2-soat)
O‘z-o‘zini sinxronizatsiyalash
Download 24.83 Kb.
|
1 2
Bog'liq9-laboratorya ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 9.4 Ishni bajarish tartibi
9.3 O‘z-o‘zini sinxronizatsiyalash. Qo‘zg‘otish chulg‘ami qo‘zg‘otkichga ulanmagan (qo‘zg‘otish toki ) generatorning rotorini yordamchi motordan foydalanib sinxron tezlikka yaqin (95-98%)·p1 tezlikkacha aylantiriladi. So‘ngra generatorning stator chulg‘ami tarmoqqa ulanadi. Rotor (qo‘zg‘otish) chulg‘amida o‘ta kuchlanishning oldini olish uchun, uni biror aktiv qarshilikka tutashtiriladi. Generator tarmoqqa ulanish onida uning EYK nolga teng bo‘lgani uchun (generator qo‘zg‘otishsiz), tarmoq kuchlanishi ta’sirida stator chulg‘amida generator nominal tokidan katta bo‘lgan tokning keskin ortishi ko‘rinadi. Stator chulg‘ami tarmoqqa ulanishi onida qo‘zg‘otish chulg‘ami ham o‘zgarmas tok manbaiga ulanadi. Sinxron generator, rotorga ta’sir etuvchi elektromagnit momenti ta’sirida, sinxronizmga tortiladi, ya’ni rotor aylanish tezligi sinxron tezlikka erishadi.
Sinxronizatsiyalash jarayonida generatorda murakkab elektromexanik o‘tkinchi jarayonlar sodir bo‘ladi. Ular natijalida chulg‘amlar, podshipniklar va generatorni turbina bilan bog‘lovchi muftalarga katta mexanik ta’sirlar sodir etiladi. Bu tug‘yonlarning generator ishonchliligiga ta’siri masalalari sinxron generatorni loyihalash ishlari bajarilishida e’tiborga olinadi. O‘z-o‘zini sinxronizatsiyalash usuli tez-tez ulanadigan generatorlarda qo‘llaniladi. Ushbu usul oddiy va uni avtomatlashtirish oson. 9.4 Ishni bajarish tartibi: Manba bloki avtomati o‘chiqligiga ishinch hosil qiling. Manba blokiga kontartorni ulang. Kontaktorni sinxronoskop qurilmasiga ulang. 9.3-rasm sixronoskop Sinxron generator ni yulduz sxemada yig‘ilib sinxronoskopni ikkinchi kirishiga ulansin. 9.4-rasm dvigatelni yulduz sxemada ulanishi Sinxron generator ventilli o’zgartirgichga ulanadi va himoya sxemasi yig‘iladi. Sinxron generator ga o‘zgarmas tok manbaidan qo‘zg‘atish cho‘lg‘amiga ulanadi. 9.5- rasm sinxron kompensatorning ulanish sxemasi Qo‘g‘atish dvigateli orqali sinxron generator ishga tushiriladi. Sinxron generator ishga tushirilib sinxronoskopdan fazalar ketma-ketligi to‘g‘riligi va 𝜟U 100 qiymatidan kamaysa va sinxronoskop lampalari yashil yonganda generatorlarni parallel ulovchi kalit yoqiladi. Nazorat savollari 1. Elektr Stansiyalarni paralel ishga tushirish deganda nimani tushunasiz? 2. Generatorlarni parallel ishlash shartlarini tushuntirib bering? 3. Statik xususiyatga ega aktiv quvvat regulyatori nima? 4. Aniq sinxronizatsiyalash usuli nima? 5. O‘z-o‘zini sinxronizatsiyalash usulini tushuntirib bering? Download 24.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling