Tayanch so‘zlar va iboralar: YUqori chastotali elektr maydoni va dielektrik, siljish toki va yuza bo‘ylab sizib to‘la o‘tish toki, dielektrik yo‘qolish quvvati, dielektrik qizdirish qurilmalarning asosiy parmetrlari, dielektrik qizdirish qurilmalarning ulanish sxemalari, birinchi ko‘rinish dielektrik qizdirish qurilmalari, ikkinchi ko‘rinish dielektrik qizdirish qurilmalari, uchinchi ko‘rinish dielektrik qizdirish qurilmalari, siljish toki, o‘tkazuvchanlik toki, dielektrik yo‘qolish.
7.1. Dielektrik qizdirish qurilmalari va ko‘rnishi.
Dielektrik qizdirish qurilmalarining ishlash prinsipi o‘zgaruvchan elektr maydoniga kiritilgan dielektrik materiallar va yarim o‘tkazgichlardan o‘tayotgan elektr tokining ta’siriga asoslangan.
Texnologik belgilariga ko‘ra yuqori chastotadagi dielektrik issiqlik ishlovi beruvchi qurilmalar uch ko‘rinishda bo‘ladi.
Birinchi. Dielektrik qizdirish qurilmalar bir jinsli elektr maydonida tezkor issiqlik ishlovi berishni talab qiluvchi juda katta o‘lchamdagi maxsulotlarni qizdirishga mo‘ljallangan bo‘lib, ularda jun yoki paxta matolarini, sellyuloza va daraxt mahsulotlarini quritish, katta o‘lchamdagi elektr izolyatorlari va fosfor mahsulotlariga issiqlik ishlovi berish, plastmassa va polimer plyonkalarni payvandlash kabi jarayonlar amalga oshiriladi.
Ikkinchi.Dielektrik qizdirish qurilmalar uzun yassi mahsulotlarga issiqlik ishlovi berish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, ularda paxta tolalarini, matoga tushirilgan rasmlar (shakllar)ni, qog‘oz, fotoplyonka, kimyoviy va farmatsevtik preparatlarni quritish, elimlarni polimerlash, kauchukni qizdirish va boshqa shu kabi jarayonlarni amalga oshirish uchun mo‘ljallangan.
Uchinchi .Dielektrik qizdirish qurilmalarda bir jinsli va tez qizdirishni talab qilmaydigan jarayonlar amalga oshiriladi, bular mahsulotlarni muzdan tushirish, oziq-ovqatni isitish yoki uni tez tayyorlash, oddiy keramik mahsulotlarga issiqlik ishlovi berish, choy bargi yoki ma’lum meva mahsulotlarini quritish kabilardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |