Elektr ta’minoti” kafedrasi E
Download 216.5 Kb.
|
1 2
Bog'liq2-Laboratoriya ishi
7 – rasm
5 - jadval. Yakka reaktorlarning parametrlari
6 – jadval. Ikkilangan reaktorlarning parametrlari
Reaktorlarning belgilanishi: Р – reaktor , Б – betonli, С – ikkilangan Д – puflab sovutish, Г – gorizontal o’rnatilish, У – pog’onali joylashuv, У yoki Г harfi bo’lmasa vertikal o’rnatilishni bildiradi. Masalan: РБСДУ10-2х1000-0,45 – nominal kuchlanishi – 10 kV, nominal toki – 1000 A, chulg’amlarning nominal induktiv qarshiligi 0,45 Om bo’lgan puflab sovutiladigan, pog’onali joylashuvchi betonli ikkilangan reaktor. Laboratoriya ishida 2 xil ko’rinishdagi reaktor ishini tadqiq qilish ko’rib chiqiladi: yakka reaktor – L, km uzunlikdagi 10 kV li radial EUL ning qisqa tutashuv toklarini pasaytirish uchun; ikkilangan reaktor – 10 kVli generator shinalaridagi qisqa tutashuv toklarini kamaytirishda ishlatiladi. Yakka reaktorni kabel liniyasiga ulanish va tekshirilayotgan tarmoq bir fazasining almashinish sxemasi mos holda 8,A va 8,B – rasmlarda ko’rsatilgan, А) B) 8 – rasm Ikkilangan reaktorni 10 kVli RU shina qo’shilmalariga ulanish va tekshirilayotgan tarmoq bir fazasining almashinish sxemasi mos holda 9,A va 9,B – rasmlarda ko’rsatilgan, А) B) 9 – rasm Ishni bajarish tartibi 7 – jadval bo’yicha yakka reaktor tekshirish sxemasi uchun har bir student o’z variantiga mos berilganlar bilan tanishish. 7 – jadval
Ishchi stolida tugmani bosish orqali EWB 5.12 programmasi yuklanadi. Yakka reaktorni tadqiq qilish sxemasi yuklanadi. Buning uchun tugmasini bosib ochilgan oynada “Реактор1. ewb” fayli tanlanadi. 10 – rasmda tadqiq qilinayotgan reaktor modeli sxemasi ko’rsatilgan. Manba kuchlanishi 10/√3=6,3 кV, chastotasi 50Gs va o’zgaruvchan tok o’lchash rejimi(AC)da ekanligini tekshiring. Рис. 10 O’z variantingiz bo’yicha quyida berilgan ifodalardan foydalangan holda generator, reaktor va kabel liniyasi sxemasi uchun mos holdagi induktiv va aktiv qarshilik hamda induktivlik o’rnatmalari qiymatlarini hisoblang. (Om); (mGn) – generator faza induktiv qarshiligi va induktivligi; Хn, (Om ); (mGn)– yakka reaktor faza induktiv qarshiligi va induktivligi; , (Om) – yakka reaktor faza aktiv qarshiligi. (Om); (mGn) – kabel liniyasi induktiv qarshiligi va induktivligi (Om) – kabel liniyasi aktiv qarshiligi. Hisoblash natijalarini 8 – jadvalga kiriting va topilgan qiymatlarni virtual model mos elementlari ustiga sichqoncha chap tugmasini 2 marta bosib paydo po’lgan katakka kiriting. 8 - jadval
virtual tugmasini bosib yakka reaktordan foydalanish rejimini tadqiq qiling va virtual ampermetr ko’rsatgan qisqa tutashuv toki qiymatini 8 – jadvalga yozib qo’ying. Virtual sxemani o’chirib, yakka reaktor parametrlari Ln, Rn lar qiymatlarini nolga tenglashtiring. Bunda sxema tok cheklovchi reaktorsiz tarmoq sxemasiga mos keladi. virtual tugmani bosib sxemani ulang va ampermetr ko’rsatgichini 8 – jadvalga yozib qo’ying. Sxemani o’zgartirishsiz yoping. Yakka reaktorni tadqiq qilish sxemasi yuklanadi. Buning uchun tugmasini bosib ochilgan oynada “Реактор2. ewb” fayli tanlanadi. 11 – rasmda tadqiq qilinayotgan reaktor modeli sxemasi ko’rsatilgan. Manba kuchlanishi 10/√3=6,3 кV, chastotasi 50Gs va o’zgaruvchan tok o’lchash rejimi(AC)da ekanligini tekshiring. 11 – rasm O’z variantingiz bo’yicha quyida berilgan ifodalardan foydalangan holda generator, reaktor va kabel liniyasi sxemasi uchun mos holdagi induktiv va aktiv qarshilik hamda induktivlik o’rnatmalari qiymatlarini hisoblang: (Om); (mGn) – generator faza induktiv qarshiligi va induktivligi; Х1=Кр*Хn (Om); (mGn) – reaktor chulg’amlari bilan o’zaro bo’g’langan induktivlik va uning qarshiligi. To’la induktiv qarshilik – Хn va aloqa koeffitsiyenti – Кр 6 – jadvaldan olinadi. Х2=Х3=(1+Кр)* Хn (Om); (mGn) – reaktor chulg’amlari induktiv qarshiligi va induktivligi; , Om – reaktor chulg’amlari aktiv qarshiligi, reraktor fazasidagi aktiv quvvat isrofi – ΔР va reaktor nominal toki - IN 6 – jadvaldan olinadi. Hisoblash natijalarini 9 – jadvalga kiriting va topilgan qiymatlarni virtual model mos elementlari ustiga sichqoncha chap tugmasini 2 marta bosib paydo bo’lgan katakka kiriting. virtual tugmasini bosib yakka reaktordan foydalanish rejimini tadqiq qiling va virtual ampermetr ko’rsatgan qisqa tutashuv toki qiymatini 9 – jadvalga yozib qo’ying. Virtual sxemani o’chirib, yakka reaktor parametrlari X1, X2, X3,R2, R3 lar qiymatlarini nolga tenglashtiring. Bunda sxema tok cheklovchi reaktorsiz tarmoq sxemasiga mos keladi. virtual tugmani bosib sxemani ulang va ampermetr ko’rsatgichini 9 – jadvalga yozib qo’ying. Sxemani o’zgartirishsiz yoping. 9 – jadval
Hisoblash natijalarini qayta ishlash 1. Yakka reaktor qo’llanganda QT tokining kamayish darajasi quyidagi ifoda orqali hisoblanadi: Bunda, Ik1- reaktorsiz sxemadagi QT toki, Ikp1- reaktorli sxema QT toki. 2. Ikkilangan reaktor qo’llanganda QT tokining kamayish darajasi quyidagi ifoda orqali hisoblanadi Bunda, Ik2- reaktorsiz sxemadagi QT toki, Ikp2- reaktorli sxema QT toki. 3. QT tokini cheklashda yakka va ikkilangan reaktorlar qo’llangandagi samaradorlik haqida xulosa qiling. Nazorat savollari Reaktorlar qayerlarda qo’llaniladi va nima maqsadda? Yakka reaktorlar qanaqa tuzilgan? Ikkilangan reaktorlar qanaqa tuzilgan? Ikkilangan reaktorlarning qanaqa afzalliklari bor? Ularni ulanish sxemasi haqida gapiring. РБ10-1600 - 0,14 markali reaktor belgilanishini tushuntiring. РБС10-2х1000-0,56 markali reaktor belgilanishini tushuntiring. Yakka reaktor almashinish sxemasini chizing va uni parametrlarini hisoblash formulalarini yozing. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. John R. Fanchi with Christoper J. Fanchi. Energy in the 21st Century. 2nd Edition. World Scientific Publishing Co. New Jersey, 2011. 2. Paul Breeze. Power Generation Technologies. Elsevier, Amsterdam and etc., 2005. 3. Types of Faults in Electrical Power Systems, http://www.electronicshub.org 4. «Автоматизация систем электроснабжения» под ред. Сухопрудского Н.Д. М., Транспорт. 1990 г. 5. Электр энергияни ишлаб чиқариш, узатиш, тақсимлаш ва автоматлаштириш. Хамидов Н., Турдибеков К.Х. 2010 йил.188 б. Download 216.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling